44-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
44-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 44-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. M3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi?
- 25 gradus
- 20 gradus
- 10 gradus
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 20 gradus
Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 2.1 bandiga asosan, boshqaruv qurilmasining lyuft yigʻindisi reglament (qatʼiy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi koʻrsatkichdan katta boʻlmasligi kerak: M2 va M3 toifalar uchun — 20 daraja.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
2-savol. Qaysi transport vositasi haydovchisi yoʻl berishi kerak?
- Avtomobil haydovchisi
- Motosikl haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Motosikl haydovchisi
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
3-savol. Ushbu qoʻshimcha axborot yoʻl belgisi bildiradi:
- Belgi taʼsir oraligʻida toʻxtagan transport vositalarini evakuatsiya qilish ruxsat etilganligini bildiradi
- Belgi taʼsir oraligʻida toʻxtagan transport vositalarini evakuatsiya qilish taqiqlanganligini bildiradi
- Belgi taʼsiri oraligʻida toʻxtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini koʻrsatadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Belgi taʼsiri oraligʻida toʻxtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini koʻrsatadi
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.21 belgiga asosan, «Evakuator ishlamoqda». 3.27 — 3.30 yoʻl belgilari taʼsir oraligʻida toʻxtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini koʻrsatadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
4-savol. Bekat maydonchalaridan harakatlanish yoʻnalishi boʻylab qanchadan kam masofada (yetmasdan va oʻtib ketib) toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi?
- 30 metr
- 15 metr
- 25 metr
- 20 metr
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 15 metr
YHQ 13-bobi 91-bandi 13-xatboshiga asosan, toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi - bekat maydonchalarida, yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi boʻylab (yetmasdan va oʻtib ketib) 15 metrdan kam masofada (yoʻnalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun toʻxtash bundan mustasno).
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
5-savol. Harakatlanish ruxsat etilgan:
- Tramvayga va qizil avtomobilga
- Tramvayga
- Motosiklga
- Koʻk avtomobilga
- Qizil avtomobilga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 5. Qizil avtomobilga
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
6-savol. Ushbu qora transport vositasining haydovchisi yoʻnalishni oʻzgartirish qanday nomlanadi?
- Barcha javoblar toʻgʻri
- Boʻlaklar sonini oʻzgartirish
- Avariya holatini keltirish
- Manevr qilish
- Xavfli harakatlanish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Avariya holatini keltirish
YHQning 1-bob. 6-band 2-xatboshiga asosan: avariya holatini yuzaga keltirish — yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yoʻnalishi yoki tezligini keskin oʻzgartirishga, shuningdek, oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qilish.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
7-savol. Tik nishabliklarda dvigatel bilan tormozlashda qiyalikka nisbatan qanday uzatma tanlanadi?
- Nishablik qancha qiyin boʻlsa uzatma pagʻonasi shuncha yuqori boʻladi
- Nishablik qancha qiyin boʻlsa uzatma pagʻonasi shuncha past tanlanadi
- Pogʻonalarni tanlashning nishablikka aloqasi yoʻq
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Nishablik qancha qiyin boʻlsa uzatma pagʻonasi shuncha past tanlanadi
Tik nishablikda harakatlanayotganida haydovchi qancha past uzatmani tanlasa, dvigatel yordamida tormozlash shunchalik samara beradi. Shuning uchun nishablik qanchalik tik boʻlsa, uzatmani ham shunchalik past tanlash kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
8-savol. M1 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi necha mm. dan kam boʻlmasligi kerak?
- 1,0 mm
- 2,5 mm
- 1,6 mm
- 2,0 mm
- 0,8 mm
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 1,6 mm
YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, o4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam boʻlsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam boʻlsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam boʻlsa; motosikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam boʻlsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
9-savol. Qaysi belgi svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari toʻxtaydigan joyni bildiradi?
- G
- B
- A
- V
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. V
YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.33 belgiga asosan, «Toʻxtash chizigʻi». Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari toʻxtaydigan yoʻnalishini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
10-savol. Qaysi belgi teng ahamiyatli yoʻllar kesishish chorrahasiga yaqinlashib kelayotganlik haqida ogohlantiradi?
- 2
- 3
- 1
- 5
- 4
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. 5
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.6 belgiga asosan, “Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi” haydovchilarni teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasiga yaqinlashayotganligi haqida axborot beradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
11-savol. “Imtiyoz” atamasiga tegishli taʼrifni koʻrsating
- Moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi
- Yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi boʻlgan boshqa yoʻl harakati qatnashchisining harakat yoʻnalishi yoki tezligini oʻzgartirishga majbur etishi mumkin boʻlgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manevr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi
Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, imtiyoz — moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
12-savol. Qaysi belgi roʻparadan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishni talab qiladi?
- 2
- 5
- 1
- 4
- 3
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 2
YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimidagi 2.6 belgiga asosan, «Roʻpara harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
13-savol. Qaysi yoʻnalishlarda sizga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi?
- Toʻgʻriga va chapga
- Chapga va orqaga qayrilib olishga
- Faqat chapga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Faqat chapga
YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-koʻrsatkich belgilarining 11-xatboshi hamda YHQning 7-bob. 32-band 1 va 2-xatboshiga asosan: 5.8.2. «Tasma boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi». Tasma boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
32. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shakldagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi.
Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
14-savol. Tartibga soluvchining xushtak ishorasi xizmat qiladi:
- Piyodalar uchun ruxsat etuvchi ishora boʻlib
- Zarur hollarda «qoʻlni yuqoriga koʻtarish» ishorasining oʻrnini bosish uchun
- Harakat ishtirokchilarining eʼtiborini jalb etish uchun
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Harakat ishtirokchilarining eʼtiborini jalb etish uchun
YHQ 7-bobi 40-bandiga asosan, yoʻl harakati qatnashchilarining eʼtiborini jalb etish uchun hushtak bilan qoʻshimcha ishora beriladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
15-savol. Bu joyda avtobusni quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etiladi
YHQ 12-bobi 86-band 4-xatboshisiga asosan, temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda quvib oʻtish taqiqlanadi. Aholi punktlaridan tashqarida takrorlanadigan birinchi 1.1 belgi yoʻlning xavfli qismi boshlanishidan 150 — 300 metr oldin oʻrnatiladi.
16-savol. Ushbu holatda Siz bajarishingiz lozim:
- Boshqa transport vositalari boʻlmasa, chorrahadan toʻxtamasdan oʻtib ketish
- Belgi oldida toʻxtash
- Toʻxtash chizigʻi oldida toʻxtash
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Toʻxtash chizigʻi oldida toʻxtash
YHQ 16-bobi 104 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.
17-savol. Qizil avtomobilning haydovchisiga shu vaziyatda piyodalar oʻtish joyi orqali harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQ 17-bobi 110-bandiga muvofiq, agar tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki toʻxtasa, qoʻshni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda(lar) yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.
Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →
18-savol. Bu joyda qayrilishga ruxsat etiladimi?
- Taqiqlanadi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1.3-bandiga asosan, ushbu chiziq toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi, 1.3 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi.
19-savol. Xavfsiz oraliq masofani koʻrsating
- V
- A va V
- B
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. B
Yoʻl harakati qoidalarining 73 bandiga asosan, haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
20-savol. Koʻrsatilgan qaysi belgilar chapga burilishni taqiqlaydi?
- A va B
- Hammasi
- A va C
- Faqat A
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. A va C
YHQ 1-ilovaning quyidagi bandlar: 5.10.2, 5.10.3. “Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlga chiqishi”. 5.11.1. “Qayrilib olish joyi”. Chapga burilish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
44-biletni onlayn yechish