Umumiy qoidalar · 60-bilet, 1-savol

«Ruxsat etilgan toʻla vazn» nima?

Javob variantlari

  1. Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi). Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h.k.) transport vositalarining ruxsat etilgan toʻla vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan toʻla vaznlari yigʻindisi kiradi✓ Toʻgʻri javob
  2. Transport vositasida tashiladigan yukning ishlab chiqargan korxona yoʻl qoʻygan texnik tavsifnomasi sifatida belgilanadigan vazni
  3. Transport vositasining haqiqiy vazni
  4. Transport vositasining yuk koʻtarishi

Izoh

YHQ 1-boʻlim 6-bandini 43-tushunchasiga asosan, ruxsat etilgan toʻliq vazn — jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi).

«Umumiy qoidalar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish