Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 36-bilet, 15-savol

Qaysi holda qoidalar ogohlantirish ishorasini berishni talab qilmaydi?

Javob variantlari

  1. Qoʻshni harakat boʻlagiga oʻtish oldidan.
  2. Qatnov qismining chekkasida toʻxtash oldidan
  3. «Xavfli burilish» belgisi bilan belgilangan yoʻlning egri burilish joyi oldidan.✓ Toʻgʻri javob

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 67-bandiga muvofiq:

Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta saflanishdan (boʻlakka oʻtishdan), burilishdan (qayrilib olishdan) va toʻxtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorugʻlik ishoralari (povorotniklar) orqali ogohlantirish ishorasini berishi shart.

«Xavfli burilish» (1.11.1, 1.11.2, 1.12.1, 1.12.2) ogohlantiruvchi belgilari bilan belgilangan yoʻlning egri joylarida haydovchi oʻz harakat boʻlagini oʻzgartirmasdan, yoʻlning oʻzini yoʻnalishi boʻylab ketayotgan boʻlsa, manevr bajarilmayotganligi sababli ogohlantirish ishorasini (povorotnikni) yoqish talab etilmaydi.

Savoldagi belgilar

Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.

«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish