39-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
39-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 39-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Navbat bilan yalt-yalt etib turuvchi ikkita qizil yoritgichlar quyidagi maʼnoga ega:
- Alohida ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga ruxsat etadi
- Boshqa haydovchilarga qatnov qismiga maxsus transport vositalarining oʻtganini xabar qiladi
- Harakatni taqiqlaydi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Harakatni taqiqlaydi
YHQ 7-bobining 31-bandiga asosan, qizil ishora, shuningdek miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi.
2-savol. Siz quvib oʻtish uchun chiqdingiz va bexosdan roʻparadan kelayotgan avtobusni koʻrib qoldingiz. Agar Siz quvib oʻtishni tugallay olishingizga ishonchingiz boʻlmasa, Siz:
- Tezlikni kamaytirishingiz va avval egallagan boʻlagingizga qaytishingiz kerak
- Tovush xabarini berib va faralarni yoqib quvib oʻtishni uni tugallaguncha davom ettirishingiz kerak
- Tezlikni asta koʻpaytirishingiz va quvib oʻtishni tezroq tugallashingiz kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Tezlikni kamaytirishingiz va avval egallagan boʻlagingizga qaytishingiz kerak
YHQ 12-bobi 82-bandi, quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi oʻzi oʻtmoqchi boʻlgan harakatlanish boʻlagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, quvib oʻtish jarayonida harakatlanishga xavf tugʻdirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga, quvib oʻtishni tugallayotganda quvib oʻtilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.
3-savol. Belgilardan qay biri ajratuvchi boʻlagi boʻlgan yoʻlning harakat uchun yopiq qatnov qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini koʻrsatadi?
- 4
- 3
- 1
- 2
- 5
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 5. 5
YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining ellik ikkinchi xatboshisiga asosan: 5.34.2. “Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlangʻich koʻrsatkichi”. Ajratuvchi boʻlagi boʻlgan yoʻlning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib oʻtish yoki oʻng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yoʻnalishini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
4-savol. Tashilayotgan yuk DYHX xizmatining ruxsatisiz transport vositasi oʻlchamlarining orqa nuqtasidan eng katta miqdorda qanday chiqib turishi mumkin?
- 1,0 m
- 4,0 m
- 2,5 m
- 2,0 m
- 1,5 m
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. 2,0 m
Yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
5-savol. Agar qatnov qismining kengligi chetki chap boʻlakdan qayrilish uchun yetarli boʻlmasa, qoidalar qayrilishni qatnov qismining oʻng chekkasi yoki yoʻlning oʻng yoqasidan amalga oshirishga yoʻl qoʻyadimi?
- Qatnov qismining faqat oʻng chekkasidan yoʻl qoʻyadi. Yoʻlning oʻng yoqasidan yoʻl qoʻyilmaydi
- Yoʻl qoʻyilmaydi
- Yoʻl qoʻyiladi. Bunda qayrilayotgan haydovchi yoʻlakay va qarama-qarshi kelayotgan transport vositalarini oʻtkazib yuborishi kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yoʻl qoʻyiladi. Bunda qayrilayotgan haydovchi yoʻlakay va qarama-qarshi kelayotgan transport vositalarini oʻtkazib yuborishi kerak
YHQ 9-bobi 59-bandi muvofiq, chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli boʻlmasa, ushbu manevrni qatnov qismining oʻng chetidan (yoʻlning oʻng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi bir yoʻnalishdagi va qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
6-savol. Harakatlanish vaqtida velosipedchi bilan avtomobil yoʻllari kesishganda kim yoʻl berishi kerak?
- Avtomobil
- Oʻzaro kelishib oʻtishadi
- Velosipedchilar
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Velosipedchilar
YHQ 28-bobi 169-bandi: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yoʻlkasi bilan yoʻl kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yoʻlda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari kerak. Velosiped yoʻlkasi va piyodalar yoʻlkasi (trotuar) oʻzaro kesishgan holatlarda velosiped va individual harakatlanish vositasi piyodaga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
7-savol. Harakatlanish boʻlagidagi uchburchak shaklidagi chiziq:
- Toʻxtashingiz zarur boʻlgan joyni bildiradi
- Yoʻl berishingiz kerak boʻlgan joy yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
- Yoʻlning xavfli qismini bildiradi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl berishingiz kerak boʻlgan joy yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.20 yoʻl chizigʻiga asosan, haydovchini 1.13 chizigʻiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi.
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.13 yoʻl chizigʻiga asosan, kesishayotgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish uchun toʻxtash zarur boʻlganda, haydovchiga transport vositasini toʻxtatish joyini koʻrsatadi.
8-savol. Belgilarning taʼsiri qaysi transport vositalariga tatbiq etiladi?
- Yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan kam yoki teng boʻlgan yuk avtomobillariga
- Faqat yengil avtomobillarga
- Yengil avtomobillarga va motosikllarga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan kam yoki teng boʻlgan yuk avtomobillariga
YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilariga asosan: 7.4.3. “Transport vositasining turi”. Belgining taʼsiri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi. 7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining taʼsiri yengil avtomobillarga, shuningdek toʻla vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
9-savol. Agar siz oldinda harakatlanayotgan avtomobilni quvib oʻtishga chiqsangiz, koʻrsatilgan hollarning qaysi birida tovush ishorasi berish maqsadga muvofiq?
- Quvib oʻtish qorongʻi vaqtda bajarilganda
- Quvib oʻtilayotgan avtomobil haydovchisi oʻngga burilish koʻrsatkichini yoqqanda
- Quvib oʻtilayotgan avtomobil haydovchisi chapga burilish koʻrsatkichini yoqqanda
- Quvib oʻtilayotgan avtomobil haydovchisi tormoz berishni boshlaganda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Quvib oʻtilayotgan avtomobil haydovchisi chapga burilish koʻrsatkichini yoqqanda
YHQ 8-bobi 48-bandiga muvofiq, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.
10-savol. Haydovchi oʻz harakati yoʻnalishidan qatʼiy nazar kimga transport vositasini taqdim etishi kerak?
- Tibbiyot xodimlariga zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun
- Yoʻl xizmati xodimlariga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Tibbiyot xodimlariga zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun
YHQ 2-bobi 11-bandi z - xatboshiga asosan, transport vositasining haydovchisi tegishli yoʻnalishda tibbiy yordam koʻrsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun transport vositasini foydalanishga taqdim etishga majburdir.
Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →
11-savol. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadi:
- Koʻk, yashil, qizil
- Qizil chorrahaga kiradi va koʻk avtomobilni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtaydi va ayni vaqtda yashil avtomobil chorrahani kesib oʻtadi; koʻk; qizil burilishni tugallaydi
- Qizil, koʻk, yashil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qizil chorrahaga kiradi va koʻk avtomobilni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtaydi va ayni vaqtda yashil avtomobil chorrahani kesib oʻtadi; koʻk; qizil burilishni tugallaydi
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
12-savol. Qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?
- Faqat «Б»
- «А», «Б», «В» va «Г»
- «А» va «Б»
- Faqat «А»
- «А», «Б» va «В»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. «А» va «Б»
YHQ 1- ilovasi 4- boʻlimining 4.1.1 belgisi talabiga asosan: 4.1.1 “Harakatlanish toʻgʻriga”. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
Bu holatda harakat toʻgʻri va oʻng tomonga ruxsat etilgan, chunki yonilgʻi quyish shoxobchasi yoʻlga yondosh hudud hisoblanadi.
13-savol. Ushbu belgi oʻrnatiladi:
- Maktab yoki maktabgacha taʼlim muassasalari oldida
- “Bolalar uyi” yoki oromgohlari oldidan oʻtgan yoʻl qismlarida oʻrnatiladi
- Koʻzi ojiz piyodalar harakatlanish ehtimoli koʻp boʻlgan yoʻl qismlarida oʻrnatiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Maktab yoki maktabgacha taʼlim muassasalari oldida
YHQga 1-ILOVA 5.46 bandiga asosan: 5.46 «Maktab». Maktab yoki maktabgacha taʼlim tashkilotlari oldida oʻrnatiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
14-savol. Quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi shunga ishonch hosil qilishi kerakki:
- Quvib oʻtishni tugallaganda quvib oʻtilayotgan transport vositasiga toʻsqinlik tugʻdirmasdan, ilgarigi egallagan boʻlagiga qayta olishiga
- Toʻsqinlik tugʻdirishi mumkin boʻlgan, oʻzidan keyin kelayotgan biron-bir haydovchi quvib oʻtishni boshlamagan boʻlsa
- Barcha koʻrsatilgan harakatlarni bajara olishida
- Shu boʻlakda oldinda ketayotgan transport vositasining haydovchisi burilishga (chapga qayta tizilishga) ishora bermaganligiga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barcha koʻrsatilgan harakatlarni bajara olishida
YHQ 12-bobi 82-bandi 3-xatboshiga asosan, quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtishni boshlamaganligiga ishonch hosil qilishi shart.
15-savol. Mexanik transport vositalaridan foydalanish qanday sharoitlarda taqiqlanadi?
- Davlat davriy texnik koʻrigidan belgilangan tartibda oʻtmaganda
- Uzatish qutisida shovqin boʻlganda
- Yurgizgich ishida nuqson boʻlganda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Davlat davriy texnik koʻrigidan belgilangan tartibda oʻtmaganda
YHQ 29-bobi 179-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: transport vositalari belgilangan tartibda davlat texnik koʻrigidan oʻtmagan boʻlsa.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
16-savol. Toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillarini quyidagilar bilan jihozlanmagan boʻlsa ham foydalanishga ruxsat etiladi:
- Majburiy toʻxtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq)
- Oʻt oʻchirgich
- Oʻzi yurib ketishidan saqlovchi, gʻildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak
- Tibbiyot qutichasi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Oʻzi yurib ketishidan saqlovchi, gʻildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak
Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 7.10 bandiga asosan, M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va gʻildirakli traktorlar tibbiyot qutichasi, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻxtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet), M3, N2, N3 toifadagi — oʻzi yurib ketishidan saqlovchi, gʻildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak bilan jihozlanmagan boʻlsa, foydalanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
17-savol. Bu yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻl qismida yengil avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
- Taqiqlanadi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi
YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7. “Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi”. Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.
18-savol. "Aholi punkti" atamasi nimani bildiradi?
- Aholi yashaydigan hududni
- Shahar, qishloq joylari hududini
- Kirish va chiqish yoʻllari 5.22-5.25 belgilari bilan belgilangan hududni
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Kirish va chiqish yoʻllari 5.22-5.25 belgilari bilan belgilangan hududni
Yoʻl harakati qoidalarining 6-bandiga asosan, aholi punkti — kirish va chiqish yoʻllari 5.22 — 5.25 yoʻl belgilari bilan belgilangan hudud.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
19-savol. Yovvoyi hayvonlar belgisini koʻrsating:
- 2
- 1
- 4
- 2 va 4
- 3
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 2
YHQ 1-ilova: 1.25.1. “Yovvoyi hayvonlar”.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
20-savol. Koʻrsatilgan yoʻl belgilaridan qaysi biri ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan kam boʻlgan yuk avtomobiliga oʻngga harakatlanishni buyuradi?
- Faqat «А»
- «Б» va «В»
- «А» va «Б»
- Faqat «Б»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Faqat «Б»
YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimi 4.1.2 "Harakatlanish oʻngga" belgisiga muvofiq, ushbu belgining taʼsir oraligʻida faqat yoʻnaltirgich buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. 4.1.2 belgisi yoʻl qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga taʼsir etadi.
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
39-biletni onlayn yechish