Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 2-bilet, 8-savol
Ishlamayotgan boshqaruv ruli bilan toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga borishga ruxsat etiladimi?
Javob variantlari
- Harakat xavfsizligini taʼminlovchi tezlikda ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi✓ Toʻgʻri javob
- Qattiq ulagichda shatakka olinganda ruxsat etiladi
Izoh
YHQ 2-bobi 12-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlgan, qorongʻi vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda - old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari boʻlmagan yoki yonmayotgan, yomgʻir, qor yogʻayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- Tibbiyot qutichasi va oʻt oʻchirgich boʻlmagan qanday transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
- Qaysi shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
- M2, M3 toifali avtotransport vositalari shina protektorlari naqshlarining qoldiq balandligi kamida qancha boʻlishi kerak?
- Qanday hollarda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.