«Umumiy qoidalar» mavzusi boʻyicha YHQ testi
YHQ testidagi «Umumiy qoidalar» mavzusiga oid 52 ta savol: toʻgʻri javoblar va izohlar bilan. Izohni oʻqish uchun savolni oching yoki butun mavzuni trenajyorda yeching.
Mavzuni mashq qilish
52 ta savol ketma-ket · toʻgʻri javob darhol koʻrinadi
Bu mavzu savollari testning 40 ta biletida uchraydi, ulardan 10 tasida rasm bor.
Mavzu savollari
- Agar tuproq yoʻlda bevosita chorraha oldida toʻshamali (qoplamali) yoʻl qismi boʻlsa, bu uni ahamiyati jihatidan kesib oʻtilayotgan yoʻl qismi bilan teng huquqli qiladimi?Yoʻq
- Kimlar «yoʻl harakati qatnashchisi» hisoblanadi?Yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs
- Majburiy toʻxtagan haydovchi qanday choralar koʻrishi kerak?Falokat yorugʻlik ishoralari yoqishi, agar u yoʻq yoki nosoz boʻlsa, falokat sababli toʻxtash belgisi aholi punktlarida transport vositasidan 15…
- Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga qaysilar kiradi?Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanadigan avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va yoʻnalishli taksilar
- «Ruxsat etilgan toʻla vazn» nima?Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori…
- Yonilgʻi quyish joyidan yoʻlga chiqish chorraha hisoblanadimi?Hisoblanmaydi
- Qaysi yoʻl asosiy yoʻl hisoblanadi?Tuproqli yoʻlga nisbatan qoplamali yoʻl yoki tegishli belgilar bilan belgilangan yoʻl
- «yetarli koʻrinmaslik» deganda nima tushuniladi?Tuman tushganda, yomgʻir, qor yogʻayotganda va hokazo sharoitlarda, shuningdek kunning gʻira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinishi 300 m dan kam boʻlishi
- Ushbu yoʻl nechta harakatlanish boʻlagiga ega?Ikkita harakatlanish boʻlagiga
- “Quvib oʻtish” atamasi nimani bildiradi?Egallab turgan boʻlakdan qarama qarshi harakat boʻlagiga chiqib bir yoki bir necha transport vositalaridan oʻzib ketish va dastlab egallab turgan…
- Piyodalar oʻtish joyi - bu...Yoʻl qatnov qismining piyodalar kesib oʻtishi moʻljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yoʻl belgilari va 1.14.1-1.14.3 yoʻl chiziqlari bilan ajratilgan boʻlagi.
- Yoʻl transport hodisasi-Transport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki sogʻligiga zarar yetishiga, transport…
- Qaysi rasmda ikkita qatnov qismiga ega yoʻl koʻrsatilgan?Ikkinchisida
- Piyodalar yoʻlkasi - bu...Yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi
- Chorraha bu - ...Yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi
- Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash - ...Yoʻl transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat
- Avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi nima deb ataladi?Harakatlanish tasmasi
- Quyidagi izoh qaysi atamaga tegishli? Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bogʻliq holda transport vositasi harakatini toʻxtatishMajburiy toʻxtash
- “Imtiyoz” atamasiga tegishli taʼrifni koʻrsatingMoʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi
- Yoʻl harakati qoidalariga koʻra yoʻl belgilari nechta guruhga boʻlinadi7
- Mexanik transport vositasi - bu ...Dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va oʻziyurar moslamalarga ham taalluqlidir
- Yondosh hudud bu - ...Bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari avtomobil toʻxtab turish…
- “Aholi punkti” atamasi nimani bildiradi?Kirish va chiqish yoʻllari 5.22-5.25 belgilari bilan belgilangan hududni
- Ajratuvchi mintaqa - ...Yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan…
- Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqa bor yoʻl koʻrsatilgan?Oʻngdagi rasmda
- “Imtiyoz” atamasiga tegishli taʼrifni koʻrsatingMoʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi
- Qaysi rasmda ikkita qatnov qismiga ega boʻlgan yoʻl koʻrsatilgan?Hech qaysi rasmda
- Ushbu yoʻl nechta qatnov qismiga ega?1
- Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqa koʻrsatilgan?Hech qaysida
- Yoʻlning qatnov qismi:Yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi
- Harakatlanish boʻlagi:Avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov…
- Transport vositasining ruxsat etilgan toʻla vazn bu - ...Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori…
- Qaysi transport vositalari yoʻnalishli transport vositalari hisoblanadi?Belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay…
- Asosiy yoʻl:Tuproqli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli, tosh va shunga oʻxshashlar yotqizilgan) yoʻl
- Quyidagi javoblardan qaysi birida «Yoʻlovchi» atamasining toʻgʻri taʼrifi koʻrsatilgan?Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib oʻtirayotgan) yoki transport…
- Oʻzib ketish deb nimaga aytiladi?Transport vositasining bir yoʻnalishdagi transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi
- Toʻsiq deb nimaga aytiladi?Yoʻlning qatnov qismida harakatsiz holda boʻlgan jism
- Qayta tizilish deb nimaga aytiladi?Dastlabki harakat yoʻnalishini saqlagan holda oʻz harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga oʻtish
- Quyidagi javoblardan qaysi birida «Xavf» atamasining toʻgʻri taʼrifi koʻrsatilgan?Yoʻl harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
- Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasining bor-yoʻqligini aniqlay olmasa (qorongʻi vaqt, loy, qor) va imtiyoz belgilari boʻlmasa?Oʻzini ikkinchi darajali yoʻlda deb hisoblashi kerak
- Qoidalarda nechta asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi?78
- Quyidagi taʼrif “transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻxtatish (harakatsiz holatga keltirish)” qaysi atamaga tegishli?Toʻxtash
- Ushbu transport vositasiga chorraha orqali qaysi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?Barcha yoʻnalishlarga
- Yoʻl harakati qoidalari nechta bob va banddan iborat?29 bob 186 band
- Qaysi javobda “avariya holatini yuzaga keltirish” atamasi taʼrifi toʻgʻri koʻrsatilgan?Yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini harakat yoʻnalishi yoki tezligini keskin oʻzgartirishga, shuningdek, oʻz xavfsizligini yoxud boshqa…
- Qaysi javobda yoʻl belgilari guruhlarining ketma-ketligi toʻgʻri koʻrsatilgan?Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Taqiqlovchi, Buyuruvchi, Axborot-koʻrsatkich, Servis, Qoʻshimcha axborot
- Qaysi rasmda toʻrt tasmali yoʻl koʻrsatilgan?Barchasida
- Vazirlar Mahkamasining 172-sonli qaroriga muvofiq, Yoʻl harakati qoidalari nechta banddan iborat?186
- Ushbu koʻrsatilgan yoʻl nechta qatnov qismiga ega?Ikkita
- Oʻzbekiston Respublikasi «Yoʻl harakati toʻgʻrisida»gi Qonunining asosiy maqsadi nimadan iborat?Yoʻl harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
- Quyidagi qaysi taʼrif N2 toifasiga tegishli?Yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 12 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari.
- Qatnov qismlari kesishmasi - bu ...Yoʻllarning qatnov qismlari oʻzaro kesishib oʻtadigan va tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlangan hudud.
Mavzu uchun kerakli YHQ bandlari
Shu mavzudagi savollar izohlarida eng koʻp tilga olinadigan bandlar:
«Asosiy» boʻlimidagi boshqa mavzular
Koʻp beriladigan savollar
«Umumiy qoidalar» mavzusida nechta savol bor?
YHQ testida «Umumiy qoidalar» mavzusiga 52 ta savol berilgan. Har birining toʻgʻri javobi va izohi alohida sahifada.
«Umumiy qoidalar» mavzusini qanday mashq qilish mumkin?
«Mavzuni mashq qilish» tugmasini bosing: savollar trenajyorda ketma-ket ochiladi, toʻgʻri javob darhol koʻrinadi. Bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan.