1.5 yoʻl belgisi «Tramvay yoʻli bilan kesishuv»

1.5 belgisi nimani anglatadi
Oldinda yoʻl tramvay yoʻli bilan kesishishidan ogohlantiradi.
Qayerda oʻrnatiladi
Aholi punktlarida xavfli joydan 50–100 metr oldin, aholi punktlaridan tashqarida esa 150–300 metr oldin oʻrnatiladi. Zarur hollarda boshqa masofada ham qoʻyilishi mumkin — u holda masofa belgi ostidagi 7.1.1 «Obyektgacha boʻlgan masofa» qoʻshimcha belgisida koʻrsatiladi. Xavfli qismning uzunligi 7.2.1 «Taʼsir oraligʻi» belgisi bilan koʻrsatilishi mumkin.
Haydovchi nima qilishi kerak
- Tramvay yoʻllari chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib oʻtadigan joylarda tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega (depodan chiqish joylari bundan mustasno) — YHQ 131-band.
- Teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasida tramvay keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega.





