3-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

3-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 3-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Avtomobilning qaysi yoʻnalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Avtomobilning qaysi yoʻnalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
  1. Faqat toʻgʻriga
  2. Barcha yoʻnalishlarga
  3. Chapga va oʻngga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha yoʻnalishlarga

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.4 belgi - "Yengil avtomobillar harakatlanadi" belgisi yengil avtomobillarni, avtobuslarni, motosikllarni va toʻla vazni 3,5 tonnadan kam boʻlgan yuk avtomobillarining harakatlanishiga ruxsat etadi. 1-ilovaning 7-boʻlimidagi 7.3.3 qoʻshimcha axborot belgisi "Taʼsir yoʻnalishlari" chorraha oldida oʻrnatilgan buyuruvchi belgi bilan qoʻllanilib, uning taʼsir yoʻnalishini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

2-savol. Quvib oʻtish qaysi hollarda taqiqlanadi?

  1. Temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 m dan kam masofa qolganda
  2. Temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 m dan koʻp masofa qolganda
  3. Temir yoʻl kesishmalarida va aholi yashaydigan joylardan tashqarida ulardan 100 m koʻp masofa qolganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 m dan kam masofa qolganda

YHQ 12-bobi 86-band 4-xatboshisiga asosan, temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda quvib oʻtish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

3-savol. Quruq yoʻlda darhol toʻxtash uchun nima qilish lozim?

  1. Ulagichni ajratish, shundan keyin darhol tormoz pedalini bosish
  2. Tormoz pedalini ulagichni ajratmasdan bosish
  3. Uzatmani almashtirish va tormoz pedalini keskin bosish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tormoz pedalini ulagichni ajratmasdan bosish

Keskin tormoz berish - bu birdan paydo boʻlgan yoki kech koʻrib qolingan toʻsiqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yoʻlda birdan paydo boʻlish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida oʻzini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qoʻlingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil gʻildiraklarini blokirovka qilmang, chunki gʻildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yoʻlini qisqartirmaydi; harakatda toʻxtab turish tormozini qoʻllamang, chunki bu hol orqa gʻildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yoʻlga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yoʻqotmang.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

4-savol. Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida necha harakatlanish tasmasi bor?

Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida necha harakatlanish tasmasi bor?
  1. Uchta tasma
  2. Bitta tasma
  3. Ikkita tasma
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ikkita tasma

YHQning 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: 64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻxtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

5-savol. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
  1. Tramvay va yashil avtomobil, sariq avtomobil
  2. Yashil, sariq avtomobillar, tramvay
  3. Tramvay, sariq, yashil avtomobillar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Tramvay va yashil avtomobil, sariq avtomobil

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 14-dars «Chorraha: asosiy yoʻl toʻgʻri» →

6-savol. Avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi nima deb ataladi?

  1. Yoʻl yoqasi
  2. Yondosh hudud
  3. Qatnov qismi
  4. Harakatlanish tasmasi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Harakatlanish tasmasi

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama tasmasi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

7-savol. Qaysi yoʻnalishlarda harakat qilish mumkin?

Qaysi yoʻnalishlarda harakat qilish mumkin?
  1. Barcha yoʻnalishlarda harakatlanish taqiqlanadi
  2. Barcha yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi
  3. Chapga
  4. Toʻgʻriga va chapga
  5. Chapga va orqaga qaytish (qayrilib olish)
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Chapga

YHQning 7-bob. 32-band 1 va 2-xatboshiga asosan: 32. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi.
Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

8-savol. Qoʻl jarohatlanganda kiyim qanday tartibda kiydiriladi?

  1. Kiyim ikkala qoʻlga barobar kiydiriladi
  2. Kiyim avval jarohatlangan qoʻlga, soʻngra sogʻ qoʻlga kiydiriladi
  3. Kiyim avval sogʻ qoʻlga, soʻngra jarohatlangan qoʻlga kiydiriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Kiyim avval jarohatlangan qoʻlga, soʻngra sogʻ qoʻlga kiydiriladi

Shikastlangan qoʻl yoki oyoqni majburiy harakatga solmasdan kiyim kiydirish imkonini yaratish uchun avval kiyim shikastlangan, soʻngra shikastlanmagan qoʻl yoki oyoqqa ehtiyotlik bilan kiydiriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

9-savol. Ushbu yoʻl belgisi taʼsir oraligʻida Sizga odam tushirish (chiqarish) yoki yuk ortish (tushirish) ruxsat etiladimi?

Ushbu yoʻl belgisi taʼsir oraligʻida Sizga odam tushirish (chiqarish) yoki yuk ortish (tushirish) ruxsat…
  1. Ha
  2. Yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ha

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.28 "Toʻxtab turish taqiqlangan" belgisiga muvofiq, transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. Toʻxtash taqiqlanmagan. Toʻxtab turish — transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻxtatish.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

10-savol. Agar piyodalar oʻtish joyida tirbandlik vujudga kelib, haydovchini piyodalar oʻtish joyida toʻxtashga majbur qilsa, haydovchi majbur:

  1. Piyodalar oʻtish joyi oldidan 5 m. berida toʻxtashga
  2. Toʻxtashga va piyodalar oʻtish joyiga oʻtmaslikka, chunki bu piyodalarning harakati uchun toʻsqinlik qiladi
  3. Piyodalar oʻtish joyi oldidan 15 m. berida toʻxtashga
  4. Oldinda turgan transport vositasidan zarur masofa saqlangan holda piyodalar oʻtish joyida toʻxtashga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Toʻxtashga va piyodalar oʻtish joyiga oʻtmaslikka, chunki bu piyodalarning harakati uchun toʻsqinlik qiladi

YHQ 17-bobi 112-bandiga asosan, piyodalar oʻtish joylaridan keyin paydo boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar oʻtish joyida toʻxtashga majbur boʻladigan boʻlsa, piyodalar oʻtish joyiga kirish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

11-savol. Yonlama oraliq masofani tanlashda tezlikning dahli bormi?

  1. Tezlik oshganda yonlama oraliq masofani oshirish kerak
  2. Yonlama oraliq masofani tanlashni tezlikka aloqasi yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Tezlik oshganda yonlama oraliq masofani oshirish kerak

Harakatlanish tezligi ortishi bilan avtomobilning tanlangan harakat trayektoriyasidan yon tomonga chetlashi ham ortib boradi. Bu gʻildiraklarning yon elastikligi, qoplamaning notekisligi, shamolning qarshiligi va rul boshqarmasidagi lyuft hisobiga vujudga keladi. Shuning uchun, haydovchilar tezlikni oshirgan sayin yon oraliq masofani ham oshirishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

12-savol. Harakatlanishda ustunlikka ega:

Harakatlanishda ustunlikka ega:
  1. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga chiqqan avtobus haydovchisi
  2. Asosiy yoʻl boʻyicha chorrahaga chiqayotgan avtobusning haydovchisi
  3. Chorrahada qayrilishni tugallayotgan yengil avtomobilning haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Chorrahada qayrilishni tugallayotgan yengil avtomobilning haydovchisi

YHQ 15-bobi 102 - va 103 - bandlariga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qatʼi nazar, moʻljallangan yoʻnalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 12-dars «Tartibga solingan chorrahalar» →

13-savol. Siz chorrahadan toʻgʻriga oʻtmoqchisiz. Ushbu vaziyatda Sizning harakatingiz?

Siz chorrahadan toʻgʻriga oʻtmoqchisiz. Ushbu vaziyatda Sizning harakatingiz?
  1. Qizil avtomobil yoʻl berayotganiga ishonch hosil qilib chorrahadan birinchi oʻtish
  2. Chorrahaga birinchi kirgan qizil avtomobilga yoʻl berish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Qizil avtomobil yoʻl berayotganiga ishonch hosil qilib chorrahadan birinchi oʻtish

Yoʻl harakati qoidalarining 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

14-savol. Moped haydovchilariga ruxsat beriladi:

  1. Barcha sanab oʻtilgan holatlarga
  2. Faqat yoʻlning chetki oʻng boʻlagida oʻng tomonidan bir qator boʻlib harakatlanishiga
  3. Faqat yoʻl yoqasidan harakatlanishiga, agar piyodalarga xalaqit bermasa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Barcha sanab oʻtilgan holatlarga

Yoʻl harakati qoidalarining 166 bandiga asosan, velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yoʻlning chetki oʻng boʻlagida imkoni boricha oʻng tomonidan bir qator boʻlib harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yoʻl yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →

15-savol. Chorrahani transport vositalari quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:

Chorrahani transport vositalari quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
  1. Hamma bir vaqtda
  2. Koʻk ayni vaqtda yashil bilan, qizil
  3. Qizil, yashil bilan koʻk
  4. Koʻk, qizil, yashil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Hamma bir vaqtda

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

16-savol. Toʻxtab turish tormoz tizimi qanchadan kam boʻlgan qiyalikda M toifadagi avtotransport vositalarini harakatsiz holatda ushlab tura olmasa, bu avtotransport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. 18 %
  2. 24 %
  3. 20 %
  4. 25 %
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 25 %

Yoʻl harakati qoidalarining 3-ilovasi (Tormoz tizimlari) 1.5-bandiga muvofiq:

Toʻxtab turish tormoz tizimi (ruchnoy tormoz) transport vositasini quyidagi qiyaliklarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa, ulardan foydalanish taqiqlanadi:

M1, M2 va M3 toifali (barcha yengil avtomobillar, mikroavtobus va avtobuslar) hamda N1, N2 va N3 toifali (barcha yuk avtomobillari) transport vositalarini toʻla vazn bilan — 16 foizli qiyalikda;

M toifadagi (yoʻlovchi tashuvchi yengil avtomobil va avtobuslar) transport vositalarini jihozlangan (yuksiz, faqat haydovchi bilan) holatda — 25 foizli qiyalikda;

N toifadagi (yuk avtomobillari) transport vositalarini jihozlangan holatda — 31 foizli qiyalikda.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

17-savol. Qizil avtomobil kimga yoʻl berishi kerak?

Qizil avtomobil kimga yoʻl berishi kerak?
  1. Yuk mashinasiga
  2. Traktorga
  3. Hech kimga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Hech kimga

YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 2.3.1 bandiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.
2.3.1. «Ikkinchi darajali yoʻl bilan kesishuv».

Mavzu boʻyicha videodars: 5-dars «Imtiyoz belgilari» →

18-savol. Qoidalar transport vositalarining harakatlanishni davom ettirishni qanday hollarda taqiqlaydi?

  1. Kuzov (kabina) qismlari va boʻyogʻiga tashqi tomondan anchagina shikast yetgan boʻlsa
  2. Ulagich moslamasi nosoz boʻlsa (avtopoezd tarkibida)
  3. Kuzov (kabina) qismlari va boʻyogʻiga tashqi tomondan anchagina shikast yetgan boʻlsa hamda ressoralarning oʻzak qatlami yoki markaziy bolti shikastlangan hollarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ulagich moslamasi nosoz boʻlsa (avtopoezd tarkibida)

YHQ 2-bob 12-bandi 3-xatboshiga muvofiq, haydovchiga ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlgan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

19-savol. Bu yotiq chiziq quyidagi vazifani bajaradi:

Bu yotiq chiziq quyidagi vazifani bajaradi:
  1. Piyodalar oʻtish joyini bildiradi, chiziq yoʻnaltirgichlari piyodalar harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi
  2. Velosiped yoʻlkasini bildiradi, chiziq yoʻnaltirgichlari boʻlaklar boʻyicha harakat yoʻnalishini koʻrsatadi
  3. Maxsus piyodalar yoʻlkasini bildiradi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Piyodalar oʻtish joyini bildiradi, chiziq yoʻnaltirgichlari piyodalar harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi

YHQ 2 – ilovasi 1 – boʻlimining oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilariga asosan: 1.14.2 (zebra) – tartibga solinmagan piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi, 1.14.2 yotiq chiziqning yoʻnaltirgichlari piyodalarning harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

20-savol. Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yoʻlkasi bilan yoʻl kesishmasida kim yoʻl berishi kerak?

  1. Transport vositalari haydovchilari
  2. Velosiped yoʻlkasidan harakatlanayotgan velosiped va moped haydovchilari
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Velosiped yoʻlkasidan harakatlanayotgan velosiped va moped haydovchilari

Yoʻl harakati qoidalarining 169 bandiga asosan, chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yoʻlkasi bilan yoʻl kesishmasida velosiped va moped haydovchilari yoʻlda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

3-biletni onlayn yechish

Keyingi: 4-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish