Umumiy qoidalar · 61-bilet, 1-savol
Qaysi yoʻl asosiy yoʻl hisoblanadi?
Javob variantlari
- Har bir yoʻnalishda harakatlanish uchun bir boʻlakli yoʻlga nisbatan koʻp boʻlakli qatnov qismi boʻlgan yoʻl
- Tuproqli yoʻlga nisbatan qoplamali yoʻl yoki tegishli belgilar bilan belgilangan yoʻl✓ Toʻgʻri javob
- Uch tomonlama chorrahada tutashib kelgan yoʻlga nisbatan har ikki tomonga davom etuvchi yoʻl
Izoh
YHQ 1-bobi 6-bandi 12-tushunchasiga asosan, asosiy yoʻl — tuproqli yoki shagʻalli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga oʻxshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Umumiy qoidalar» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.



