1.1 yoʻl belgisi «Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi»

1.1 belgisi nimani anglatadi
Oldinda shlagbaum bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmasi borligidan ogohlantiradi.
Qayerda oʻrnatiladi
Aholi punktlarida xavfli joydan 50–100 metr oldin, aholi punktlaridan tashqarida esa 150–300 metr oldin oʻrnatiladi. Zarur hollarda boshqa masofada ham qoʻyilishi mumkin — u holda masofa belgi ostidagi 7.1.1 «Obyektgacha boʻlgan masofa» qoʻshimcha belgisida koʻrsatiladi. Xavfli qismning uzunligi 7.2.1 «Taʼsir oraligʻi» belgisi bilan koʻrsatilishi mumkin.
Aholi punktlaridan tashqarida bu belgi takroran oʻrnatiladi: ikkinchi belgi xavfli qism boshlanishiga kamida 50 metr qolganda qoʻyiladi.
Haydovchi nima qilishi kerak
- Temir yoʻl kesishmalarida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda quvib oʻtish taqiqlanadi (YHQ 86-band).
- Temir yoʻl kesishmalarida qayrilib olish taqiqlanadi (YHQ 62-band).
- Kesishmadan keyin tirbandlik boʻlib, haydovchi kesishmaning ustida toʻxtab qolishga majbur boʻlishi mumkin boʻlsa, temir yoʻl kesishmasiga kirish taqiqlanadi (YHQ 118-band).
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Qaysi belgi shlagbaumli temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiradi?
Toʻgʻri javob: 4
43-bilet, 6-savolni ochishBu joyda avtobusni quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
Toʻgʻri javob: Ruxsat etiladi
44-bilet, 15-savolni ochishBu belgilar aholi yashaydigan joylarda xavfli yoʻl qismi boshlanishidan qancha masofada oʻrnatiladi?
Toʻgʻri javob: 50-100 m
53-bilet, 14-savolni ochish





