1-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

1-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 1-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Qanday hollarda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Shina oʻlchamlari yoki cheklangan ogʻirlik transport vositasining turiga mos kelmaydi
  2. M1, M2, M3 toifali 1 klass avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga 1 klassda taʼmirlangan shinalar qoʻyilgan
  3. Qoʻshaloq shinalar orasiga xavf-xatar tugʻdiruvchi begona qismlar qisilib, tiqilib qolganda
  4. Barcha sanab oʻtilgan hollarda ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. M1, M2, M3 toifali 1 klass avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga 1 klassda taʼmirlangan shinalar qoʻyilgan

YHQ 3-ilovasi 5-boʻlimining 5.7-bandiga asosan, M1, M2, M3 toifadagi I klass avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga (hamda M3 toifadagi II va III klass vositalarning oʻrta va orqa oʻqlariga) ikkinchi taʼmirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilsa — foydalanish taqiqlanadi. Shu sababli birinchi taʼmirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa, foydalanishga ruxsat etiladi. Shina oʻlchami yoki cheklangan ogʻirligi mos kelmasa, shuningdek qoʻshaloq shinalar orasiga begona qismlar tiqilib qolsa — foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

2-savol. Agar transport vositasining ishchi tormozining samaradorligi Qoidalar talabiga javob bermasa, u holda siz majbursiz:

  1. Bundan keyingi harakatni toʻxtatishga
  2. Nosozlikni oʻsha joyda bartaraf etishga, agar buning iloji boʻlmasa zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda toʻxtab turish yoki taʼmirlashga olib borishga
  3. Belgilangan safarni davom ettirishga, bunda kunning yorugʻ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chirogʻini yoqishga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Nosozlikni oʻsha joyda bartaraf etishga, agar buning iloji boʻlmasa zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda toʻxtab turish yoki taʼmirlashga olib borishga

YHQ 3-ilovasining 1-boʻlimiga asosan, ishchi tormoz tizimining samaradorligi Qoidalar talablariga javob bermasa, transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi. YHQ 2-bob 12-bandi 11-xatboshiga asosan: harakatlanish vaqtida 3-ilovada koʻrsatilgan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni oʻsha joyda bartaraf etishi, agar buning iloji boʻlmasa, zarur ehtiyot choralarini koʻrgan holda toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga olib borishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

3-savol. Har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq nimani bildiradi?

Har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq nimani bildiradi?
  1. Tezlanish yoki tormozlash boʻlagi bilan qatnov qismidagi asosiy boʻlak oʻrtasidagi chegarani
  2. Avtomagistrallarda qatnov qismining chetlarini
  3. Roʻparadan kelayotgan yoki shu yoʻnalishda harakatlanayotgan transport oqimini ajratib turgan sidirgʻa chiziqqa yaqinlashganlikni
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Roʻparadan kelayotgan yoki shu yoʻnalishda harakatlanayotgan transport oqimini ajratib turgan sidirgʻa chiziqqa yaqinlashganlikni

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1.6 yotiq chiziqlariga asosan, 1.6 (yaqinlashish chizigʻi – har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. 1.6 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

4-savol. Haydovchi tormozlanishda boshlangan avtomobilning sirpanib ketishini toʻxtatish uchun bajarishi kerak:

  1. Ulagichni ajratishi va toʻxtab turish tormozi bilan tormozlashi
  2. Tormoz tepkisini oxirigacha bosishi
  3. Ulagichni ajratishi
  4. Boshlangan tormozlashni tugatish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Boshlangan tormozlashni tugatish

Avtomobilning sirpanchiq yoʻlda surilishi orqa gʻildiraklarining blokirovkasi sababli tormozlanishda vujudga keladi. Bu holda birinchi navbatda surilish sababini bartaraf etish, yaʼni boshlangan tormozlanishni toʻxtatish lozim. Keyinchalik rul chambaragini surilish tomon burib, harakat yoʻnalishini toʻgʻrilab olish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

5-savol. Haydovchi toʻxtash oldidan ogohlantiruvchi ishora berishga qachon majbur?

  1. Faqat aholi punktlarida
  2. Faqat shu holdaki, agar uning orqasidan boshqa transport vositasi harakat qilsa
  3. Barcha hollarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Barcha hollarda

YHQ 8-bobi 45-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish) dan va toʻxtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorugʻlik ishoralarini yoqishi, ular boʻlmaganda yoki ishlamaganda qoʻl bilan ishoralar berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

6-savol. Koʻrsatilgan vaziyatda haydovchi qanday yoʻl tutishi kerak?

Koʻrsatilgan vaziyatda haydovchi qanday yoʻl tutishi kerak?
  1. Piyodalarga mazkur yoʻnalishning qatnov qismidan butunlay oʻtib olishlariga imkon berishi
  2. Yoʻl-transport falokati oldini olish uchun tovush ishora berishi va asosiy yoʻlda boʻlgani sababli piyodalarga yoʻl bermay oʻtish joyidan oʻtishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Piyodalarga mazkur yoʻnalishning qatnov qismidan butunlay oʻtib olishlariga imkon berishi

YHQ 14-bobi 96-bandiga asosan, chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchi(lar)ga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

7-savol. Qaysi rasmda haydovchi chapga burilish haqida ogohlantirish ishorasini bermoqda?

Qaysi rasmda haydovchi chapga burilish haqida ogohlantirish ishorasini bermoqda?
  1. 2
  2. 3
  3. 1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 1

YHQ 8-bobi 45-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qoʻlni yonga uzatish yoki oʻng qoʻlni tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish mos keladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

8-savol. Bu belgida qaysi avtomobilga harakatlanishga ruxsat etilgan?

Bu belgida qaysi avtomobilga harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. Haqiqiy vazni 12 t boʻlgan uch oʻqli yuk avtomobiliga
  2. Haqiqiy vazni 12 t boʻlgan ikki oʻqli yuk avtomobiliga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Haqiqiy vazni 12 t boʻlgan uch oʻqli yuk avtomobiliga

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.12 "Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan" belgisiga muvofiq, birorta oʻqiga tushadigan haqiqiy ogʻirligi belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

9-savol. Bu belgi oʻrnatilgan yoʻlda kajavali motosiklni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Bu belgi oʻrnatilgan yoʻlda kajavali motosiklni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Tirkamasi bittadan ortiq boʻlmagan motosiklga ruxsat etiladi
  3. Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi
  4. Sirpanchiqda taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 1-ilovasi 3-boʻlim: 3.7 «Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan» — barcha transport vositalarini shatakka olish taqiqlanishini bildiradi. Shu bois kajavali motosiklni shatakka olish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

10-savol. Transport vositalarini qatnov qismining kengaytirilmagan joylarida qanday tartibda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi?

  1. Istalgan usulda
  2. Burchak ostida
  3. Parallel ravishda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Parallel ravishda

Yoʻl harakati qoidalarining 89 bandi 1 xatboshiga asosan, transport vositalarini yoʻlning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi boʻlmagan ikki gʻildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qoʻyishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

11-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish huquqiga ega?

Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish huquqiga ega?
  1. Avtomobil haydovchisi
  2. Motosikl haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Motosikl haydovchisi

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

12-savol. Avtomobilga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Avtomobilga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. «Б» va «В»
  2. Barcha yoʻnalishlarga
  3. «А» va «В»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. «А» va «В»

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimi 5.11.1 «Qayrilib olish joyi» belgisi: qayrilishga ruxsat etiladi, chapga burilish taqiqlanadi. Shuning uchun «А» (qayrilish) va «В» (toʻgʻri) yoʻnalishlariga ruxsat etiladi, «Б» (chapga burilish) taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

13-savol. Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilgʻi sarfini tejaydi?

  1. Shiddat bilan tezlanish va ohista sekinlashish bilan
  2. Ohista (ravon) tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan
  3. Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, avtomobilni ohista (ravon ) tezlanish va ohista sekinlashish bilan boshqarish usuli yonilgʻi sarfini tejaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

14-savol. Yoʻl transport hodisasiga dahldor haydovchilar birinchi navbatda nima qilishlari kerak?

  1. Transport vositasini darhol toʻxtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻxtash belgisini oʻrnatishi
  2. Yoʻlning harakat qismini boʻshatishlari kerak
  3. Sodir etilgan hodisa haqida DYHXXga xabar berishi kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Transport vositasini darhol toʻxtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻxtash belgisini oʻrnatishi

YHQ 3-bobi 13-bandi 1-xatboshiga asosan, yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol toʻxtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻxtash belgisini oʻrnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qoʻzgʻatmasligi.

Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →

15-savol. Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqa bor yoʻl koʻrsatilgan?

Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqa bor yoʻl koʻrsatilgan?
  1. Har ikkala rasmda
  2. Chapdagi rasmda
  3. Oʻngdagi rasmda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Oʻngdagi rasmda

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

16-savol. Doimiy va vaqtinchalik yoʻl belgilari maʼnosi jihatidan bir-birini inkor etganda qaysi biriga amal qilasiz?

  1. Vaqtinchalik yoʻl belgisiga
  2. Doimiy yoʻl belgisiga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Vaqtinchalik yoʻl belgisiga

YHQ 1-ilova: Vaqtincha (koʻchma tirgakdagi) va doimiy belgilar maʼno jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha oʻrnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

17-savol. Yoʻnaltirgichlar bilan koʻrsatilgan qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?

Yoʻnaltirgichlar bilan koʻrsatilgan qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. Faqat toʻgʻriga
  2. Faqat toʻgʻriga va oʻngga
  3. Faqat chapga
  4. Faqat oʻngga
  5. Barcha yoʻnalishlarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. Barcha yoʻnalishlarga

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.4 belgi - "Yengil avtomobillar harakatlanadi" belgisi yengil avtomobillarni, avtobuslarni, motosikllarni va toʻla vazni 3,5 tonnadan kam boʻlgan yuk avtomobillarining harakatlanishiga ruxsat etadi. 1-ilovaning 7-boʻlimidagi 7.3.3 qoʻshimcha axborot belgisi "Taʼsir yoʻnalishlari" chorraha oldida oʻrnatilgan buyuruvchi belgi bilan qoʻllanilib, uning taʼsir yoʻnalishini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

18-savol. Avtomagistrallarda toʻxtashga ruxsat etilganmi?

  1. Taqiqlangan
  2. Avtomagistral yaxshi koʻrinadigan joylarda ruxsat etiladi
  3. Toʻxtab turish «Toʻxtab turish joyi» yoki «Dam olish joyi» belgisi qoʻyilgan maxsus maydonchalarda ruxsat etiladi
  4. Agar bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchta boʻlak boʻlsa, ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Toʻxtab turish «Toʻxtab turish joyi» yoki «Dam olish joyi» belgisi qoʻyilgan maxsus maydonchalarda ruxsat etiladi

YHQ 18-bobi 121-bandi 3-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda 5.15 "Toʻxtash joyi" yoki 6.11 "Dam olish joyi" belgilar bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻxtash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 28-dars «Avtomagistrallar» →

19-savol. Bu joyda yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish maqsadida toʻxtash mumkinmi?

Bu joyda yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish maqsadida toʻxtash mumkinmi?
  1. Ha
  2. Yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ha

YHQ 1 ilova: 3.28. “Toʻxtab turish taqiqlangan”. Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

20-savol. Avtomagistrallarda transport vositalarining atayin toʻxtashi qaysi joylarda ruxsat etilgan?

  1. Yoʻlning 100 m dan koʻproq qismi koʻrinadigan va harakat boʻlaklari soni toʻrttadan ortiq boʻlgan joylarda
  2. Yoʻlning qatnov qismining chetki oʻng boʻlagida
  3. Toʻxtab turish uchun «Toʻxtab turish joyi» yoki «Dam olish joyi» belgilari bilan belgilangan maxsus maydonchalarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Toʻxtab turish uchun «Toʻxtab turish joyi» yoki «Dam olish joyi» belgilari bilan belgilangan maxsus maydonchalarda

Yoʻl harakati qoidalarining 121 bandiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: 5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻxtash.

Mavzu boʻyicha videodars: 28-dars «Avtomagistrallar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

1-biletni onlayn yechish

Keyingi: 2-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish