Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 41-bilet, 12-savol
M2, M3 toifali avtotransport vositalari shina protektorlari naqshlarining qoldiq balandligi kamida qancha boʻlishi kerak?
Javob variantlari
- 1,2 mm.
- 1,6 mm
- 2 mm.✓ Toʻgʻri javob
- 0,8 mm.
- 2,5 mm.
Izoh
YHQ 3 – ilovasi 153 – bandiga asosan:
Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,0 mm dan kam boʻlsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,6 mm dan, kam boʻlsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 2,0 mm dan kam boʻlsa;
Mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar uchun - 0,8 mm dan kam boʻlsa.
Izoh: tirkamalar shinasi naqshlarining qoldiq balandligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan meʼyor kabidir.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- Qanday hollarda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?
- Sanab oʻtilgan qaysi holatlarda transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
- N2, N3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasida qanday eng katta umumiy lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi?
- Yengil avtomobilda tumanga qarshi faralarning nechtasini oʻrnatishga ruxsat etiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.