10-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
10-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 10-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Haydovchilardan qay biri birinchi boʻlib harakatlanish uchun imtiyozga ega?
- Avtomobil haydovchisi
- Motosikl haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Avtomobil haydovchisi
YHQ 16-bobi 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
2-savol. Qaysi belgi qarama-qarshi harakatlanishning ustunligini bildiradi?
- 4
- 1
- 2
- 3
- 5
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 2
YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimi 2.6 belgisiga asosan, "Roʻpara harakatlanishning ustunligi". Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi (toʻsqinlik qilmasligi) kerak.
3-savol. Avtomobilning antiblokirovka tizimi (ABS) burilishda sirpanish va yonga siljishni oldini oladimi?
- Avtomobilni faqat sirpanish ehtimolining oldini oladi
- Avtomobilni faqat yonga siljish ehtimolining oldini oladi
- Avtomobilning sirpanish va yonga tomonga sirpanishini oldini olmaydi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Avtomobilning sirpanish va yonga tomonga sirpanishini oldini olmaydi
Burilish paytida, transport vositasiga markazdan qochma kuch taʼsir qiladi, tezlikni oshishi bilan bu kuch ham oshib, transport vositasini yoʻl egriligining tashqi tomoniga yoʻnaltirishga moyildir. Burilishdan oʻtayotganda transport vositasining sirpanishi yoki surilib ketishi yuqori tezlikdan, tormozlashdan yoki gʻildiraklarning ishqalanish koeffisientining kamligidan kelib chiqadi. Gʻildiraklarning sirpanib tormozlashga qarshi tizimi tormozlanganda gʻildiraklarni birdaniga toʻxtab, qotib qolishini oldini olish uchun xizmat qiladi, u sirpanish yoki surilib ketish ehtimolini kamaytirishi mumkin, ammo ularning paydo boʻlish ehtimolini istisno qilmaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
4-savol. Kunning qorongʻi vaqtida va bulutli ob-havoda roʻparadan kelayotgan avtomobil tezligi qanday tuyuladi?
- Tezlikni qabul qilish oʻzgarmaydi
- Aslidagidan kam tezlikda tuyuladi
- Aslidagidan katta tezlikda tuyuladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Aslidagidan kam tezlikda tuyuladi
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, kunning qorongʻi vaqtida va bulutli ob-havoda roʻparadan kelayotgan avtomobil tezligi aslidagidan kam tezlikda tuyuladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
5-savol. Qaysi transport vositasi oʻngga toʻgʻri burilmoqda?
- Barcha avtomobillar
- Sariq va yashil avtomobil
- Oq va sariq avtomobil
- Qizil va oq avtomobil
- Oq avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 5. Oq avtomobil
YHQning 9-bob. 56-bandiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari yoxud 1.18 yoʻl chizigʻi bilan boshqa harakatlanish tartibi oʻrnatilmagan boʻlsa, qatnov qismining oʻrtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yoʻnalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak.
6-savol. Bu yoʻl belgisi oldinda nima borligidan ogohlantiradi?
- Koʻprik yoki parom kechuvi boʻlmagan suv toʻsiqli yoʻl qismi borligidan
- Yoʻl anhor yoqasiga yoki biror-bir suv havzasining qirgʻogʻiga chiqiladigan joyi borligidan
- Suv toʻsiqli yoʻl qismida ochib qoʻyiladigan koʻprik borligidan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl anhor yoqasiga yoki biror-bir suv havzasining qirgʻogʻiga chiqiladigan joyi borligidan
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.10 belgi "Sohilga chiqish" - daryo yoki suv havzasi qirgʻogʻiga chiqish haqida ogohlantiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
7-savol. Piyodalar turar joy dahasida qayerda harakatlanishlari mumkin?
- Faqat qatnov qismidan
- Faqat trotuarda
- Tratuarda, hamda qatnov qismida
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Tratuarda, hamda qatnov qismida
Yoʻl harakati qoidalarining 123 bandiga asosan, turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yoʻl belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega boʻladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.
8-savol. Piyodalarga qatnov qismidan kesib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Barcha holatda ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi
YHQning 4-bob. 19-band 1-xatboshiga asosan: 19. Tartibga solinmaydigan piyodalar oʻtish joylarida, piyodalar yaqinlashayotgan transport vositalarigacha boʻlgan masofani va ularning tezligini chamalab koʻrib, oʻtish oʻzlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻng qatnov qismi (tramvay bekati)ga chiqishlari ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
9-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
- Avtobus haydovchisi
- Motosikl haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Avtobus haydovchisi
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
10-savol. Burilish vaqtida qatnov qismining kesishmasidan chiqishda transport vositasi qayerda boʻlmasligi kerak?
- Agar bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam boʻlmagan boʻlak boʻlganda, chap boʻlakda
- Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ortiq boʻlgan faqat yuk avtomobillariga bir yoʻnalishdan harakatlanishi uchun ikkita boʻlak boʻlsa, chap boʻlakda
- Qarama-qarshi harakat tomonida
- Chap boʻlakda, agar oʻng boʻlak boʻsh boʻlsa
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Qarama-qarshi harakat tomonida
YHQ 9-bobi 57-bandiga muvofiq, burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakatlanish tomoniga oʻtib ketmasligi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
11-savol. Yoʻl quruq boʻlganda gʻildirak aylanmay, sirpanib tormozlanish tormoz yoʻliga qanday taʼsir etadi?
- Tormoz yoʻli qisqaradi
- Tormoz yoʻli oʻzgarmaydi
- Tormoz yoʻli ortadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Tormoz yoʻli ortadi
Tormoz yoʻlining kamayishiga blokirovka chegarasida erishiladi, chunki blokirovka qilingan gʻildiraklar aylanmay (sirpanib toʻxtash) yoʻlda sirpanadi va tormoz yoʻlini uzaytiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
12-savol. Chorrahaga kirganingizda tartibga soluvchi qoʻlini yuqoriga koʻtardi, sizga harakatlanishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etilmaydi
- Ruxsat etiladi
- Ruxsat etiladi, agarda siz oʻngga buriladigan boʻlsangiz
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi
YHQ 7-bobi 41-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻli yuqoriga koʻtarilganida, haydovchilar transport vositalarini toʻxtash chizigʻi oldida, bunday chiziq boʻlmaganda esa: chorrahaning qatnov qismi bilan kesishgan joyida, boshqa joylarda tartibga soluvchining oldida, harakatlanishiga ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga xalaqit bermagan holda, keskin tormoz bermasdan toʻxtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
13-savol. Chorrahani oxirgi boʻlib kim kesib oʻtadi?
- Koʻk avtomobil
- Yashil avtomobil
- Qizil avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Qizil avtomobil
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
14-savol. Toʻxtash deb nimaga aytiladi?
- Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻxtatish (harakatsiz holatga keltirish)
- Transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻxtatish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻxtatish (harakatsiz holatga keltirish)
YHQning 1-bob. 6-band 65-xatboshiga asosan: toʻxtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻxtatish (harakatsiz holatga keltirish).
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
15-savol. Bunday holatda qaysi haydovchi yoʻl berishi kerak?
- Tramvay haydovchisi
- Avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Avtomobil haydovchisi
YHQning 22-bob. 131-bandiga asosan: 131. Tramvay yoʻllari chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib oʻtadigan joylarda tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega boʻladi (depodan chiqish joylari bundan mustasno).
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
16-savol. Shatakka olingan avtomobilni falokat yorugʻlik ishoralari nosoz boʻlganda transport vositasi qanday belgilanishi kerak?
- Gabarit chiroqlarini yoqish
- Orqa tumanga qarshi chiroqlarini yoqish
- Shatakka olingan transport vositasi orqa tomoniga falokat sababli toʻxtash belgisini oʻrnatish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Shatakka olingan transport vositasi orqa tomoniga falokat sababli toʻxtash belgisini oʻrnatish
Yoʻl harakati qoidalarining 52 bandiga asosan, shatakka olingan mexanik transport vositasida avariya yorugʻlik ishoralari boʻlmasa yoki ular ishlamasa, uning orqa qismiga avariya sababli toʻxtash belgisi oʻrnatilishi kerak.
17-savol. Yoʻlning qanday qismida harakatlanganda kuchli yonlama shamol xavfi ortadi?
- Ochiq joyda harakatlanganda
- Yoʻlning yopiq qismida harakatlanganda
- Yoʻlning yopiq qismidan ochiq qismiga chiqishda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yoʻlning yopiq qismidan ochiq qismiga chiqishda
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yoʻlning yopiq qismidan ochik qismiga chiqishda kuchli yonlama shamol xavfi ortadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
18-savol. Ushbu belgi sanab oʻtilgan yuk avtomobillarining qaysilariga harakatni davom ettirishni taqiqlamaydi?
- Yuk koʻtarish 3,5 t dan ortiq boʻlgan avtomobillarga
- Yukxonasiga qiya oq chiziq tortilgan yuk avtomobillariga
- Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ortiq boʻlgan avtomobillarga
- Xavfli yuk tashiyotgan avtomobillarga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yukxonasiga qiya oq chiziq tortilgan yuk avtomobillariga
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.4 belgi - "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisida cheklangan vazn koʻrsatilmagan boʻlsa, bu belgi toʻla vazni 3,5 tonnadan yuqori boʻlgan barcha yuk avtomobillarining, barcha traktorlarning, oʻzi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlanishini taqiqlaydi. Bu belgi taʼsir oraligʻida yashovchi va ishlovchilarga daxldor emas, shuningdek, bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
19-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
- Avtomobil haydovchisi
- Tramvay haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Avtomobil haydovchisi
YHQ 16-bobi 105-bandiga muvofiq, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
20-savol. Qaysi avtomobilning haydovchisi toʻxtab turish qoidalarini buzmadi?
- Sariq
- Hech qaysisi buzmadi
- Har ikkisi buzgan
- Qizil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Har ikkisi buzgan
YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno) toʻxtash taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
10-biletni onlayn yechish