Umumiy qoidalar · 18-bilet, 9-savol
Chorraha bu - ...
Javob variantlari
- Yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi
- Yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi✓ Toʻgʻri javob
- Bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil toʻxtab turish joylari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, korxona va shunga oʻxshashlar)
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, chorraha — yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi. Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoq burilish joylarini tutashtiruvchi tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.
Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.
«Umumiy qoidalar» mavzusidagi boshqa savollar
- Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash - ...
- Avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi nima deb ataladi?
- Quyidagi izoh qaysi atamaga tegishli? Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bogʻliq holda transport vositasi harakatini toʻxtatish
- “Imtiyoz” atamasiga tegishli taʼrifni koʻrsating
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.