Umumiy qoidalar · 5-bilet, 12-savol

Qaysi rasmda toʻrt tasmali yoʻl koʻrsatilgan?

Qaysi rasmda toʻrt tasmali yoʻl koʻrsatilgan?

Javob variantlari

  1. Birinchi
  2. Barchasida✓ Toʻgʻri javob
  3. Ikkinchi va uchinchi
  4. Birinchi va ikkinchi

Izoh

YHQning 1-bob. 6-band 84-xatboshi va 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama tasmasi;
64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻxtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.

Savoldagi belgilar

Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.

«Umumiy qoidalar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish