47-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

47-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 47-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Mexanik transport vositasining egasi yonida haydovchilik guvohnomasi boʻlmaganida qanday hujjat bilan boshqarishga ruxsat etiladi?

  1. ID karta
  2. Biometrik passport
  3. Egalik huquqi
  4. Barcha javoblar toʻgʻri
  5. Birinchi va ikkinchi javoblar toʻgʻri
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. Birinchi va ikkinchi javoblar toʻgʻri

YHQning 2-bob. 7-band 17-xatboshiga asosan: Mexanik transport vositasi haydovchisining yonida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjati, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma yoki yoʻl varaqasi, tashilayotgan yukning hujjatlar bundan mustasno), transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi haydovchidan talab etilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →

2-savol. Harakatlanish tartibini koʻrsating:

Harakatlanish tartibini koʻrsating:
  1. 1-tramvay, 2-tramvay, sariq avtomobil, qora avtomobil
  2. 1-tramvay sariq avtomobil bilan bir vaqtda, 2-tramvay qora avtomobil bilan bir vaqtda
  3. 1-tramvay sariq avtomobil bilan bir vaqtda, qora avtomobil, 2-tramvay
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 1-tramvay sariq avtomobil bilan bir vaqtda, 2-tramvay qora avtomobil bilan bir vaqtda

YHQning 16-bob. 105-bandiga asosan: 105. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

3-savol. Chorrahadan toʻgʻriga harakatlanmoqchisiz - sizning harakatingiz:

Chorrahadan toʻgʻriga harakatlanmoqchisiz - sizning harakatingiz:
  1. Birinchi oʻtaman
  2. Avtobusga yoʻl beraman
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Birinchi oʻtaman

YHQ 1 ilova: 2.1. “Asosiy yoʻl”. Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin oʻtish huquqini beradi. Belgi asosiy yoʻl boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga oʻrnatiladi. YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

4-savol. Aholi yashaydigan yoʻllardan tashqarida yoʻlning qatnov qismida haydovchilar transport vositalarini qayerda harakatlantirishlari kerak?

  1. Faqat oʻng boʻlak boʻylab. Chap boʻlak oʻtish faqat chapga burish va burilish uchun ruxsat etiladi
  2. Iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq joyda
  3. Xohlagan boʻlak boʻylab
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq joyda

YHQ 10-bobi 67-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda hamma aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yoʻl qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. Oʻng tasmalar boʻsh boʻlganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

5-savol. Toʻxtab turish qoidasini kim buzdi?

Toʻxtab turish qoidasini kim buzdi?
  1. «А» va «Б»
  2. Faqat «Б»
  3. Faqat «А»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat «Б»

«P» (6.4) belgisi ostidagi 7.6.1 qoʻshimcha axborot belgisi — «Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usuli» — barcha turdagi transport vositalari trotuarga chiqmasdan, yoʻlning qatnov qismida, trotuar yoqasi boʻylab qoʻyilishini bildiradi. «А» yuk avtomobili (3T) qatnov qismida, yoʻl chetiga parallel holda toʻgʻri turibdi. «Б» yengil avtomobil esa trotuarga chiqib qoʻyilgan, yaʼni belgida koʻrsatilgan usulga rioya qilmagan. Shuning uchun toʻxtab turish qoidasini faqat «Б» buzgan.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

6-savol. Tumanga qarshi chiroqlar va orqa tumanga qarshi chiroqlar birga yoqilishi mumkin?

  1. Cheklangan koʻrinish sharoitida
  2. Yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida

Yoʻl harakati qoidalarining 140 bandiga asosan, tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin. Tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini toʻxtash fara chiroqlari (stop-signal)ga ulash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

7-savol. Rasmda koʻrsatilgan vaziyatda qizil avtomobil haydovchisi harakatni davom ettirish kerakmi?

Rasmda koʻrsatilgan vaziyatda qizil avtomobil haydovchisi harakatni davom ettirish kerakmi?
  1. Ha
  2. Yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ha

YHQning 17-bob. 109-bandga asosan: 109. Tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismining shu yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki toʻxtashi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →

8-savol. Qaysi yoʻnalish boʻyicha harakatlanishga ruxsat beriladi?

Qaysi yoʻnalish boʻyicha harakatlanishga ruxsat beriladi?
  1. «A» «B» «C»
  2. «D»
  3. «A» «B» «D»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. «D»

YHQ 7-bobi 32-bandi: Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shakldagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi. Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi. Svetoforning qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi. YHQ 1 ilova: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

9-savol. Bu belgidagi koʻk fonda aholi yashaydigan joyning nomi yozilgan qoʻshimcha nimani bildiradi?

Bu belgidagi koʻk fonda aholi yashaydigan joyning nomi yozilgan qoʻshimcha nimani bildiradi?
  1. Bu manzil shu aholi yashaydigan joydan tashqarida joylashganini va u manzilga avtomagistral boʻlmagan, boshqa yoʻl orqali borilishni
  2. Koʻrsatilgan manzil mazkur aholi yashaydigan joyda joylashgan
  3. Koʻrsatilgan aholi manziliga harakatlanish avtomagistral boʻylab amalga oshiriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Bu manzil shu aholi yashaydigan joydan tashqarida joylashganini va u manzilga avtomagistral boʻlmagan, boshqa yoʻl orqali borilishni

YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining oʻttiz sakkizinchi va oltmish sakkizinchi xatboshilariga asosan: 5.21.1. «Yoʻnalish koʻrsatkichi». Aholi punktida oʻrnatilgan 5.20.1 yoʻl belgisidagi yashil, koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki obyektga ushbu aholi punktidan chiqgandan soʻng avtomagistral yoxud boshqa yoʻl orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa koʻrsatilgan obyekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

10-savol. Koʻk avtomobilga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Koʻk avtomobilga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat orqa yoʻnalishda
  2. Chap va orqa yoʻnalishda
  3. Barcha yoʻnalishlarda
  4. Toʻgʻriga, chap va orqa yoʻnalishda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Chap va orqa yoʻnalishda

YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

11-savol. Qish vaqtida orqa yetakchi koʻprikli avtomobilda chuqur boʻlib qolgan gʻildirak izidan qanday chiqish mumkin?

  1. Uncha katta boʻlmagan tezlikda chiqish, birinchi galda boshqaruv chambaragini chiqish tomonning roʻparasiga, keyin esa chiqish tomoniga shiddat bilan burish kerak
  2. Izdan chiqishni iloji boricha tezroq boshlash, dastlab boshqaruv chambaragini chiqish tomoniga, keyin esa roʻparasiga burish kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Uncha katta boʻlmagan tezlikda chiqish, birinchi galda boshqaruv chambaragini chiqish tomonning roʻparasiga, keyin esa chiqish tomoniga shiddat bilan burish kerak

Tuproqli yoʻlda chuqur qor boʻylab oldindan tanlangan pastgi uzatmada rul chambaragini keskin burmasdan va toʻxtamasdan harakatda boʻlish ushbu uchastkada yuzaga keluvchi katta qarshilik kuchini bartaraf qilish uchun zarur boʻlgan quvvat zapasi bilan taʼminlaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

12-savol. Shatakka olish qanday hollarda taqiqlangan?

  1. Yaxmalakda egiluvchan ulagichda
  2. Yon kajavali motosikllar bilan
  3. Yaxmalakda qattiq ulagichda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yaxmalakda egiluvchan ulagichda

YHQ 24-bobi 145-bandining oltinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

13-savol. Bolalarni tashishda transport vositasi qaysi taniqlik belgisi bilan belgilanadi?

Bolalarni tashishda transport vositasi qaysi taniqlik belgisi bilan belgilanadi?
  1. 3
  2. 1
  3. 2
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 3

YHQ 29-bobi 176-bandida keltirilgan 3-izohga asosan, "Bolalar guruhini tashish" — bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yoʻl belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng boʻlgan toʻrtburchak (kvadrat) koʻrinishidagi belgi. Toʻrtburchakning tomonlari 250 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi toʻrtburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 42-dars «Tanib belgilari» →

14-savol. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga qaysilar kiradi?

  1. Tramvaylar va trolleybuslar
  2. Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanadigan avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va yoʻnalishli taksilar
  3. Avtobuslar va yoʻnalishli taksilar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanadigan avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va yoʻnalishli taksilar

YHQ 1-bobi 6-bandi 18-tushunchasiga asosan, yoʻnalishli transport vositasi — belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yoʻnalishli taksi).

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

15-savol. Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini (konstruksiyasida xavfsizlik kamari nazarda tutilgan transport vositalarida) taqmaslikka ruxsat beriladi:

  1. Orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilarga
  2. Homilador ayollarga
  3. Homilador ayollarga va avtomobilning orqa oʻrindiqidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga
  4. Avtomobilning orqa oʻrindiqdagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Homilador ayollarga va avtomobilning orqa oʻrindiqidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga

YHQ 2-bobi 9-bandi: Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
- avtomobilning orqa oʻrindigʻidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar (ushbu Qoidalarning 159-bandiga muvofiq);
- homilador ayollar;
- salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma mavjud boʻlganda).

Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →

16-savol. Avtomobil haydovchisi qaysi yoʻnalish boʻyicha toʻgʻri burilmoqda?

Avtomobil haydovchisi qaysi yoʻnalish boʻyicha toʻgʻri burilmoqda?
  1. Har ikkala yoʻnalish boʻyicha notoʻgʻri
  2. Har ikkala yoʻnalish boʻyicha
  3. Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha
  4. Birinchi yoʻnalish boʻyicha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Birinchi yoʻnalish boʻyicha

YHQning 22-bob. 132-bandi 2 va 3 - xatboshiga asosan: Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

17-savol. Ogʻir vaznli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan transport vositalarining aholi yashaydigan joylardan tashqarida qanday tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi

  1. 60 km/soatdan oshirmasdan
  2. 40 km/soatdan oshirmasdan
  3. Tashish shartlari bilan kelishilganda Davlat YHX xizmati ruxsat etganidan oshirmasdan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Tashish shartlari bilan kelishilganda Davlat YHX xizmati ruxsat etganidan oshirmasdan

YHQ 11-bobi 80-bandi 4-xatboshiga asosan, har qanday yoʻllarda xavfli, ogʻir vaznli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

18-savol. Hayvonlarni yoʻlda haydab borishga qoidaga koʻra ruxsat etiladi

  1. Istalgan vaqtda.
  2. Kunning qorongʻi vaqtida.
  3. Kunning yorugʻ vaqtida.
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Kunning yorugʻ vaqtida.

Yoʻl harakati qoidalarining 171 bandiga asosan, hayvonlarni yoʻlda, asosan sutkaning yorugʻ vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yoʻlning yoʻl yoqasida olib yurishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →

19-savol. Yuk tashish taqiqlanadi, agar:

  1. Yuk transport vositasining gabaritlaridan 1 m. ortiq chiqib tursa
  2. Tashilayotgan yuk vazni shu transport vositasi uchun ishlab chiqargan korxona belgilagan kattalikdan ortiq boʻlsa
  3. Barcha aytilgan hollarda
  4. Yuk enining chekka nuqtasi oldingi yoki orqa gabarit chiroqning tashqi chekkasidan 0,4 m dan ortiq chiqib tursa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tashilayotgan yuk vazni shu transport vositasi uchun ishlab chiqargan korxona belgilagan kattalikdan ortiq boʻlsa

YHQ 27-bobi 160-bandiga asosan: Tashilayotgan yukning vazni va oʻqlarga tushadigan ogʻirlik miqdorining taqsimlanishi ishlab chiqargan korxona tomonidan ushbu transport vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 37-dars «Yuk tashish» →

20-savol. Ushbu chorrahada avtobus haydovchisi kimga yoʻl berishi kerak?

Ushbu chorrahada avtobus haydovchisi kimga yoʻl berishi kerak?
  1. Koʻk avtomobilga
  2. Qizil avtomobilga
  3. Hech kimga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Koʻk avtomobilga

Yoʻl harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

47-biletni onlayn yechish

Keyingi: 48-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish