33-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

33-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 33-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Kunning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilgan qismida aholi yashash joylarida harakatlanayotgan mexanik transport vositasida qaysi chiroqlar yoqilgan boʻlishi kerak?

  1. Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari (tumanga qarshi faralar) yoki gabarit chiroqlar
  2. Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari
  3. Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlari yoki gabarit chiroqlar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari

YHQ 23-bobi 135-bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar oʻrniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: yoʻl yoritilgan boʻlsa.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

2-savol. Transport vositasi ushbu taniqlik belgisi bilan belgilanadi:

Transport vositasi ushbu taniqlik belgisi bilan belgilanadi:
  1. Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotgan
  2. Ogʻir vaznli va yirik oʻlchamda
  3. Xavfli yuklar tashiyotgan
  4. Nogiron boshqarayotgan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Xavfli yuklar tashiyotgan

YHQ 29-bobi 176-bandi 7-izohiga asosan, "Xavfli yuk" — xavfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatilgan oʻlchami 690 x 300 millimetr, oʻng qismi 400 x 300 millimetr boʻlgan zargʻaldoq rangli, chap qismi esa yukning xavfli xususiyatini bildirib turgan belgilar tushirilgan qora hoshiyali (kengligi 15 millimetr) oq rangdagi toʻrtburchak shaklidagi belgi.

Mavzu boʻyicha videodars: 42-dars «Tanib belgilari» →

3-savol. Piyodalarga yoʻlni piyodalar oʻtish joyidan tashqarida kesib oʻtishga ruxsat etiladimi?

  1. Ruxsat etiladi
  2. Yoʻlning qatnov qismi chetiga toʻgʻri burchak ostida, uning ikkala tomoni yaxshi koʻrinib turadigan, koʻrinish masofasida oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi boʻlaksiz va toʻsiqsiz yoʻllarda kesib oʻtish ruxsat etiladi.
  3. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻlning qatnov qismi chetiga toʻgʻri burchak ostida, uning ikkala tomoni yaxshi koʻrinib turadigan, koʻrinish masofasida oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi boʻlaksiz va toʻsiqsiz yoʻllarda kesib oʻtish ruxsat etiladi.

YHQ 4-bobi 17-bandiga asosan, piyodalarga koʻrinadigan oraliqda oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va toʻsiqsiz yoʻllardan yoʻlning ikki tomoni yaxshi koʻrinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan toʻgʻri burchak ostida kesib oʻtish ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

4-savol. Oʻtish navbati qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?

Oʻtish navbati qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
  1. Avtobus, motosikl, yuk avtomobili
  2. Motosikl, avtobus, yuk avtomobili
  3. Avtobus, yuk avtomobili, motosikl
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Motosikl, avtobus, yuk avtomobili

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

5-savol. Ushbu belgi...

Ushbu belgi...
  1. Oldinda harakatlanish serqatnovligi haqida ogohlantiradi
  2. Oldinda transport vositalarning tirbandligi haqida ogohlantiradi
  3. Oldinda transport vositalari orasida xavfsiz oraliqni taʼminlash lozimligi haqida ogohlantiradi.
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Oldinda transport vositalarning tirbandligi haqida ogohlantiradi

YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.32 "Tirbandlik". Ushbu yoʻl belgisi vaqtinchalik yoki tasviri oʻzgaradigan holatda tirbandlik hosil boʻlgan yoʻl yoki chorrahaga kirish oldidan yoʻlni yoki chorrahani aylanib oʻtish imkoniyati boʻlgan joyga oʻrnatiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

6-savol. Qaysi rasmdagi haydovchilar toʻxtash qoidasini buzdilar?

Qaysi rasmdagi haydovchilar toʻxtash qoidasini buzdilar?
  1. 3
  2. 1
  3. 1,3
  4. 1,2
  5. 2
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 1,3

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: Toʻxtagan transport vositasi bilan sidirgʻa chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari) Ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

7-savol. Agar pnevmatik yuritmaning zichligi buzilib, kompressor ishlamay turganda boshqaruv asboblarining erkin holatida havo bosimining 30 daqiqada qancha MPa-ga pasayishiga sabab boʻlsa, tormoz tizimi nosoz hisoblanadi?

  1. 0,035
  2. 0,06
  3. 0,05
  4. 0,055
  5. 0,025
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 0,05

YHQ 3-ilovasining 1.4-bandiga muvofiq, agar dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan koʻpga pasayishiga sabab boʻlsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

8-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi qayrilishni toʻgʻri bajaradi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi qayrilishni toʻgʻri bajaradi?
  1. Koʻk avtomobilning haydovchisi
  2. Har ikki haydovchi
  3. Qizil avtomobilning haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Har ikki haydovchi

YHQ 9-bobi 59-bandi muvofiq, chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli boʻlmasa, ushbu manevrni qatnov qismining oʻng chetidan (yoʻlning oʻng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi bir yoʻnalishdagi va qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

9-savol. Oʻzib ketish deb nimaga aytiladi?

  1. Transport vositasining bir yoʻnalishdagi transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi
  2. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan harakat
  3. Kam tezlik bilan qoʻshni qatorda harakatlanayotgan bir yoki bir nechta transport vositasidan oʻzib ketish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Transport vositasining bir yoʻnalishdagi transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi

YHQ 1 – bobi 6 – bandiga asosan: Oʻzib ketish — transport vositasining bir yoʻnalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

10-savol. Ikkita harakat boʻlagi boʻlgan bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda, avtomobilning yoʻlni chap tomonida toʻxtab turishiga ruxsat etiladimi?

Ikkita harakat boʻlagi boʻlgan bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda, avtomobilning yoʻlni chap…
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi

YHQning 13-bob. 88-band 2-xatboshi va 91-band 13-xatboshiga asosan: Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
91. Quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

11-savol. Avtomagistralda ajratuvchi boʻlakning uzilishlariga kirishga ruxsat etiladimi?

  1. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladi
  2. Faqat orqa burilish uchun ruxsat etiladi, toʻla vazni 3,5 t dan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarning haydovchilari bundan mustasno
  3. Taqiqlanadi
  4. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi

YHQ 19-bobi 121-bandi 4-xatboshiga muvofiq, avtomagistrallarda ajratuvchi mintaqaning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 28-dars «Avtomagistrallar» →

12-savol. Yoʻlning sirpanchiq qismida rul chambaragini keskin burganda hosil boʻladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi qanday ehtiyot choralarini koʻrishi kerak?

  1. Tormoz tepkisini bosish
  2. Ilashmani uzish
  3. Rul chambaragini zudlik bilan sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yoʻnalishini toʻgʻrilab olish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Rul chambaragini zudlik bilan sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yoʻnalishini toʻgʻrilab olish

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, Yoʻlning sirpanchiq qismida rul chambaragini keskin burganda hosil boʻladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi, rul chambaragini zudlik bilan, lekin bir tekisda sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yoʻnalishini toʻgʻrilab olish choralarini koʻrishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

13-savol. Belgilardan qaysi biri bevosita yoʻlning xavfli qismi oldiga oʻrnatiladi?

Belgilardan qaysi biri bevosita yoʻlning xavfli qismi oldiga oʻrnatiladi?
  1. 4
  2. 1
  3. 3
  4. 2
  5. 5
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 5

YHQ 1-boʻlimiga muvofiq, 1.3.1 "Bir izli temir yoʻli" belgisi bevosita shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yoʻl kesishmasi oldida oʻrnatiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

14-savol. Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha «yonlama oraliq masofa»ni koʻrsating:

Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha «yonlama oraliq masofa»ni koʻrsating:
  1. Faqat «В»
  2. Faqat «Б»
  3. «А» va «В»
  4. Faqat «А»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. «А» va «В»

Yoʻl harakati qoidalarining 73-bandiga asosan, haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

15-savol. Ushbu belgilaridan qaysilari vaqtinchalik yoʻl belgilari hisoblanadi:

Ushbu belgilaridan qaysilari vaqtinchalik yoʻl belgilari hisoblanadi:
  1. «2» va «3»
  2. «3» va «4»
  3. «1» va «4»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. «2» va «3»

YHQ 1-ilovasi izohiga asosan, ayrim yoʻl belgilari vaqtinchalik sifatida sariq fonda qoʻllanilishi mumkin. Rasmda 2 (kirish taqiqlangan) va 3 (svetofor) belgilari vaqtinchalik (sariq) koʻrinishda berilgan; 4-belgi (asosiy yoʻl) doimiy belgi hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

16-savol. Zanjirli boʻlgan qishloq xoʻjalik, yoʻl qurilishi va mexanik transport vositalariga temir yoʻl kesishmasidan oʻtishga ruxsat etiladimi?

  1. Agar temir yoʻl boshligʻining ruxsati boʻlsa, ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Mexanik transport vositalariga yuklab olib oʻtishga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Mexanik transport vositalariga yuklab olib oʻtishga ruxsat etiladi

YHQ 18-bobi 118-bandi 8-xatboshiga asosan, transport holatiga keltirilmagan qishloq xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni kesishma orqali olib oʻtish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

17-savol. Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuvga qanchadan kam masofa qolganda toʻxtash taqiqlanadi?

  1. 30 metr
  2. 15 metr
  3. 10 metr
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 10 metr

YHQ 13-bobi 91-bandi: Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuvda va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda toʻxtash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

18-savol. Piyodalar oʻtish joyidan tashqarida yoʻlning qatnov qismidan ajratuvchi boʻlak boʻlganda piyodalarning oʻtishlariga ruxsat etiladimi?

  1. Yoʻlning har ikki tomoni koʻrinadigan joylarda ruxsat etiladi
  2. Faqat aholi punktlarida ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi
  4. Faqat aholi punktlaridan tashqarida ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi

YHQ 4-bobi 17-bandi 2-xatboshisiga asosan, piyodalarga koʻrinadigan oraliqda oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va toʻsiqsiz yoʻllardan yoʻlning ikki tomoni yaxshi koʻrinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan toʻgʻri burchak ostida kesib oʻtish ruxsat etiladi. Ajratuvchi mintaqali yoʻllarda taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

19-savol. Davlat YHX xizmatining ruxsatisiz transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz qanday yuqori oʻlchamdagi balandlik bilan harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladi?

  1. 5,0 m
  2. 4,5 m
  3. 4,0 m
  4. 2,5 m
  5. 3,8 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 4,0 m

Gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda balandligi boʻyicha yoʻl sathidan 4 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan holda boʻlishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 37-dars «Yuk tashish» →

20-savol. Qaysi belgi yoʻlning kichik radiusli burilish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?

Qaysi belgi yoʻlning kichik radiusli burilish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
  1. 2
  2. 5
  3. 3
  4. 4
  5. 1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 5

YHQ 1 ilova: 1.11.1, 1.11.2. “Xavfli burilish”. 1.11.1 oʻngga, 1.11.2 - chapga yoʻl belgilari yoʻlning kichik radiusli yoki koʻrinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

33-biletni onlayn yechish

Keyingi: 34-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish