1.11.2 yoʻl belgisi «Xavfli burilish»

1.11.2 belgisi nimani anglatadi
Yoʻlning chapga qayrilgan, kichik radiusli yoki koʻrinishi cheklangan burilish joyidan ogohlantiradi.
Qayerda oʻrnatiladi
Aholi punktlarida xavfli joydan 50–100 metr oldin, aholi punktlaridan tashqarida esa 150–300 metr oldin oʻrnatiladi. Zarur hollarda boshqa masofada ham qoʻyilishi mumkin — u holda masofa belgi ostidagi 7.1.1 «Obyektgacha boʻlgan masofa» qoʻshimcha belgisida koʻrsatiladi. Xavfli qismning uzunligi 7.2.1 «Taʼsir oraligʻi» belgisi bilan koʻrsatilishi mumkin.
Haydovchi nima qilishi kerak
- Xavfli burilishlarda, shuningdek koʻrinish masofasi 100 metrdan kam boʻlgan yoʻl doʻngliklari yaqinida toʻxtash taqiqlanadi (YHQ 91-band).
- Yoʻlning koʻrinishi biror yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda qayrilib olish taqiqlanadi (YHQ 62-band).
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Qaysi belgi yoʻlning kichik radiusli burilish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
Toʻgʻri javob: 5
33-bilet, 20-savolni ochishQaysi holda qoidalar ogohlantirish ishorasini berishni talab qilmaydi?
Toʻgʻri javob: «Xavfli burilish» belgisi bilan belgilangan yoʻlning egri burilish joyi oldidan.
36-bilet, 15-savolni ochishQaysi belgi yoʻlning xavfli burilishiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi?
Toʻgʻri javob: 2
52-bilet, 9-savolni ochishQaysi yoʻldan harakatlanishga ruxsat etilgan?
Toʻgʻri javob: A va B
54-bilet, 9-savolni ochish





