45-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
45-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 45-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Avtomobil qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishi mumkin?
- Barcha yoʻnalishlar boʻyicha
- Faqat oʻngga
- Toʻxtash va svetoforning yashil chirogʻini kutish
- Faqat toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi. YHQ 8-bobi 8.14-bandiga muvofiq, haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va koʻrsatmalariga ular svetofor ishoralari, yoʻl belgilari va chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham amal qilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
2-savol. Shunday yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻl qismlarida shaharlararo boʻlmagan avtobuslarning qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
- 60 km/soat
- 90 km/soat
- 50 km/soat
- 70 km/soat
- 80 km/soat
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 5. 80 km/soat
YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
3-savol. Qaysi yoʻl chizigʻi haydovchining hushyorligini oshiradi?
- B
- D
- C
- A
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. A
YHQga 2-ILOVA 1.31 bandiga asosan: 1.31 — Aholi punktlaridan tashqarida yoʻllarning transport vositalari tez harakatlanadigan xavfli burilishlarida hamda aholi punktlarining piyodalar oʻtish joylariga yaqinlashuvda haydovchilar hushyorligini oshirish maqsadida termoplast yordamida chiziladigan «Shovqin chiziqlari»dan foydalanilishi mumkin.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
4-savol. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasiga oʻrnatilgan oʻrindiqlar, yukxonasi pastki qismidan qancha balandlikda mahkamlangan boʻlishi kerak?
- 0.3 - 0,5 metr
- 0.8 - 0,9 metr
- 0.6 - 0,7 metr
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 0.3 - 0,5 metr
YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam boʻlmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan oʻrindiqlar jihozlangan boʻlishi kerak.
5-savol. Qaysi belgilarda oyning juft kunlarida toʻxtash mumkin?
- Har ikkisida mumkin
- Oʻngdagi rasmda
- Chapdagi rasmda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Har ikkisida mumkin
YHQ 1 ilova: 3.29. “Oyning toq kunlarida toʻxtab turish taqiqlangan”
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). YHQ 1 ilova: 3.30. “Oyning juft kunlarida toʻxtab turish taqiqlangan”
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.29 va 3.30 belgilari faqat toʻxtab turishni taqiqlaydi, toʻxtashni emas. Shuning uchun ikkala belgida ham oyning juft kunlarida toʻxtash mumkin.
6-savol. Chapga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyodalarga yoʻl berishi kerakmi?
- Ha, barcha hollarda oʻtkazilishi kerak
- Ha, agarda piyodalar oʻtish joyi boʻlsa
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ha, barcha hollarda oʻtkazilishi kerak
Yoʻl harakati qoidalarining 96 bandiga asosan, chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchi(lar)ga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
7-savol. Qaysi belgi «Bir tomonlama harakatlanish yoʻlining oxiri» deb ataladi?
- 1
- 4
- 2
- 5
- 3
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 4
YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.6 “Bir tomonlama harakatli yoʻlning oxiri”.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
8-savol. Bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari:
- Amneziya - xotiraning yoʻqolishi, sodir boʻlgan jarohatlanish bilan bogʻliq va hayotdagi baʼzi voqealar xotirasidan oʻchadi
- Qayt qilish bir-ikki marta, ogʻir holatlarda koʻproq boʻlishi mumkin
- Barchasi holatlar toʻgʻri
- Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha boʻlishi mumkin
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barchasi holatlar toʻgʻri
Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari quyidagilar:
-Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha boʻlishi mumkin;
-Qayt qilish bir - ikki marta, ogʻir holatlarda koʻproq boʻlishi mumkin;
-Amneziya - xotiraning yoʻqolishi, sodir boʻlgan jarohatlanish bilan bogʻliq va hayotidagi baʼzi voqealar xotirasidan oʻchadi.
9-savol. Harakat tezligini tanlashda haydovchiga taqiqlanadi?
- Keskin tormoz berish, agar bu harakatlanish xavfsizligini taʼminlash uchun talab qilinmasa
- Ushbu qoidalarga muvofiq ravishda transport vositasiga oʻrnatilgan taniqlik belgida koʻrsatilgan tezlikdan oshirish
- Ikkala sanab oʻtilgan harakat taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Ikkala sanab oʻtilgan harakat taqiqlanadi
YHQ 11-bobi 81-bandiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish; tezlikni transport vositasiga oʻrnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida koʻrsatilganidan oshirish; zaruriyat boʻlmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish; yoʻl-transport hodisasining oldini olish zaruriyati boʻlmaganda keskin tormoz berish.
10-savol. Velosipedchilarga velosiped yoʻlkasi boʻlganda qatnov qismidan harakatlanishga ruxsat etiladimi?
- Taqiqlanadi
- Boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa ruxsat etiladi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi
YHQning 28-bob. 168-band 5-xatboshiga asosan: 168. Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: velosiped yoʻlkasi boʻlgan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanish.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
11-savol. Avtomobilga shu vaziyatda toʻxtashga ruxsat etiladimi?
- Taqiqlanadi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi
YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 88. Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
12-savol. Qaysi transport vositalarining haydovchilari toʻxtab turish qoidasini buzdilar?
- Har ikki haydovchi
- Yengil avtomobilining haydovchisi
- Yuk avtomobilining haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Har ikki haydovchi
YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining oʻttiz ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.28. “Toʻxtab turish taqiqlangan”. Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 13-bobi 88-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan koʻp boʻlgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun toʻxtashlari mumkin.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
13-savol. Agar avtomobil antiblokirovkali (ABS) tormoz tizimi bilan jihozlangan boʻlsa keskin tormoz berishni qanday amalga oshirish kerak?
- Tormoz tepkisini uzib-uzib bosish yoʻli bilan
- Tormoz tepkisini oxirigacha bosish va avtomobilni toʻliq toʻxtaguncha tepkini qoʻyib yubormaslik
- Toʻxtab turish tormozi tizimini qoʻllash yoʻli bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Tormoz tepkisini oxirigacha bosish va avtomobilni toʻliq toʻxtaguncha tepkini qoʻyib yubormaslik
Avtomobil antiblokirovkali tormoz tizimi (ABS) bilan jihozlangan boʻlsa, gʻildiraklarning qatnov qismi qoplamasi bilan ilashishining nazorati shu tizimga yuklatilgan. Shuning uchun keskin toʻxtashda tormoz tepkisini oxirigacha bosib, avtomobil toʻliq toʻxtaguncha qoʻyib yubormaslik kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
14-savol. Qaysi yoʻnalish boʻyicha harakatlanishga ruxsat berilgan?
- Hamma yoʻnalishlarga
- B va C
- A va B
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. B va C
YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi;
1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
15-savol. Oʻngga burilganda shu belgi bilan belgilangan boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Agar boʻlak qolgan harakat qismidan yotiq uzluksiz chiziq bilan ajratilmagan boʻlsa, ruxsat etiladi
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Agar boʻlak qolgan harakat qismidan yotiq uzluksiz chiziq bilan ajratilmagan boʻlsa, ruxsat etiladi
YHQ 22- bobi 132- bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga asosan: Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.
Bu holda, agar yoʻlning bu qismi boshqa qismidan uzluksiz chiziq bilan ajratilmagan boʻlsa, transport vositalari burilish paytida ushbu yoʻl boʻlagiga qayta joylashishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
16-savol. Quyidagi belgilardan qaysi biri haydovchini boshqa xavf-xatarlar toʻgʻrisida ogohlantiradi?
- A
- V
- B
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. V
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.30 belgiga asosan, «Boshqa xavf-xatarlar».
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
17-savol. Harakatni boshlashdan avval shaharlararo avtobus haydovchilari nima qilishlari kerak?
- Yoʻlovchilarga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuntirish
- Yoʻlovchilarga halokat boʻlganda chiqish joylaridan foydalanish haqida tushuntirish
- Yoʻlovchilarga harakatlanish vaqtida salon ichida yurish mumkin emasligi haqida tushuntirish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yoʻlovchilarga halokat boʻlganda chiqish joylaridan foydalanish haqida tushuntirish
YHQ talablariga asosan, harakatni boshlashdan avval shaharlararo avtobus haydovchilari yoʻlovchilarga halokat (favqulodda) holatida chiqish joylaridan foydalanish tartibi haqida tushuntirish berishlari kerak.
18-savol. Shatakka olingan avtobusda odam tashishga ruxsat beriladimi?
- Faqat oʻtirgan holda tashishga ruxsat beriladi
- Ruxsat beriladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi
Yoʻl harakati qoidalarining 143 bandiga asosan, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.
19-savol. Sanab oʻtilgan qaysi transport vositalarini oʻt oʻchirgichsiz tasarruf etishga ruxsat etiladi?
- Avtomobillarni
- Faqat yon kajavasiz motosikllarni
- Barcha motosikllarni
- Avtobuslarni
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barcha motosikllarni
Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 7.10 bandiga asosan, Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan boʻlsa: kajavali mototsikllarda — tibbiyot qutichasi, majburiy toʻxtaganligini bildiruvchi belgi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
20-savol. Siz chorrahada chapga burilishda qaysi transport vositasiga yoʻl berishingiz lozim?
- Hech biriga
- Yengil avtomobilga
- Avtobusga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Hech biriga
Yoʻl harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
45-biletni onlayn yechish