Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 50-bilet, 6-savol
Tibbiyot qutichasi va oʻt oʻchirgich boʻlmagan qanday transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
Javob variantlari
- Faqat «N2, N3» toifali transport vositasi
- Faqat «M2; M3; N1» toifali transport vositasi
- Faqat «M1» toifali transport vositasi
- Hamma sanab oʻtilgan transport vositalaridan✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 3 – ilovasi 7.10 – bandiga asosan: Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan boʻlsa ulardan foydalanish taqiqlanadi:
M2, M3 toifadagi – favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha, tibbiyot qutichasi, 2 ta oʻt oʻchirgich (bittasi haydovchining kabinasida, ikkinchisi – yoʻlovchilar salonida), majburiy toʻxtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet);
M1, N1, N2, N3, toifadagi, mikroavtobus va gʻildirakli traktorlarda tibbiyot qutuchasi, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻxtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet);
M3, N2, N3 toifadagi – oʻzi yurub ketishidan saqlovchi, gʻildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak;
O toifadagi, traktorlar, aravalar va boshqa oʻziyurar mashinalarda – tashqi nur qaytargichlar;
kajavali mototsikllarda – tibbiyot qutuchasi, majburiy toʻxtaganligini bildiruvchi belgi.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi shartlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
- M2, M3 toifali avtotransport vositalari shina protektorlari naqshlarining qoldiq balandligi kamida qancha boʻlishi kerak?
- Qanday hollarda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?
- Sanab oʻtilgan qaysi holatlarda transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.