43-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

43-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 43-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Koʻkrak qafasining koʻp qismi jarohatlanganda uni qayerdan boshlab bint bilan bogʻlash kerak?

  1. Koʻkrak qafasining oʻrtasidan
  2. Qoʻltiq ostidan
  3. Koʻkrak qafasining quyi qismidan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Koʻkrak qafasining quyi qismidan

Koʻkrak qafasining keng yaralanishida jabrlanuvchiga tarang bogʻich bogʻlanadi. Koʻkrak qafasining quyiroq qismlaridan boshlab bint oʻraladi. Nafas chiqarish paytida mustahkamlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

2-savol. Aylanma harakatlanish chorrahasida...

  1. Harakatlanayotgan transport vositalariga nisbatan aylanaga kirib kelayotgan transport vositalari ustunlikka (imtiyozga) ega
  2. Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega

Yoʻl harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

3-savol. Qaysi belgi kesishadigan yoʻl boʻylab harakat qilayotgan transport vositalariga yoʻl berish majburiyatini yuklaydi?

Qaysi belgi kesishadigan yoʻl boʻylab harakat qilayotgan transport vositalariga yoʻl berish majburiyatini…
  1. 1
  2. 4
  3. 5
  4. 2
  5. 3
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 4

YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimidagi 2.4 “Yoʻl bering” belgisida haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 5-dars «Imtiyoz belgilari» →

4-savol. Ushbu belgi axborot beradi:

Ushbu belgi axborot beradi:
  1. Chorrahadan oʻngga va chapga bir tomonlama harakat tashkil qilingan
  2. Reversiv harakatlanish yoʻliga chiqish haqida
  3. Siz oʻngga yoki chapga burilishingiz kerakligini koʻrsatadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Reversiv harakatlanish yoʻliga chiqish haqida

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.35 belgiga asosan, «Reversiv harakatlanish». Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan yoʻl qismining boshlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

5-savol. Quyidagi belgilardan qaysi biri yengil avtomobillar harakati deb nomlanadi?

Quyidagi belgilardan qaysi biri yengil avtomobillar harakati deb nomlanadi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 2

YHQ 1 ilova: 4.4. “Yengil avtomobillar harakati”. Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, mopedlar, skuterlar, belgilangan yoʻnalishli transport vositalari va ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi. Belgining taʼsir oraligʻida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

6-savol. Qaysi belgi shlagbaumli temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi?

Qaysi belgi shlagbaumli temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi?
  1. 4
  2. 2
  3. 1
  4. 5
  5. 3
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 4

YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.1 "Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi" belgisi shlagbaum bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

7-savol. Quyidagi joyda sariq avtomobilga quvib oʻtishga ruxsat beradimi?

Quyidagi joyda sariq avtomobilga quvib oʻtishga ruxsat beradimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat beriladi

YHQga 1-ILOVA 3.20 bandiga asosan: 3.20. «Quvib oʻtish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

8-savol. Bu belgida qaysi transport vositalarini quvib oʻtishni taqiqlaydi?

Bu belgida qaysi transport vositalarini quvib oʻtishni taqiqlaydi?
  1. Yengil avtomobillar, motosikllar va toʻla vazni 3,5 t dan kam boʻlgan yuk avtomobillari. Toʻla vazni 3,5 t dan koʻp boʻlgan yuk avtomobillari
  2. Hammasi
  3. Hammasini, 40 km/soat dan kam tezlikda yakka harakat qilayotganlardan tashqari
  4. Toʻla vazni 3,5 t dan koʻp boʻlgan yuk avtomobillari
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Hammasini, 40 km/soat dan kam tezlikda yakka harakat qilayotganlardan tashqari

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.20 belgi talabiga asosan, "Quvib oʻtish taqiqlanadi" belgisi boʻlganda, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

9-savol. Yoʻnaltirgichlar bilan koʻrsatilgan qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?

Yoʻnaltirgichlar bilan koʻrsatilgan qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. «Б»
  2. «А»
  3. «А» va «Б»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. «А»

YHQ 1- ilovasining 5-boʻlimidagi 5.11.1 belgi "Qayrilish joyi" belgisi boʻlib chapga burilish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

10-savol. Yotiq chiziqlarning sidirgʻa chizigʻini bosib oʻtishga ruxsat etiladimi?

  1. Faqat shunday holda ruxsat etiladi, agar chiziq yoʻl qatnov qismining chetlarini bildirsa
  2. Agar u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa ruxsat etiladi
  3. Chiziq bir yoʻnalishdagi harakat boʻlaklarining chegarasini bildirganda faqat manevr qilishda ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat shunday holda ruxsat etiladi, agar chiziq yoʻl qatnov qismining chetlarini bildirsa

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining uchinchi va oʻttiz toʻrtinchi xatboshilariga asosan: 1.1 qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini va velosipedchilar uchun boʻlagining chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi; 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

11-savol. Bu yotiq chiziq nimani anglatadi?

Bu yotiq chiziq nimani anglatadi?
  1. Transport vositalari oqimi ajraladigan joydagi yoʻnaltiruvchi orolchani
  2. Transport vositalari oqimi qoʻshiladigan joylardagi yoʻnaltiruvchi orolchani
  3. Transport vositalari toʻxtab turish qismining chegarasini
  4. Qatnov qismidagi xavfli joylarda piyodalar uchun orolchani
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Transport vositalari oqimi qoʻshiladigan joylardagi yoʻnaltiruvchi orolchani

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 16.3 chizigʻi transport oqimlarini qoʻshiladigan joylarida yoʻnaltiruvchi orolchalarni bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

12-savol. Transport vositalarining haydovchilari avtobus yoki trolleybusga yoʻl berishlari kerak:

  1. Aholi punktlarida, agar u belgilangan toʻxtash joyidan (bekatlardan) harakatni boshlasa
  2. Agar u harakatni toʻxtash joyidan boshlasa
  3. Agar u «tigʻiz» soatda marshrut boʻyicha harakat qilsa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Aholi punktlarida, agar u belgilangan toʻxtash joyidan (bekatlardan) harakatni boshlasa

YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan, haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari oʻzlariga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →

13-savol. Qaysi shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Ishchi tormoz tizimi samaradorligi talabga javob bermaydi
  2. Gidravlik tormoz tizimidan suyuqlik oqayotgan boʻlsa
  3. Kompressor pnevmatik tormoz tizimida oʻrnatilgan bosimni taʼminlay olmagan holatda
  4. Koʻrsatilgan barcha holatlarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Koʻrsatilgan barcha holatlarda

YHQ 3 – ilovasi 1 – boʻlimning 1.3 va 1.4 – bandlariga asosan, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:

Gidravlik tormoz yurutmasining zichligi (germetikligi) buzulgan boʻlsa.

Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yurutmasining zichligini buzulishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda – 30 daqiqada, ulanganida – 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan koʻpga pasayishiga sabab boʻlsa, gʻildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqayotgan boʻlsa.

YHQ 2 – bobi 12 – bandining uchinchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi ( avtopoyezd tarkibida ) nosoz boʻlgan, qorongʻi vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda – old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari boʻlmagan yoki yonmayotgan, yomgʻir, qor yogʻayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish taqiqlanadi.

Shu bilan barcha koʻrsatilgan shartlar asosida transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

14-savol. Chorrahadan ikkinchi boʻlib qaysi avtomobil oʻtadi?

Chorrahadan ikkinchi boʻlib qaysi avtomobil oʻtadi?
  1. Qizil avtomobil
  2. Yashil avtomobil
  3. Oq avtomobil sariq bilan bir vaqtda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Qizil avtomobil

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 14-dars «Chorraha: asosiy yoʻl toʻgʻri» →

15-savol. 90 km/soat tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda qancha masofani bosib oʻtadi?

  1. 15 m
  2. 35 m
  3. 25 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 25 m

Haydovchining reaksiya vaqti koʻplab omillarga bogʻliq, odatda 0,4 dan 1,6 soniya orasida. Shundan kelib chiqqan holda, haydovchining reaksiya vaqti oʻrtacha 1 soniya deb taxmin qilinadi. Shuning uchun harakat xavfsizligining shartlarini taʼminlash maqsadida tezlikni tanlayotgan haydovchi soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi bir soniyada taxminan 25 metr masofani bosib oʻtishini hisobga olishi kerak (teng holatda 90 000 metr/soat yoki 90 000 metr : 3 600 soniya = taxminan bir soniyada 25 metr).

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

16-savol. Haydovchi harakat tezligini tanlashda nimani hisobga olishi kerak?

  1. Yoʻl va ob-havo sharoitini
  2. Barcha sanab oʻtilgan omillarni
  3. Harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati va holatini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha sanab oʻtilgan omillarni

YHQ 11-bobi 77-bandi 1-xatboshisiga asosan, haydovchi harakatlanishning serqatnovligini, transport vositasining va yukning xususiyati hamda holatini, yoʻl va ob-havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish yoʻnalishidagi koʻrinishni hisobga olib transport vositasini belgilangan tezlikdan oshirmagan holda xavfsizlikni taʼminlovchi tezlik bilan boshqarishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

17-savol. Haydovchi qaysi rasmda qoidalar talablarini buzmay turib manevr qildi?

Haydovchi qaysi rasmda qoidalar talablarini buzmay turib manevr qildi?
  1. 1
  2. 2
  3. 3
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 1

YHQ 1-ilovasi 4-boʻlimidagi 4.1.1. "Harakatlanish toʻgʻriga". Faqat toʻgʻri yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi. YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.5 "Bir tomonlama harakatli yoʻl" yoʻlning butun kengligi boʻyicha harakat bir tarafga ruxsat etilgan, shuning uchun bu yerda qayrilib olish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

18-savol. Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?

Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?
  1. Barcha transport vositalariga
  2. Avtomobil va motosiklga
  3. Motosiklga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Motosiklga

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

19-savol. Ushbu belgi nimani bildiradi?

Ushbu belgi nimani bildiradi?
  1. Oldinda koʻtarma koʻprik borligini
  2. Oldinda tik balandlik borligini
  3. Sunʼiy yoʻl notekisligini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Sunʼiy yoʻl notekisligini

YHQga 1-ILOVA 1.31 bandiga asosan: 1.31. “Sunʼiy yoʻl notekisligi”. Yoʻlning sunʼiy notekislik oʻrnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qoʻllaniladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

20-savol. Sanab oʻtilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?

  1. Kunning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida
  2. Faqat sirpanchiqda
  3. Faqat togʻli yoʻllarda
  4. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat sirpanchiqda

Yoʻl harakati qoidalarining 145 bandiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

43-biletni onlayn yechish

Keyingi: 44-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish