41-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

41-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 41-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Turar joy dahalarida qanday harakatlar taqiqlangan?

  1. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  2. Faqat oʻquv mashgʻulotlarini bajarish
  3. Faqat dvigatel ishlab turganda toʻxtab turish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Barcha sanab oʻtilgan hollarda

Yoʻl harakati qoidalarining 124 bandiga asosan, turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi: mexanik transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish; dvigateli ishlab turgan holda toʻxtab turish; ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yoʻl belgilari va (yoki) yoʻl chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida toʻxtab turishi.

Mavzu boʻyicha videodars: 29-dars «Turar joy dahalari» →

2-savol. Qanday hollarda toʻxtab turish taqiqlanadi?

  1. Piyodalarning oʻtish joyi oldidan 10 metrdan koʻp qolganda
  2. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  3. Qatnov qismi kesishmasining chekkasidan 30 metrdan koʻp qolganda
  4. Transport vositalarining harakatlanishiga imkon qoldirmaydigan kirishga yoki chiqishga va piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda
  5. Piyodalar oʻtish joyidan keyin 1 metr masofa uzoqlikda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Transport vositalarining harakatlanishiga imkon qoldirmaydigan kirishga yoki chiqishga va piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda

YHQ 13-bob 91-bandiga asosan: Quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;
qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

3-savol. Sanab oʻtilgan qaysi holatlarda transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Motosiklning boshqaruv dempferi nosoz
  2. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  3. M1 toifasidagi transport vositasining rul boshqarmasi lyuft yigʻindisi 10 gradusdan ortiq
  4. Pnevmatik tormoz yuritmasining manometri ishlamaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha sanab oʻtilgan hollarda

YHQ 3-ilovasiga asosan quyidagi holatlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: 1-boʻlimning 1.5-bandiga asosan: Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa. YHQ 3-ilovasi 2-boʻlimining 2.1 va 2.3-bandlariga asosan: Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yigʻindisi reglament (qatʼiy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi koʻrsatkichdan katta boʻlmasligi kerak: M1 – 10 gradus M2, M3, N1 - 20 gradus N2, N3 -25 gradus. Boshqaruv qurilmasining konstruksiyasida koʻzda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi moslama (dempfer) nosoz boʻlsa yoki umuman boʻlmasa.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

4-savol. Qizil avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?

Qizil avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?
  1. Oxirgi boʻlib
  2. Uchinchi boʻlib
  3. Birinchi boʻlib
  4. Ikkinchi boʻlib
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Oxirgi boʻlib

YHQ 15-bobi 99 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan toʻgʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Agar svetoforning ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

5-savol. Mayoqchasi yokilangan transport vositasiga harakatni toʻgʻriga davom ettirishga ruxsat beriladimi?

Mayoqchasi yokilangan transport vositasiga harakatni toʻgʻriga davom ettirishga ruxsat beriladimi?
  1. Ruxsat beriladi
  2. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

25. Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

6-savol. Kunning yorugʻ vaqtida aholi punktlarida quvib oʻtilayotgan transport vositasi haydovchisining eʼtiborini jalb qilish uchun mumkin:

  1. Sanab oʻtilganlarning barchasidan foydalanish
  2. Faqat birgalikda yorugʻlik ishoralari bilan birga tovush signallarini qoʻllash
  3. Faqat yaqinni yorituvchi chiroqni uzoqni yorituvchi chiroqqa qisqa muddat orasida oʻtkazish bilan ishora berish
  4. Tovush signalidan foydalanish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat yaqinni yorituvchi chiroqni uzoqni yorituvchi chiroqqa qisqa muddat orasida oʻtkazish bilan ishora berish

Yoʻl harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yoʻl harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

7-savol. Bu belgilar nimani bildiradi?

Bu belgilar nimani bildiradi?
  1. «Nogiron» taniqlik belgisi boʻlgan avtomobillar uchun 30 m dan keyin toʻxtab turish joyiga kelishini
  2. Motokajavalardan tashqari transport vositalari uchun 30 m li hududdagi toʻxtab turish joyini
  3. «Nogiron» taniqlik belgisi boʻlgan motokajava va avtomobillar uchun 30 m li hududdagi toʻxtab turish joyini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. «Nogiron» taniqlik belgisi boʻlgan motokajava va avtomobillar uchun 30 m li hududdagi toʻxtab turish joyini

YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining beshinchi va oʻttizinchi xatboshilariga asosan: 7.2.1. “Taʼsir oraligʻi”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-koʻrsatkich belgilarining taʼsir oʻraligʻini koʻrsatadi. 7.17. “Nogironlar”. 5.15 belgisi bilan qoʻllaniladi. Toʻxtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

8-savol. Bu xavflilik belgisi qanday nomlanadi?

Bu xavflilik belgisi qanday nomlanadi?
  1. Organik proksidlar
  2. Tez alangalanadigan gazlar va suyuqliklar
  3. Oksidlovchi moddalar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Organik proksidlar

YHQga 4-ILOVA 5.2 bandiga asosan: 5.2 Organik peroksidlar.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

9-savol. Qaysi belgi «T» simon chorrahada harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi?

Qaysi belgi «T» simon chorrahada harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi?
  1. 1
  2. 3
  3. 4
  4. 2
  5. 5
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 2

YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimi 1.31.3. "Burilishning yoʻnalishi" belgisi T-Simon chorrahada yoki yoʻl ayrilishlarida harakatlanish yoʻnalishini, taʼmirlanayotgan yoʻl qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

10-savol. Siz yengil avtomobildan qaysi jihozlar mavjud boʻlmaganda foydalanishingiz mumkin?

  1. Oʻt oʻchirgich
  2. Falokat toʻxtash belgisi
  3. Tibbiy quticha
  4. Gʻildirab ketishga qarshi moslama
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Gʻildirab ketishga qarshi moslama

Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 7.10 bandiga asosan, M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va gʻildirakli traktorlar tibbiyot qutichasi, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻxtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet) bilan jihozlanmagan boʻlsa, foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

11-savol. Avtomobil haydovchisi tormoz pedalini bosganda sirpanib ketishning xavfli oqibatlarini oldini olish uchun majbur:

  1. Ulagich pedalini bosishga
  2. Tormoz pedalini qattiq bosishga
  3. Boshlangan tormoz berishni toʻxtatishga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Boshlangan tormoz berishni toʻxtatishga

Avtomobilning sirpanchiq yoʻlda surilishi orqa gʻildiraklarining blokirovkasi sababli tormozlanishda vujudga keladi. Bu holda birinchi navbatda surilish sababini bartaraf etish, yaʼni boshlangan tormozlanishni toʻxtatish lozim. Keyinchalik rul chambaragini surilish tomon burib, harakat yoʻnalishini toʻgʻrilab olish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

12-savol. M2, M3 toifali avtotransport vositalari shina protektorlari naqshlarining qoldiq balandligi kamida qancha boʻlishi kerak?

  1. 1,2 mm.
  2. 1,6 mm
  3. 2 mm.
  4. 0,8 mm.
  5. 2,5 mm.
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 2 mm.

YHQ 3 – ilovasi 153 – bandiga asosan:
Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,0 mm dan kam boʻlsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,6 mm dan, kam boʻlsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 2,0 mm dan kam boʻlsa;
Mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar uchun - 0,8 mm dan kam boʻlsa.
Izoh: tirkamalar shinasi naqshlarining qoldiq balandligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan meʼyor kabidir.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

13-savol. Koʻrsatilgan vaziyatda yengil avtomobilning haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?

Koʻrsatilgan vaziyatda yengil avtomobilning haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?
  1. Transport vositalariga yoʻl berish, qatnov qismi chetida toʻxtashi
  2. Transport vositalariga toʻsqinlik qilmasligi uchun burilishni tezroq tugallashi
  3. Hovlidan chiqishda piyodani va transport vositalarini oʻtkazib yuborishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Hovlidan chiqishda piyodani va transport vositalarini oʻtkazib yuborishi

YHQ 9-bobi 54-bandiga asosan, haydovchi yondosh hudud(hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi toʻxtab turish joylari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, korxona va shunga oʻxshashlar)dan yoʻlga chiqayotganda unda harakatlanayotgan piyodalar va transport vositalariga, shuningdek, yoʻldan chiqishda harakatlanish yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyodalar va velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

14-savol. Toʻsiq deb nimaga aytiladi?

  1. Yoʻlning qatnov qismida harakatsiz holda boʻlgan jism
  2. Yoʻl harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil
  3. Tirbandlik tufayli qatnov qismida toʻxtab turgan transport vositasi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻlning qatnov qismida harakatsiz holda boʻlgan jism

YHQ umumiy qoidalar: Toʻsiq - yoʻlning qatnov qismida harakatsiz holda boʻlgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraxt va boshqalar).

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

15-savol. Chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi:

Chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi:
  1. Sariq avtomobil
  2. Yashil avtomobil
  3. Qizil avtomobil
  4. Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Qizil avtomobil

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

16-savol. Qaysi belgi transport vositalarining belgida koʻrsatilgandan kam oraliq masofada harakatlanishini taqiqlaydi?

Qaysi belgi transport vositalarining belgida koʻrsatilgandan kam oraliq masofada harakatlanishini taqiqlaydi?
  1. 1
  2. 5
  3. 2
  4. 3
  5. 4
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 3

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.16 belgisiga asosan, "Eng kam oraliq" belgisida koʻrsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

17-savol. Mazkur sharoitda shatakka olishni amalga oshirilishning yoʻl qoʻyilgan eng yuqori tezligi qanday?

Mazkur sharoitda shatakka olishni amalga oshirilishning yoʻl qoʻyilgan eng yuqori tezligi qanday?
  1. 50 km/soat
  2. 80 km/soat
  3. 30 km/soat
  4. 70 km/soat
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 50 km/soat

YHQ 11-bobi 80-bandi 3-xatboshiga asosan, har qanday yoʻllarda mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

18-savol. Ushbu qoʻshimcha axborot belgisi qaysi yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi?

Ushbu qoʻshimcha axborot belgisi qaysi yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi?
  1. 2
  2. 3
  3. 4
  4. 1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 4

YHQ 1 ilova: 5.15.4 “Elektr quvvatlashli avtomobil qoʻyish joyi”.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

19-savol. Shu joyda toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?

Shu joyda toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etiladi

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, quyidagi joylarda toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

20-savol. Qatnov qismi tomonidan yoʻlovchilarning tushishi va chiqishiga qaysi hollarda ruxsat etiladi?

  1. Haydovchining xohishiga koʻra shu shart bilanki, bu xavf-xatardan holi boʻlsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa
  2. Transport vositasi majburiy toʻxtaganda
  3. Trotuar tomondan yoki yoʻl yoqasidan iloji boʻlmasa shu shart bilanki bu hol xavf-xatarsiz boʻlsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Trotuar tomondan yoki yoʻl yoqasidan iloji boʻlmasa shu shart bilanki bu hol xavf-xatarsiz boʻlsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa

YHQ 5-bobining 23-bandi 2-xatboshisiga asosan, yoʻlovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji boʻlmagan hollarda, agar bu harakat xavf tugʻdirmasa yoki boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, yoʻlning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

41-biletni onlayn yechish

Keyingi: 42-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish