38-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
38-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 38-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobilining yuk xonasi bortining balandligi:
- 1,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak
- 0,7 metrdan kam boʻlmasligi kerak
- 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak
- 1,3 metrdan kam boʻlmasligi kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. 1,3 metrdan kam boʻlmasligi kerak
YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam boʻlmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan oʻrindiqlar jihozlangan boʻlishi kerak.
2-savol. Belgi ostidagi qoʻshimcha axborot belgisi nimani anglatadi?
- Belgidan yoʻlning tor qismigacha boʻlgan masofani
- Yoʻlning tor qismi uzunligini
- Tor qismini aylanib oʻtish joyigacha masofani
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Belgidan yoʻlning tor qismigacha boʻlgan masofani
YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.1.1. “Obʼektgacha boʻlgan masofa”. Belgidan yoʻlning xavfli joyi, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yoʻnalishi boʻyicha oldindagi muayyan joygacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
3-savol. Toʻxtab turish joyidan chiqib ketganda boshqa transport vositasi bilan yoʻllaringiz kesishganda qanday harakat qilishingiz kerak?
- Yoʻl berish
- Birinchi oʻtish
- Oʻzaro kelishuvga binoan harakatlanish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yoʻl berish
YHQ 9-bobi 60 - bandiga muvofiq, transport vositalarining harakat yoʻnalishlari kesishadigan va oʻtish navbati qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
4-savol. Mazkur taniqlik belgisi nimani bildiradi?
- Mexanik transport vositasida tishli turumlangan (shiplar) shinalar oʻrnatilganini
- Oldinda qatnov qismi notekis boʻlgan yoʻl qismini
- Oldinda shu yoʻnalishda harakatlanish uchun uch boʻlakli yoʻl qismini
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Mexanik transport vositasida tishli turumlangan (shiplar) shinalar oʻrnatilganini
YHQ 29-bobida 176-bandida keltirilgan 2-izohga asosan, "Turumlangan" (tishli, shipli) — turumlangan shinali mexanik transport vositalarining orqasida — ichiga qora rangda "T" harfi tushirilgan, qizil hoshiyali, oq rangli uchi yuqoriga yoʻnaltirilgan teng tomonli uchburchak koʻrinishida. Uchburchakning tomonlari 200 millimetrdan kam boʻlmasligi, hoshiyasining kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak.
5-savol. Ogohlantiruvchi belgilarni toping
- 4,5
- Hammasi
- 1,2,4,5
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 4,5
YHQ 1 ilova: 1.19. “Ikki tomonlama harakatlanish” – Yoʻlning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishini bildiradi. YHQ 1 ilova: 1.6. “Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi”.
6-savol. Bolalarni tashkiliy tashishda qanday talablar qoʻyiladi?
- Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga daxli boʻlmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi
- Bolalar guruhini tashkiliy tashish uchun moʻljallangan transport vositasining old va orqa tomoniga «Bolalar guruhini tashish» taniqlik belgisi oʻrnatilishi kerak
- Barcha sanab oʻtilgan talablar
- Bolalar guruhini tashkiliy tashishda transport vositasida katta yoshli kuzatib boruvchi boʻlishi shart
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barcha sanab oʻtilgan talablar
Bolalar guruhini tashkiliy tashishda avtobus (mikroavtobus)da katta yoshli kuzatib boruvchi(lar) boʻlishi shart. Bunday avtobus (mikroavtobus)larning oldi va orqa tomoniga "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi oʻrnatilishi kerak.
7-savol. Ushbu koʻrsatilgan vaziyatda sizga hovliga orqa bilan kirib qayrilib olishga ruxsat beriladimi?
- Ruxsat beriladi agarda bunda harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit berilmasa
- Taqiqlanadi
- Har qanday hollarda ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat beriladi agarda bunda harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit berilmasa
YHQ 9-bobi 63 - bandiga muvofiq, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashi va boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tugʻilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak. Bir tomonlama harakatli yoʻllarda orqaga harakatlanish taqiqlanmagan.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
8-savol. Koʻkrak qafasi shikastlangan yaradorni kerakli joyga qanday eltish kerak?
- Sogʻ yoni bilan yotgan yoki oʻtirgan holda
- Yaralangan yoni bilan yotgan yoki yarim oʻtirgan holda
- Orqasi bilan yoki qorni bilan yotgan holda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yaralangan yoni bilan yotgan yoki yarim oʻtirgan holda
Suyak siniqlarining bir biriga nisbatan qoʻzgʻalmasligini taʼminlash uchun koʻkrak qafasiga bogʻich tarang qilib bogʻlanadi. Bu holda nafas olish oʻtirgan holatda erkin boʻlgan koʻkrak-qursoq diafragma pardasi harakatlari hisobiga amalga oshiriladi.
9-savol. Yoʻl chiziqlari nechta guruhdan iborat?
- 3 ta
- 2 ta
- 4 ta
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 2 ta
YHQga 2-ILOVAga asosan yoʻl chiziqlari 2 guruhga boʻlinadi: 1. Yotiq chiziqlar; 2. Tik chiziqlar.
10-savol. Agar avtomobilning oʻng gʻildiraklari nam qoplamali yoʻl yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi?
- Avtomobilni tormozlab, yoʻlning qatnov qismiga ohista ravon burish.
- Avtomobilni tormozlash va toʻliq toʻxtatish
- Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning qatnov qismiga ohista ravon burish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning qatnov qismiga ohista ravon burish
Harakatlanishda avtomobil oʻng gʻildiraklarining yumshoq va nam yoʻl yoqasida chiqishi oʻng va chap gʻildiraklar ilashish koeffisientlarining turlicha boʻlishiga va bu oʻz navbatida avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi. Bunday vaziyatda tezlikni pasaytirmay, yaʼni tormoz tepkisini bosmay rul chambaragini asta burib qatnov qismiga yoʻnaltirish kerak. Ushbu holatda tormozlash ham avtomobilning sirpanishiga olib keladi.
11-savol. Bu yoʻl belgisi nimani bildiradi?
- Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ziyod boʻlgan yuk avtomobili bilan 40 km/soatdan kam tezlikda ketayotgan yakka transport vositalaridan tashqari barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi
- 40 km/soatdan kam tezlikda ketayotgan yakka, yon kajavasi boʻlmagan ikki gʻildirakli motosikllar va velosipedlardan tashqari barcha mexanik transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ziyod boʻlgan yuk avtomobili bilan 40 km/soatdan kam tezlikda ketayotgan yakka transport vositalaridan tashqari barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.22 belgi talabiga muvofiq, "Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan" belgisi toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
12-savol. Toʻxtash qoidasini buzgan hamma haydovchilar qaysi javobda koʻrsatilgan?
- Qizil avtomobil va motosiklning haydovchilari
- Koʻk avtomobil haydovchisi
- Barcha transport vositalarining haydovchilari
- Motosiklning haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barcha transport vositalarining haydovchilari
YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining oʻttiz birinchi xatboshisiga asosan: 3.27. “Toʻxtash taqiqlangan”. Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: 7.2.4 - haydovchilarga ularning 3.27 yoʻl belgisi taʼsir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi. Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
13-savol. Qaysi transport vositasiga harakatlanish ruxsat etiladi?
- Sariq va qizil avtomobilga
- Oq va yashil avtomobilga
- Yashil, qizil va oq avtomobilga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Sariq va qizil avtomobilga
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
14-savol. Bir vaqtda qayrilishda qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?
- Avtobus haydovchisi
- Yengil avtomobil haydovchisi
- Bunday vaziyatda haydovchilar oʻzaro kelishadilar
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Avtobus haydovchisi
YHQ 9-bobi 60 - bandiga muvofiq, transport vositalarining harakat yoʻnalishlari kesishadigan va oʻtish navbati qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
15-savol. Qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Qizil, koʻk va yashil avtomobillarga.
- Barcha transport vositalariga.
- Faqat qizil avtomobilga.
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Qizil, koʻk va yashil avtomobillarga.
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
16-savol. Aholi punktlaridan tashqarida quvib oʻtishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?
- Tovushli ishoralardan
- 1 va 2
- Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 1 va 2
YHQning 8-bob. 48-band 2 va 3-xatboshi va 49-bandiga asosan: 48. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
49. Quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
17-savol. Individual harakatlanish vositalarini necha yoshdan boshqarishga ruxsat beriladi?
- 16
- 12
- 14
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 14
YHQning 28-bob. 165-bandiga asosan: 165. Yoʻlda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab oʻtish 14 yoshdan kichik boʻlmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik boʻlmagan shaxslarga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →
18-savol. Bu vaziyatda siz oʻngga burilayotib, Siz:
- Harakat yoʻnalishi boʻyicha va burilayotgan koʻchani kesib oʻtayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berasiz
- Faqat transport vositalarga yoʻl berasiz
- Barcha qatnov qismidagi piyodalarga yoʻl berasiz
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Harakat yoʻnalishi boʻyicha va burilayotgan koʻchani kesib oʻtayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berasiz
YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.42 belgiga asosan, «Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirogʻining oʻng yoniga 5.42 yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda oʻngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yoʻnalishi boʻyicha va burilayotgan koʻchani kesib oʻtayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
19-savol. Qaysi yoʻnalish boʻyicha harakatlanishga ruxsat berilgan?
- Har ikki yoʻnalishda taqiqlanadi
- Faqat "A"
- Faqat "B"
- Har ikki yoʻnalishda mumkin
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Faqat "B"
YHQga 1-ILOVA 4.1.1 bandi va 4.Buyuruvchi belgilarning 10-xatboshiga asosan: 4.1.1. «Harakatlanish toʻgʻriga». 4.1.1 — 4.1.6 yoʻl belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin oʻrnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
20-savol. Relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun boʻlaklar soni qanday aniqlanadi?
- Yoʻl yotiq chizigʻi bilan
- Barcha sanab oʻtilgan usullar bilan
- Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi yoki «Boʻlak boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi» yoʻl belgilari bilan
- Haydovchining oʻzi tomonidan qatnov qismining kengligini, transport vositalarining oʻlchamlarini va ular oʻrtasidagi zarur yonlama oraliq masofani hisobga olib
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Barcha sanab oʻtilgan usullar bilan
Yoʻl harakati qoidalarining 10 bobi 64 bandiga asosan, relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻxtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.
Tramvay yoʻli, ajratuvchi tasma, uzluksiz 1.1, 1.3 yoʻl chiziqlar yoki uzuq-uzuq tomoni chapda joylashgan 1.11 yoʻl chizigʻi bilan ajratilgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishga chiqish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
38-biletni onlayn yechish