Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 1-bilet, 1-savol
Qanday hollarda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- Shina oʻlchamlari yoki cheklangan ogʻirlik transport vositasining turiga mos kelmaydi
- M1, M2, M3 toifali 1 klass avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga 1 klassda taʼmirlangan shinalar qoʻyilgan✓ Toʻgʻri javob
- Qoʻshaloq shinalar orasiga xavf-xatar tugʻdiruvchi begona qismlar qisilib, tiqilib qolganda
- Barcha sanab oʻtilgan hollarda ruxsat etiladi
Izoh
YHQ 3-ilovasi 5-boʻlimining 5.7-bandiga asosan, M1, M2, M3 toifadagi I klass avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga (hamda M3 toifadagi II va III klass vositalarning oʻrta va orqa oʻqlariga) ikkinchi taʼmirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilsa — foydalanish taqiqlanadi. Shu sababli birinchi taʼmirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa, foydalanishga ruxsat etiladi. Shina oʻlchami yoki cheklangan ogʻirligi mos kelmasa, shuningdek qoʻshaloq shinalar orasiga begona qismlar tiqilib qolsa — foydalanish taqiqlanadi.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- Sanab oʻtilgan qaysi holatlarda transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
- N2, N3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasida qanday eng katta umumiy lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi?
- Yengil avtomobilda tumanga qarshi faralarning nechtasini oʻrnatishga ruxsat etiladi?
- Transport vositasining bitta oʻqiga har xil naqshli shinalarni oʻrnatishga ruxsat etiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.