23-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
23-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 23-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Bu belgi nimani bildiradi?
- Yuk avtomobillari, traktorlar, oʻziyurar mashinalar uchun, agar chorrahada ularning harakati yoʻnalishlardan biriga taqiqlangan boʻlsa, tavsiya etiladigan harakat yoʻnalishini
- Toʻla vazni 3,5 t dan ortiq boʻlgan yuk avtomobilining majburiy harakat yoʻnalishini
- Faqat yuk avtomobillari uchun harakat yoʻnalishini
- Shaharlararo yuk tashuvchi yuk avtomobillarining harakat yoʻnalishini
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yuk avtomobillari, traktorlar, oʻziyurar mashinalar uchun, agar chorrahada ularning harakati yoʻnalishlardan biriga taqiqlangan boʻlsa, tavsiya etiladigan harakat yoʻnalishini
YHQ 1 – ilovasining 5 – boʻlimidagi 5.30.2 “Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yoʻnalishi” belgisiga asosan, yuk avtomobillari haydovchilariga eng qulay yoʻlni koʻrsatadi va shu yoʻl boʻyicha harakatlanishni tavsiya etadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
2-savol. Miltillovchi sariq ishorali svetofor:
- Tartibga solingan chorraha borligidan xabardor qiladi
- Tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan xabardor qiladi
- Svetofor chirogʻi almashuvidan xabardor qiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan xabardor qiladi
YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi;
3-savol. Transport vositalari qattiq ulagichda shatakka olinganda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari orasidagi masofa qancha boʻlishi kerak?
- Qoidalarda belgilanmagan
- 4 metrdan 6 metrgacha
- 4 metrdan oshmasligi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 4 metrdan oshmasligi
Yoʻl harakati qoidalarining 144 bandiga asosan, egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4 — 6 metr oraligʻida boʻlishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak.
4-savol. Avtomobilga oʻrnatilgan bu taniqlik belgi nimani bildiradi?
- Avtomobil shifokor haydovchiga tegishli ekanini
- Avtomobil uyda tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallanganini
- Avtomobil haydovchi nogironga tegishli ekanini
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Avtomobil shifokor haydovchiga tegishli ekanini
YHQ 26-bobi 176-bandining oʻn uchinchi xatboshisiga asosan: “Shifokor” shifokor-haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatiladigan, tomonlari 140 millimetr boʻlgan, koʻk rangli, toʻrtburchak ichida diametri 90 millimetrli oq doiraga qalinligi 25 millimetrli qizil xoch tasviri tushirilgan belgi.
5-savol. Chorrahani oxirgi boʻlib kesib oʻtadi:
- Koʻk avtomobil
- Qizil avtomobil
- Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qizil avtomobil
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Ushbu chorrahani yashil avtomobil birinchi, koʻk avtomobil ikkinchi, qizil avtomobil oxirgi boʻlib kesib oʻtadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
6-savol. Transport vositasini orqaga harakatlantirish paytida haydovchi qanday talablarni bajarishi kerak?
- Gabarit chiroqlarini yoqish
- Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
- Transport vositasida tumanga qarshi chiroqlar boʻlsa, ularni yoqish
- Harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik. Harakat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik. Harakat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
YHQ 9-bobi 63-bandiga muvofiq, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashi va boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tugʻilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
7-savol. Tashiladigan yuk vaznini va oʻqlar boʻyicha tushadigan ogʻirlikni taqsimlashni kim tartibga solib turadi?
- Davlat YHXX
- Mazkur transport vositasini tayyorlovchi-korxona
- Avtoxoʻjalik maʼmuriyati
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Mazkur transport vositasini tayyorlovchi-korxona
YHQ 27-bobi 160-bandiga asosan: Tashilayotgan yukning vazni va oʻqlarga tushadigan ogʻirlik miqdorining taqsimlanishi ishlab chiqargan korxona tomonidan ushbu transport vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
8-savol. Yengil avtomobil haydovchisi qanday qoidalarni buzdi?
- Faqat toʻxtash qoidalarini
- Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalarini
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalarini
YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega boʻlgan koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning ustida, koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan toʻxtab turish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno) toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
9-savol. Aholi punktlarida relssiz transport vositalariga, agar bir yoʻnalishda uchta va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlganda, qaysi boʻlakdan harakatlanishga ruxsat etiladi? Yuk avtomobillari hisobga kirmaydi
- Har qanday boʻlak boʻyicha
- Iloji boricha qatnov qismining oʻng chekkasiga yaqin boʻlak boʻyicha
- Chapki chekkadan tashqari har qanday boʻlak boʻyicha. Unga faqat boshqa boʻlaklarda harakat serqatnov boʻlganda, shuningdek, chapga burilish, orqaga qayrilish va bir tomonlama harakat tashkil qilingan yoʻlda toʻxtash uchun oʻtishga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Chapki chekkadan tashqari har qanday boʻlak boʻyicha. Unga faqat boshqa boʻlaklarda harakat serqatnov boʻlganda, shuningdek, chapga burilish, orqaga qayrilish va bir tomonlama harakat tashkil qilingan yoʻlda toʻxtash uchun oʻtishga ruxsat etiladi
YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yoʻlda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band boʻlgan hollarda, shuningdek, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
10-savol. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
- Yashil; koʻk ayni vaqtda qizil bilan; sariq
- Sariq chorrahaga kiradi va yashilni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtaydi; koʻk qizil bilan bir vaqtda
- Koʻk ayni vaqtda qizil bilan; yashil; sariq
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yashil; koʻk ayni vaqtda qizil bilan; sariq
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
11-savol. Avtomobilning qaysi gʻildiragi «sirpanib» tormozlanishga koʻproq moyil?
- Orqa gʻildiraklar
- Oldingi gʻildiraklar
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Orqa gʻildiraklar
Inersiya kuchi taʼsiri ostida tormozlash vaqtida oʻqlarga tushadigan ogʻirlik qayta taqsimlanishi roʻy beradi. Old oʻqqa nisbatan ogʻirlik koʻpayadi, orqa oʻqqa nisbatan kamayadi. Tormozlash surʼati qanchalik baland boʻlsa, oʻqlarga tushadigan ogʻirlik qayta taqsimlanishi sezilarliroq boʻladi. Orqa oʻqdan ogʻirlik kamayishi bilan gʻildirakni yoʻlga bosuvchi kuch kamayadi, shu sababli gʻildirakning sirgʻanishi ( aylanmasdan siljishi ) va avtomobilning surulib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old oʻqda ogʻirlik koʻpayishi gʻildirakni yoʻlga bosish kuchini koʻpaytiradi, shu sababli, sirgʻalish ehtimoli kamayadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
12-savol. Qaysi yotiq yoʻl chizigʻi avtomobil yoʻllarida 3D koʻrinishidagi baland piyodalar oʻtish joyini bildiradi?
- «А»
- «Б»
- «В»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. «Б»
YHQ 2 ilova: 1.29.2 — sunʼiy notekislik (avtomobil yoʻllarida “3D” koʻrinishdagi BALAND piyodalar oʻtish joyini bildiradi).
13-savol. Quyidagi taʼrif "transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻxtatish (harakatsiz holatga keltirish)" qaysi atamaga tegishli?
- Toʻxtab turish
- Majburiy toʻxtash
- Yoʻl berish
- Toʻxtash
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Toʻxtash
YHQ umumiy qoidalar 6-bandi: toʻxtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻxtatish (harakatsiz holatga keltirish).
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
14-savol. Vazirlar Mahkamasining 172-sonli qaroriga muvofiq, Yoʻl harakati qoidalari nechta banddan iborat?
- 216
- 186
- 184
- 220
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 186
YHQning 1-bob. 1-bandiga asosan: Yoʻl harakati qoidalari 186 ta banddan iborat.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
15-savol. Enli uzuq-uzuq chiziq koʻrinishidagi yotiq chiziq nimani bildiradi?
- Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi uchun belgilangan maydonchalarni
- Qatnov qismi bilan yoʻl yoqasi oʻrtasidagi chegarani
- Tezlanish yoki sekinlanish boʻlagi bilan qatnov qismi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Tezlanish yoki sekinlanish boʻlagi bilan qatnov qismi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1.8 chizigʻi (enli uzuq-uzuq chiziq) – tezlashish yoki sekinlashish tasmasi bilan yoʻlning qatnov qismidagi asosiy tasmasi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻxtaydigan joylarda va boshqalar). 1.8 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
16-savol. Qornidan yopiq jarohat olgan jabrlanuvchi qanday tashiladi?
- Yarim oʻtirgan holatda, tizzalari tanaga yaqinlashtiriladi
- Yonboshi yoki orqasiga yotqizilgan holatda, lat yegan joyga issiq grelka qoʻyiladi
- Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qoʻyiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yotqizilgan holatda, lat yegan joyiga sovuq narsa (muz, malham) qoʻyiladi
Qorin boʻshligʻining yopiq jarohatlari hollarida gavdaning holati oyoqlarni tizzalaridan bukib, yon tarafga qarab yotiladi. Qorin qismiga muz xaltachasi qoʻyiladi.
17-savol. Ikki tomonlama harakatli yoʻlda uchta boʻlak bor, siz oʻngga burilishingiz zarur. Siz ushbu manevrni qaysi boʻlakdan amalga oshirasiz?
- Oʻrta boʻlakdan, lekin faqat oʻng boʻlak band boʻlgan vaqtda
- Oʻng yoki oʻrta boʻlakdan
- Oʻng boʻlakdan
- Oʻrta boʻlakdan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Oʻng boʻlakdan
YHQ 9-bobi 56-bandiga muvofiq, haydovchi aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda oʻngga burilishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki oʻng holatini egallashi shart. Shu sababli oʻngga burilish oʻng boʻlakdan amalga oshiriladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
18-savol. Motosikl haydovchisi qoidani buzayaptimi?
- Ha
- Yoʻq
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yoʻq
YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarda;
Qoidani buzmadi, sababi Mototsiklchi tepalikning oxirida emas.
19-savol. Haydovchi yaqinlashib kelayotgan poezdni oʻtkazib yuborishi uchun «Toʻxtash» yotiq chizigʻi yoki «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisidan qanday masofada toʻxtashi kerak?
- 2,5 m
- 5 m
- Bevosita «Toʻxtash» yotiq chizigʻi yoki belgi oldida
- 1,5 m
- 10 m
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Bevosita «Toʻxtash» yotiq chizigʻi yoki belgi oldida
YHQ 18 – bobi 119 – bandiga asosan: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi, 2.5 yoʻl belgisi yoki svetofor oldida, ular boʻlmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yoʻl iziga kamida 10 metr qolganda toʻxtashi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →
20-savol. Ushbu kesishmadan oʻngga burilishga ruxsat beriladimi?
- Ruxsat beriladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat beriladi
YHQ 1-ilova: 5.19.1 – 5.19.4. “Oxiri berk yoʻl” belgisi yoʻlda koʻrsatilgan yoʻnalishda oxiri berk ekanligini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
23-biletni onlayn yechish