37-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

37-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 37-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Quyidagi javoblardan qaysi birida «Yoʻlovchi» atamasining toʻgʻri taʼrifi koʻrsatilgan?

  1. Transport vositasidagi barcha shaxslar
  2. Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib oʻtirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs
  3. Har ikkala taʼrif toʻgʻri
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib oʻtirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs

YHQ umumiy qoidalar: Yoʻlovchi – transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib oʻtirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

2-savol. Bu yoʻl belgisi:

Bu yoʻl belgisi:
  1. Traktorlar va oʻzi yurar mashinalarning harakatlanishi taqiqlanadi
  2. Ikki gʻildirakli kajavasiz motosikllardan tashqari hamma mexanik transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi
  3. Gʻildirakli traktorlardan tashqari hamma transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Traktorlar va oʻzi yurar mashinalarning harakatlanishi taqiqlanadi

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.6 belgi talabiga muvofiq, "Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan" belgisi barcha turdagi traktorlar, oʻzi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlanishini taqiqlaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

3-savol. Tirkamali yengil avtomobillarga yoʻlning shunday yoʻl belgisi oʻrnatilgan qismida qanday eng katta tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etiladi?

Tirkamali yengil avtomobillarga yoʻlning shunday yoʻl belgisi oʻrnatilgan qismida qanday eng katta tezlik…
  1. 100 km/c
  2. 60 km/c
  3. 80 km/c
  4. 110 km/c
  5. 70 km/c
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 80 km/c

YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

4-savol. Qaysi rasmda piyoda qoidani buzgan holda yoʻlni kesib oʻtyabdi?

Qaysi rasmda piyoda qoidani buzgan holda yoʻlni kesib oʻtyabdi?
  1. 1-2-rasmdagi piyoda
  2. 3-rasmdagi piyoda
  3. 4-rasmdagi piyoda
  4. Barcha rasmdagi piyoda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 3-rasmdagi piyoda

YHQ 4-bobi 17-bandi: Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti oʻtish joylaridan, ular boʻlmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi boʻylab kesib oʻtishlari kerak.
Piyodalarga koʻrinadigan oraliqda oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va toʻsiqsiz yoʻllardan yoʻlning ikki tomoni yaxshi koʻrinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan toʻgʻri burchak ostida kesib oʻtish ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →

5-savol. Agar gʻildiraklardagi tortish kuchi yoʻl bilan tishlashish kuchidan ortiq boʻlsa:

  1. Yurgizgich oʻchib qoladi
  2. Yetakchi gʻildiraklar oʻrnidan jimlay aylanadi
  3. Ulagich detallarining emirilishi ortadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yetakchi gʻildiraklar oʻrnidan jimlay aylanadi

Joydan qoʻzgʻalayotgan vaqtda katta inersiya kuchi vujudga keladi va uni bartaraf qilish uchun yetaklovchi gʻildiraklarga katta tortish kuchini qoʻshish lozim. Gorizontal yoʻlda katta boʻlmagan tezlikda bir tekis harakat paytida qarshilik kuchi katta emas va uni bartaraf qilish uchun kamroq tortish kuchi yetarli. Koʻproq tortilganda boshqaruvchi gʻildiraklar oʻrnidan jimlay aylanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

6-savol. Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga yetmasdan yoki oʻtib qanchadan kam masofada toʻxtashi taqiqlanadi?

  1. 50 metr
  2. 40 metr
  3. 30 metr
  4. 45 metr
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 30 metr

YHQ 13 – bobi 91 – bandi: Toʻxtash taqiqlanadi: Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki oʻtib.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

7-savol. Ushbu yoʻl belgisi qaysi transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?

Ushbu yoʻl belgisi qaysi transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?
  1. Barcha javoblar toʻgʻri
  2. Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishini
  3. Ruxsat etilgan toʻla vazni 3.5tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishini

YHQ 1 ilova: 3.32. “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

8-savol. Ushbu transport vositasi qaysi toifaga kiradi?

Ushbu transport vositasi qaysi toifaga kiradi?
  1. M2
  2. M1
  3. O1
  4. N1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. M1

7.22. M1 toifasi – yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

9-savol. Ushbu yoʻl belgisi chorrahalarda oʻngga burilayotgan relssiz transport vositalariga svetoforning qaysi ishorasida harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ushbu yoʻl belgisi chorrahalarda oʻngga burilayotgan relssiz transport vositalariga svetoforning qaysi…
  1. Yashil ishora
  2. Koʻrsatilgan barchasi
  3. Sariq ishora
  4. Qizil ishora
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Koʻrsatilgan barchasi

YHQga 1-ILOVA 5.42 bandiga asosan: 5.42. «Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirogʻining oʻng yoniga 5.42 yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda oʻngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yoʻnalishi boʻyicha va burilayotgan koʻchani kesib oʻtayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

10-savol. Reaksiya va diqqatni pasaytiruvchi dori-darmonlar taʼsirida boʻlgan haydovchiga transport vositalarini boshqarishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Agar haydovchining ishlagan davri 2 yildan ortiq boʻlsa, ruxsat etiladi
  3. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 2-bobi 12-bandining birinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi:
transport vositasini mastlik holatida (alkogol, giyohvand moddalar isteʼmol qilgan va h. k.), sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida boshqarish.

Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →

11-savol. Ushbu belgi aholi punktlarida xavfli yoʻl qismi boshlanishidan qancha masofa oldin oʻrnatiladi?

Ushbu belgi aholi punktlarida xavfli yoʻl qismi boshlanishidan qancha masofa oldin oʻrnatiladi?
  1. 50-100 m
  2. Xavfli yoʻl qismi oldiga oʻrnatiladi
  3. 150-300 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 50-100 m

YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimi 1.15 belgisi, "Sirpanchiq yoʻl". Yoʻlning oʻta sirpanchiq boʻlgan qismini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

12-savol. Avtomobil haydovchisi uni boshqa transport vositalari quvib oʻtayotganda qanday harakat qilishi kerak?

  1. Harakat tezligini kamaytirishi, tovush ishora berishi
  2. Harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilmasligi
  3. Harakat boʻlagini oʻzgartirmay, oʻng burilish ishorasini berishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilmasligi

YHQ 12-bobi 84-bandiga muvofiq, quvib oʻtilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakatlanish tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

13-savol. Belgilangan yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Belgilangan yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?
  1. Har ikkisiga ruxsat etiladi
  2. Faqat oʻngga ruxsat etiladi
  3. Faqat chapga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Har ikkisiga ruxsat etiladi

YHQning 9-bob. 57-bandiga asosan: 57. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakatlanish tomoniga oʻtib ketmasligi kerak.
Oʻngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

14-savol. Qanday hollarda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Gaz taʼminlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida koʻrsatilgan texnik koʻrsatkichlar (parametrlar) texnik pasportdagi maʼlumotlarga (koʻrsatkichlarga) mos kelsa, oxirgi va rejalashtirilgan tekshirishlarning sanasi boʻlsa
  2. Transport vositasining tashqi yuzasiga qonun hujjatlariga mos kelmaydigan va harakat xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan turli xil tasvirlar tushirilgan boʻlsa
  3. Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan koʻzda tutilmagan hollarda kuzov (kabina) bir necha xil rangga boʻyalgan boʻlsa (maxsus transport vositalari bundan mustasno)
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Gaz taʼminlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida koʻrsatilgan texnik koʻrsatkichlar (parametrlar) texnik pasportdagi maʼlumotlarga (koʻrsatkichlarga) mos kelsa, oxirgi va rejalashtirilgan tekshirishlarning sanasi boʻlsa

YHQ 3-ilovasi 7-boʻlimining 7.19.-bandiga asosan: 7.19. Gazli taʼminlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida koʻrsatilgan texnik koʻrsatkichlar texnik pasportdagi maʼlumotlarga mos kelmasa, oxirgi va rejalashtirilayotgan tekshiruvlarning sanasi boʻlmasa

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

15-savol. Transport vositalaridan qanday sharoitlarda foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi 1,6 mm ni tashkil qiladi
  2. M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga ikkinchi klassdagi taʼmirlangan shinalar oʻrnatilgan
  3. Shinalarning ayrim joylarida kord koʻrinib qoladigan nuqsonlari bor
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi 1,6 mm ni tashkil qiladi

YHQ 3-ilovasi “Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar”, 5-boʻlimining 5.1-bandiga asosan: Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam boʻlsa transport vositalaridan foydalanishni taqiqlanadi.
Shunga koʻra N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshning qoldiq balandligi 1,6 mm ni tashkil qilsa, bunday transport vositasidan foydalanish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

16-savol. Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?

Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?
  1. Faqat belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishi uchun moʻljallangan boʻlakni bildiradi
  2. Avtobuslar va marshrutli taksi (alohida kichik avtobuslar)ning harakatlanishi uchun moʻljallangan boʻlakni bildiradi
  3. Avtobuslar va trolleybuslarning harakatlanishi uchun moʻljallangan boʻlakni bildiradi
  4. Faqat avtobusning harakatlanishi uchun moʻljallangan boʻlakni bildiradi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishi uchun moʻljallangan boʻlakni bildiradi

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.23 chizigʻi faqat yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

17-savol. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
  1. Tramvay, ayni vaqtda yashil avtomobil, qizil avtomobil
  2. Qizil avtomobil, tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan
  3. Tramvay, qizil, yashil avtomobillar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Qizil avtomobil, tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan

YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

18-savol. Agar transport vositasida «Tezlik cheklangan» taniqlik belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, bu transport vositasining haydovchisiga:

  1. Belgida koʻrsatilgan tezlikdan oshirish taqiqlanadi
  2. Belgida koʻrsatilgan tezlikdan oshirishga faqat tezlik tegishli yoʻl belgisi oʻrnatilib oshirilgan yoʻl qismlarida ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Belgida koʻrsatilgan tezlikdan oshirish taqiqlanadi

YHQ 11-bobi 81-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: tezlikni transport vositasiga oʻrnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida koʻrsatilganidan oshirish.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

19-savol. Ushbu belgilardan qaysi biri "Notekis yoʻl" deb ataladi?

Ushbu belgilardan qaysi biri "Notekis yoʻl" deb ataladi?
  1. A
  2. B
  3. C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. C

YHQ 1-ilovasi, belgi 1.16 «Yoʻl notekisligi» — qatnov qismining notekisligi haqida ogohlantiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

20-savol. Bu yotiq chiziqlardan qaysi biri belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarining toʻxtash joyini bildiradi?

Bu yotiq chiziqlardan qaysi biri belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarining toʻxtash joyini bildiradi?
  1. «А» va «Б»
  2. «А»
  3. «В»
  4. «Б»
  5. «А» va «В»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. «Б»

YHQ 2 – ilovasi 1 – boʻlimining yigirma birinchi xatboshisiga asosan: 1.17 – yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning toʻxtab turish joylarini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

37-biletni onlayn yechish

Keyingi: 38-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish