Harakat xavfsizligini taʼminlash 2 · 46-bilet, 16-savol
Oʻng tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning koʻrsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini taʼminlaydi?
Javob variantlari
- Faqat chap tomondagi rasmda✓ Toʻgʻri javob
- Faqat oʻng tomondagi rasmda
- Ikkisida ham
Izoh
Tor yoʻllarda oʻng tomondagi yondosh xududdan foydalanib qayrilib olishning xavfsiz usuli chapdagi suratda aks ettirilgan. Bunda haydovchi nafaqat oʻz harakatlanish trayektoriyasini, balki oʻzi chiqayotgan boʻlakdagi vaziyatni ham toʻliq nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
«Harakat xavfsizligini taʼminlash 2» mavzusidagi boshqa savollar
- Siz toʻgʻri yoʻlda harakatlanayotib toʻsatdan yoʻlning qisman kichik sirpanchiq qismiga duch keldingiz. Bunda qanday ehtiyot choralarini koʻrasiz?
- Yengil avtomobilning tormoz yoʻli tormoz tizimiga ega boʻlmagan tirkama bilan harakatlanayotganda qanday oʻzgaradi?
- Uzoq davom etadigan keng ravon yoʻlda avtomobilni yuqori tezlikda boshqarganda haydovchiga tezlik qanday qabul qilinadi?
- Yoʻlning qanday qismida harakatlanganda kuchli yonlama shamol xavfi ortadi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.