Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 43-bilet, 13-savol
Qaysi shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
Javob variantlari
- Ishchi tormoz tizimi samaradorligi talabga javob bermaydi
- Gidravlik tormoz tizimidan suyuqlik oqayotgan boʻlsa
- Kompressor pnevmatik tormoz tizimida oʻrnatilgan bosimni taʼminlay olmagan holatda
- Koʻrsatilgan barcha holatlarda✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 3 – ilovasi 1 – boʻlimning 1.3 va 1.4 – bandlariga asosan, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:
Gidravlik tormoz yurutmasining zichligi (germetikligi) buzulgan boʻlsa.
Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yurutmasining zichligini buzulishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda – 30 daqiqada, ulanganida – 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan koʻpga pasayishiga sabab boʻlsa, gʻildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqayotgan boʻlsa.
YHQ 2 – bobi 12 – bandining uchinchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi ( avtopoyezd tarkibida ) nosoz boʻlgan, qorongʻi vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda – old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari boʻlmagan yoki yonmayotgan, yomgʻir, qor yogʻayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish taqiqlanadi.
Shu bilan barcha koʻrsatilgan shartlar asosida transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- M2, M3 toifali avtotransport vositalari shina protektorlari naqshlarining qoldiq balandligi kamida qancha boʻlishi kerak?
- Qanday hollarda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?
- Sanab oʻtilgan qaysi holatlarda transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
- N2, N3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasida qanday eng katta umumiy lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.