Umumiy qoidalar · 48-bilet, 5-savol
Agar tuproq yoʻlda bevosita chorraha oldida toʻshamali (qoplamali) yoʻl qismi boʻlsa, bu uni ahamiyati jihatidan kesib oʻtilayotgan yoʻl qismi bilan teng huquqli qiladimi?
Javob variantlari
- Yoʻq✓ Toʻgʻri javob
- Ha
Izoh
YHQ 1-bobi 6-bandi 12-tushunchasiga asosan, asosiy yoʻl — tuproqli yoki shagʻalli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga oʻxshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 - 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh tutashgan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Umumiy qoidalar» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.



