Harakat xavfsizligini taʼminlash 2 · 38-bilet, 10-savol

Agar avtomobilning oʻng gʻildiraklari nam qoplamali yoʻl yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi?

Javob variantlari

  1. Avtomobilni tormozlab, yoʻlning qatnov qismiga ohista ravon burish.
  2. Avtomobilni tormozlash va toʻliq toʻxtatish
  3. Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning qatnov qismiga ohista ravon burish✓ Toʻgʻri javob

Izoh

Harakatlanishda avtomobil oʻng gʻildiraklarining yumshoq va nam yoʻl yoqasida chiqishi oʻng va chap gʻildiraklar ilashish koeffisientlarining turlicha boʻlishiga va bu oʻz navbatida avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi. Bunday vaziyatda tezlikni pasaytirmay, yaʼni tormoz tepkisini bosmay rul chambaragini asta burib qatnov qismiga yoʻnaltirish kerak. Ushbu holatda tormozlash ham avtomobilning sirpanishiga olib keladi.

«Harakat xavfsizligini taʼminlash 2» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish