Harakat xavfsizligini taʼminlash 2 · 24-bilet, 10-savol

Balandlikda yoʻl chetida toʻsiq mavjud boʻlganda toʻxtagan avtomobilni joyidan gʻildirab ketishini oldini olish uchun oldingi gʻildiraklarni burib qoʻyish usuli qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan:

Balandlikda yoʻl chetida toʻsiq mavjud boʻlganda toʻxtagan avtomobilni joyidan gʻildirab ketishini oldini…

Javob variantlari

  1. B va C
  2. B va D
  3. A va D
  4. A va C✓ Toʻgʻri javob

Izoh

Gʻildiraklarni shunday burib qoʻyish kerakki, bunda avtomobillar tasodifan yurib ketganda qatnov qismiga chiqib ketmasdan trotuar bordyuriga qadalib qolsin. Belgiga koʻra pastdan yuqoriga qarab yoʻlning koʻtarilishi koʻrsatilgan. A avtomobilining oldingi gʻildiraklari bordyurga qadaladi. C avtomobili ham oldingi gʻildiraklari bilan bordyurga qadalib, yurib keta olmaydi. B avtomobili toʻgʻridan-toʻgʻri qatnov qismiga chiqib ketadi. Orqa gʻildiraklari bordyurga qadalgungacha D avtomobili ham yoʻlga chiqib ketadi, natijada avtomobil yoʻlga koʻndalang boʻlib qolib, harakatlanish boʻlagining bir qismini yopib qoʻyadi. Old gʻildiraklarni A va C avtomobillarining haydovchilari toʻgʻri burib qoʻyganlar.

«Harakat xavfsizligini taʼminlash 2» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish