42-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

42-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 42-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Bu yoʻl chizigʻi nimani bildiradi?

Bu yoʻl chizigʻi nimani bildiradi?
  1. Yoʻllar ostin-ustun oʻtadigan chorrahalarni
  2. Harakatlanish tezligi 40 km/soatgacha cheklangan qismini
  3. Yoʻl inshootlarining harakatdagi transport vositalariga xavf tugʻdiradigan tik boʻlaklarini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yoʻl inshootlarining harakatdagi transport vositalariga xavf tugʻdiradigan tik boʻlaklarini

YHQ 2-ilovasining 2-boʻlimiga asosan, 2.1 tik chizigʻi — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tugʻdiradigan yoʻl inshootlarining tik elementlari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalar, ustunlar va h. k.)ni bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 20-dars «Tik chiziqlar» →

2-savol. N1 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi?

  1. 10 gradus
  2. 30 gradus
  3. 20 gradus
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 20 gradus

Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 2.1 bandiga asosan, boshqaruv qurilmasining lyuft yigʻindisi reglament (qatʼiy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi koʻrsatkichdan katta boʻlmasligi kerak: N1 – 20 daraja.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

3-savol. Haydovchi avtopoezd harakatining eng keng boʻlagini aniqlashda nimani hisobga olishi kerak?

  1. Kengligi boʻyicha transport vositasining oʻlchamlarini, shuningdek tirkamaning chayqalishini hamda uning burilish markaziga siljishini
  2. Faqat kengligi boʻyicha avtopoezdning oʻlchamlarini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Kengligi boʻyicha transport vositasining oʻlchamlarini, shuningdek tirkamaning chayqalishini hamda uning burilish markaziga siljishini

Yakka avtomobil boshqarishning barcha uslublari avtopoyezd uchun qoʻllanilishi mumkin, biroq uning katta vazni va gabaritlari (tashqi oʻlchami) bois bir qator xossalar bor. Avtopoyezd - bu bitta yarim tirkama yoxud bir yoki bir necha tirkamali shatakchi transport vositasidir. Harakat vaqtida tirkama doim shatakchi avtomobilning harakat yoʻlidan chetga siljib turadi va quvib oʻtish hamda qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakat uchun xavf-xatar tugʻdiradi. Avtopoyezdning manevr qilishi yakka avtomobilga nisbatan yomonroq. Burilish vaqtida avtopoyezd burilish markazi tomon siljiyda va avtopoez harakat boʻlagi kengayishini haydovchi inobatga olishi lozim.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

4-savol. Shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochish yoki aylanib oʻtishga ruxsat beriladimi?

  1. Ruxsat beriladi, faqat svetofor oʻchgan boʻlsa
  2. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

YHQ 18-bobi 118-bandi 7-xatboshiga asosan, shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

5-savol. Bu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?

Bu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etiladi

YHQ 1-ilovasining 4–boʻlimidagi 4.1.1 "Harakatlanish toʻgʻriga" belgisi faqat toʻgʻri yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Belgi qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin oʻrnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

6-savol. Bu belgilarning qaysi biri «Bir tomonlama harakatlanish yoʻliga chiqish» ni bildiradi?

Bu belgilarning qaysi biri «Bir tomonlama harakatlanish yoʻliga chiqish» ni bildiradi?
  1. Birinchi va beshinchi
  2. Ikkinchi va toʻrtinchi
  3. Uchinchi va beshinchi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Birinchi va beshinchi

YHQ 1 – ilovasi 5 – boʻlimining sakkizinchi xatboshisiga asosan: 5.7.1, 5.7.2. “Bir tomonlama harakatli yoʻlga chiqish”. Harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻlga yoki qatnov qismiga chiqishni bildiradi.
Bunday holda, birinchi va beshinchi belgilar “Bir tomonlama harakatli yoʻlga chiqish” deb nomlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

7-savol. Qanday hollarda aholi punktlarida tovush moslamalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun
  2. Quvib oʻtishda ogohlantirish uchun
  3. Har ikkala sanab oʻtilgan hollarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun

Yoʻl harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

8-savol. Qaysi javobda "avariya holatini yuzaga keltirish" atamasi taʼrifi toʻgʻri koʻrsatilgan?

  1. Yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini harakat yoʻnalishi yoki tezligini keskin oʻzgartirishga, shuningdek, oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qilish
  2. Yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini harakat yoʻnalishi yoki tezligini keskin oʻzgartirishga, shuningdek, oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qilish

1-bob. 6-band 2-xatboshiga asosan: avariya holatini yuzaga keltirish — yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yoʻnalishi yoki tezligini keskin oʻzgartirishga, shuningdek, oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qilish.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

9-savol. Hamma boʻlaklar band boʻlgan serqatnov harakatlanish vaqtida qayrilib olishga ruxsat beriladimi?

  1. Istalgan paytda ruxsat beriladi
  2. Faqat chorrahalarda ruxsat beriladi
  3. Faqat harakatlanish uchun boʻlaklari uchtadan kam boʻlmagan yoʻllarda ruxsat beriladi
  4. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Istalgan paytda ruxsat beriladi

YHQ 10 – bobi 67 – bandining ikkinchi xatboshiga asosan: Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar oʻzlariga qulay boʻlgan harakatlanish boʻlagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanish qatorini faqat oʻngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, toʻxtash yoki toʻsiqni aylanib oʻtish uchun oʻzgartirishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

10-savol. Ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishini koʻrsating:

Ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishini koʻrsating:
  1. «Б» va «В»
  2. Faqat «Б»
  3. «А» va «Б»
  4. Faqat «В»
  5. Faqat «А»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. «А» va «Б»

YHQ 1-ilovasi 4-boʻlim 5-xatboshiga asosan, 4.1.1. "Harakatlanish toʻgʻriga". Faqat toʻgʻri yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi. YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.27. "Toʻxtash taqiqlangan" belgisi toʻgʻri yoʻlda toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi. 3.31 belgisi 3.27 belgining amal qilish hududini oxirini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

11-savol. Siz roʻparadan yaqinlashayotgan yuk avtomobiliga yoʻl berishingiz kerakmi?

Siz roʻparadan yaqinlashayotgan yuk avtomobiliga yoʻl berishingiz kerakmi?
  1. Ha
  2. Yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻq

Yoʻl harakati qoidalarining 75 bandiga asosan, agar biror toʻsiq sababli qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanish qiyin boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

12-savol. Ushbu belgi qanday nomlanadi?

Ushbu belgi qanday nomlanadi?
  1. Yer usti avtomobil qoʻyish joyi
  2. Toʻxtab turish joyi
  3. Yer osti avtomobil qoʻyish joyi
  4. Pullik toʻxtab turish joyi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Pullik toʻxtab turish joyi

YHQ 1 ilova: 5.15.1. “Pullik toʻxtab turish joyi”.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

13-savol. Sirpanchiq yoʻlda orqa yetakchi avtomobil uchun tormozlashning qaysi usuli xavfsiz toʻxtashni taʼminlaydi?

Sirpanchiq yoʻlda orqa yetakchi avtomobil uchun tormozlashning qaysi usuli xavfsiz toʻxtashni taʼminlaydi?
  1. Ulagichni uzmasdan tormoz tepkisini keskin bosish
  2. Ulagichni uzgan holda tormozlash
  3. Ulagichni uzmasdan tormoz tepkisini koʻplab marta uzuq-uzuq bosish va qoʻyib yuborish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ulagichni uzmasdan tormoz tepkisini koʻplab marta uzuq-uzuq bosish va qoʻyib yuborish

Sirpanchiq yoʻlda toʻxtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmay, dvigatel orqali tormozlanishni qoʻllab va gʻildiraklarning blokirovkasi (aylanmasdan sirpanishi)ga yoʻl qoʻymagan holda toʻxtash lozim.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

14-savol. Bu belgi nimani bildiradi?

Bu belgi nimani bildiradi?
  1. Haydovchi roʻparadan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak
  2. Bir tomonlama harakatli yoʻl qismining tamom boʻlganini bildiradi
  3. Roʻparadan kelayotgan transport vositalariga nisbatan birinchi oʻtish huquqini beradi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Haydovchi roʻparadan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak

YHQ 1-ilovasi 2-boʻlimining oʻninchi xatboshisiga asosan: 2.6. “Roʻpara harakatlanishning ustunligi”. Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

15-savol. Koʻrsatilgan belgi ostidagi qoʻshimcha axborot belgisi qanday maqsadda oʻrnatilgan?

Koʻrsatilgan belgi ostidagi qoʻshimcha axborot belgisi qanday maqsadda oʻrnatilgan?
  1. DYHXX tomonidan harakat jarayoni foto va video kuzatuvi olingan yoʻl qismini bildiradi
  2. Belgining amal qilish hududida foto va video moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. DYHXX tomonidan harakat jarayoni foto va video kuzatuvi olingan yoʻl qismini bildiradi

YHQ 1 – ilovasi 7 – boʻlimining oʻttiz ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.19. “Foto va video qayd etish”. Yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qoʻllaniladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

16-savol. Sizga ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobilida harakatlanish:

Sizga ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobilida harakatlanish:
  1. Faqat toʻgʻriga
  2. Toʻgʻriga va oʻngga
  3. Barcha yoʻnalishlarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat toʻgʻriga

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish toʻgʻriga». Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.4.1 belgiga asosan, «Transport vositasining turi». Belgining taʼsiri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi. 7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga tatbiq etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

17-savol. Bu belgi nimani bildiradi?

Bu belgi nimani bildiradi?
  1. Toʻxtab turish joyiga borishni
  2. Oldinda tirbandlik haqida
  3. Navbat bilan oʻtishni
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Navbat bilan oʻtishni

YHQ 1 ilova: 7.23. “Navbat bilan oʻtish”.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

18-savol. Ushbu joyda avtomobilni toʻxtab turish uchun qoʻyishga ruxsat etiladimi?

Ushbu joyda avtomobilni toʻxtab turish uchun qoʻyishga ruxsat etiladimi?
  1. Yoʻq
  2. Ha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻq

Yoʻl harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: toʻxtagan transport vositasi bilan boʻylama sidirgʻa chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

19-savol. Qaysi avtomobil chorrahadan oxirgi boʻlib oʻtadi?

Qaysi avtomobil chorrahadan oxirgi boʻlib oʻtadi?
  1. Koʻk avtomobil
  2. Qizil avtomobil
  3. Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Qizil avtomobil

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

20-savol. Bu yoʻl belgisi nimani bildiradi?

Bu yoʻl belgisi nimani bildiradi?
  1. Shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yoʻl kesishmasini
  2. Shlagbaum bilan jihozlangan bir izli temir yoʻl kesishmasini
  3. Shlagbaum bilan jihozlanmagan ikki va undan koʻp izli temir yoʻl kesishmasini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Shlagbaum bilan jihozlanmagan ikki va undan koʻp izli temir yoʻl kesishmasini

YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.3.2. "Koʻp izli temir yoʻl" belgisi ikki va undan ortiq izli temir yoʻl belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yoʻl kesishmasi oldida oʻrnatiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

42-biletni onlayn yechish

Keyingi: 43-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish