35-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

35-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 35-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Transport vositasining haydovchisi, agar svetoforning ruxsat etuvchi yoritgichi yoqilsa-yu, harakat yoʻnalishining qatnov qismidan oʻtishga ulgurmagan piyodalar boʻlsa, nima qilishi kerak?

  1. Mazkur yoʻnalishning qatnov qismidan piyodalarning oʻtib olishiga imkon berishi
  2. Tezlikni kamaytirishi, tovush ishorasini berishi va eng kam tezlik bilan piyodalarning oʻtish joyidan oʻtishi
  3. Tovush ishorasini berishi va tezlikni kamaytirmay piyodalarning oʻtish joyidan oʻtishi
  4. Ehtiyotkorlik choralariga rioya etgan holda piyodalarning oʻtish joyidan oʻtishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Mazkur yoʻnalishning qatnov qismidan piyodalarning oʻtib olishiga imkon berishi

YHQ 15-bobi 103-bandiga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yoʻnalishda oʻtishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →

2-savol. Piyodalar yoʻlkasi - bu...

  1. Qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻl qismi
  2. Yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi
  3. Yoʻl qatnov qismining piyodalar kesib oʻtishi uchun moʻljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yoʻl belgilari va 1.14.1-1.14.3 yoʻl chiziqlari bilan ajratilgan boʻlagi.
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi

Yoʻl harakati qoidalarining 6-bandiga asosan, piyodalar yoʻlkasi — piyodalarning harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yoʻl belgisi bilan belgilangan alohida yoʻl yoki sunʼiy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

3-savol. Qaysi belgi chapga burilishga ruxsat etadi?

Qaysi belgi chapga burilishga ruxsat etadi?
  1. 3
  2. 1
  3. 4
  4. 5
  5. 2
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 3

YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining yigirma uchinchi xatboshisiga asosan: 3.19. “Qayrilish taqiqlangan”. Izoh. 3.19 - belgisi qaysi kesishmaga oʻrnatilsa faqat shu kesishmaga taalluqli boʻlib, chapga burilishni taqiqlamaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

4-savol. Furgon yukxonada odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Agar ularning tuzilishi odamlarni tashishga moslashtirilgan boʻlsa, ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Agar ularning tuzilishi odamlarni tashishga moslashtirilgan boʻlsa, ruxsat etiladi

YHQ 26-bobi 159-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun moʻljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 36-dars «Odam tashish» →

5-savol. Qanday hollarda sizga 50 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlangan?

Qanday hollarda sizga 50 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlangan?
  1. Faqat qatnov qismi nam boʻlsa
  2. Har qanday holatda ham
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat qatnov qismi nam boʻlsa

YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.16 belgiga asosan, «Nam qoplama». Belgi qatnov qismining qoplamasi nam boʻlgan vaqtda taʼsir etishini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

6-savol. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
  1. Tramvay, avtobus, avtomobil
  2. Avtobus, tramvay, avtomobil
  3. Tramvay, avtomobil va avtobus bir vaqtda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Tramvay, avtomobil va avtobus bir vaqtda

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

7-savol. Ishchi tormozi toʻsatdan ishlamay qolganda avtomobilni qanday toʻxtatish kerak?

Ishchi tormozi toʻsatdan ishlamay qolganda avtomobilni qanday toʻxtatish kerak?
  1. Eng past uzatmaga oʻtish, toʻxtab turish tormozi bilan tormozlash. Zarur boʻlganda biron-bir toʻsiqdan foydalanish
  2. Ulagichni ajratish va toʻxtab turish tormozi bilan keskin tormozlash
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Eng past uzatmaga oʻtish, toʻxtab turish tormozi bilan tormozlash. Zarur boʻlganda biron-bir toʻsiqdan foydalanish

Ishlayotgan tormozning birdan ishdan chiqishi holati alomatlari koʻp: avtomobil tezligi, toʻxtab turish tormozining ishlash qobiliyati, harakat oqimining zichligi, yoʻl kengligi, piyodalar, koʻkalamzorlashtirilgan joylar, qurilayotgan imoratlarning zichligi, qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan transport vositalarining zichligi va boshqalar. Shuningdek, koʻpgina toʻxtamlarga kelish mumkin. "Tormoz ishlamay qolganda nima qilish kerak?"degan savolga barcha holatlarga toʻgʻri keladigan javob berib boʻlmaydi. Shunday qilib, xavfli vaziyatda eng asosiy narsa bu: oʻziga ishonish va osoyishtalikni saqlash; kelib chiqqan holatni tezda baholash; inson hayotiga xavf-xatar solmaydigan va ziyon yetkazmaydigan qaror qabul qilish va qabul qilingan qarorni amalga oshirayotgan vaqtda vaziyatning oʻzgarishi natijasida taktikani oʻzgartirishga tayyor turish.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

8-savol. Transport vositalaridan foydalanish va texnik holatiga javobgar mansabdor shaxslar majbur:

  1. Barcha sanab oʻtilganlarni bajarishga
  2. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan transport vositalarini yoʻlga chiqarmaslikka
  3. Texnik holati va jihozlari qoidalarning talablariga mos kelmaydigan transport vositalarini yoʻlga chiqarmaslikka
  4. Belgilangan muddatda tibbiyot koʻrigidan oʻtmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yoʻl qoʻymaslikka
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Barcha sanab oʻtilganlarni bajarishga

YHQ 29-bobi 180-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan, transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: texnik nosoz, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki davriy davlat texnik koʻrigidan oʻtkazilmaganligi tufayli foydalanish taqiqlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish;
mastlik (giyohvand moddalar, alkagol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan, belgilangan muddatda tibbiy koʻrikdan oʻtmagan, transport vositalari egalarining Fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi boʻlmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qoʻyish.

Mavzu boʻyicha videodars: 42-dars «Tanib belgilari» →

9-savol. Ushbu holatda qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?

Ushbu holatda qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?
  1. Yengil avtomobil
  2. Avtobus
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Avtobus

Yoʻl harakati qoidalarining 133 bandiga asosan, haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari oʻzlariga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
Yoʻnalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yoʻlovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yoʻnalishli taksilar bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →

10-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli kesishmaga toʻgʻri chiqadi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli kesishmaga toʻgʻri chiqadi?
  1. Faqat avtobusning haydovchisi
  2. Faqat yengil avtomobilning haydovchisi
  3. Ikki haydovchi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ikki haydovchi

YHQ 9-bobi 56-bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

11-savol. Harakatlanishga ruxsat berilgan:

Harakatlanishga ruxsat berilgan:
  1. Qizil va sariq avtomobilga
  2. Qizil, sariq va yashil avtomobilga
  3. Qizil, koʻk, yashil va sariq avtomobilga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Qizil va sariq avtomobilga

Yoʻl harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: Qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Ushbu vaziyatda qizil va sariq avtomobillarga harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

12-savol. Qayta tizilish oldidan ogohlantiruvchi ishora qachon berilishi kerak?

  1. Manevrni bajarishni boshlagandan soʻng zudlik bilan
  2. Bevosita manevrni bajarishni boshlash oldidan
  3. Manevrni bajarishni boshlamasidan oldinroq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Manevrni bajarishni boshlamasidan oldinroq

YHQ 8-bobi 46-bandiga muvofiq, burilish koʻrsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manevrni bajarishdan oldinroq berilishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

13-savol. Siz balandlikda svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutib toʻxtadingiz. Bunda avtomobilni joyida toʻxtab turishning eng yaxshi usuli:

  1. Toʻxtab turish tormozi bilan
  2. Ishchi tormoz bilan
  3. Birinchi uzatma ulangan holda ulagichni joydan jimlay aylantirish hisobiga
  4. Yurgizgich oʻchirilib, past uzatma ulangan holda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Toʻxtab turish tormozi bilan

Ishchi (asosiy) tormoz avtomobil harakatlanishi vaqtida doimiy foydalanishga moʻljallangan va haydovchiga avtomobil harakatini har xil intensivlikda sekinlashtirish yoki uni toʻxtatish uchun xizmat qiladi. Toʻxtab turish tormozi avtomobilni uzoq muddatli toʻxtash yoki toʻxtab turish vaqtida oʻz – oʻzidan harakatlanib ketishidan saqlab qolish uchun moʻljallangan.

Balandlikda svetoforning ruxsat etuvchi ishorasini kutib toʻxtaganda, avtomobilni joyidan jimlay ushlab turishning eng yaxshi usuli, toʻxtab turish tormozi (“qoʻl tormozi”) hisoblanadi. Chunki, bu avtomobilning orqaga harakatlanib ketishining xavfini kamaytiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

14-savol. Arterial qon kelish alomatlarini koʻrsating

  1. Qon tomirlaridan pushti rangli kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi
  2. Qon tomirlaridan toʻq qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi
  3. Mayda qon tomirlaridan ichki aʼzolarga qonning oqib chiqishi kuzatiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Qon tomirlaridan pushti rangli kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi

Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, arterial qon ketish alomatlari, qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqishi hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

15-savol. Transport vositasining bitta oʻqiga har xil naqshli shinalarni oʻrnatishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Oldingi yetakchi koʻprikli avtomobilning faqat orqa oʻqiga ruxsat etiladi
  3. Faqat oldingi oʻqiga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 3-ilovasining 5.5-bandiga muvofiq, agar transport vositasining bitta oʻqiga har xil oʻlchamli va konstruktsiyali (dioganal va radial, kamerali va kamerasiz), har xil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

16-savol. Navbatchining haydovchiga qaratilgan qaysi holati temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanishni taqiqlovchi ishora hisoblanadi?

  1. Haydovchiga chap yoki oʻng elkasini oʻgirib, tayoqchani (qizil bayroqni) boshidan yuqori koʻtarib turish
  2. Istalgan elkasi yoki koʻkragini oʻgirib, tayoqchani (qizil bayroqni) boshidan yuqori koʻtarib turishi
  3. Koʻkragini yoki orqasini oʻgirib, tayoqchani (qizil bayroqni) boshidan yuqori koʻtarib turishi yoki qoʻllarini yoniga uzatib turishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Koʻkragini yoki orqasini oʻgirib, tayoqchani (qizil bayroqni) boshidan yuqori koʻtarib turishi yoki qoʻllarini yoniga uzatib turishi

YHQ 18-bobi 118-bandi 3-xatboshiga asosan, kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchiga oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga koʻtarib tursa yoki qoʻllarini yonga uzatsa) temir yoʻl kesishmasiga kirish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

17-savol. Qaysi yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Qaysi yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanadi?
  1. Oʻngga, chapga va orqaga qayrilib olishga
  2. Faqat chapga
  3. Chapga va orqaga qayrilib olishga
  4. Faqat toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Faqat toʻgʻriga

YHQ 1 ilova: 4.1.6.“Harakatlanish oʻngga yoki chapga”.
Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 - 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin).
4.1.1 - 4.1.6 belgilarining taʼsiri yoʻnalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi.
4.1.1 - 4.1.6 yoʻl belgiları qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin oʻrnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi.
Yoʻning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisi taʼsiri yangi chorrahalarda joriy qilinadi.
Belgi oʻng tomonida joylashgan hovlilarga va chap tomondan boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

18-savol. Qaysi transport vositasiga harakatlanish ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositasiga harakatlanish ruxsat etiladi?
  1. Yuk avtomobiliga
  2. Avtobusga
  3. Yengil va yuk avtomobillariga
  4. Yengil avtomobilga
  5. Motosiklga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Yengil avtomobilga

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

19-savol. Haydovchi yoʻl-transport hodisasida shikastlangan transport vositasini shatakka olish uchun yuk avtomobilini ichki ishlar organi xodimi ixtiyoriga qanday holda berishi kerak?

  1. Faqat shu holdaki, agar shatakka olish yoʻl-yoʻlakay yoʻnalishda amalga oshirilsa
  2. Haydovchining istagi boʻyicha
  3. Har qanday holda, fuqarolarga tegishli transport vositalaridan tashqari
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Har qanday holda, fuqarolarga tegishli transport vositalaridan tashqari

Qoidalarga koʻra, haydovchi oʻz transport vositasini ichki ishlar organi xodimi ixtiyoriga (jumladan, yoʻl-transport hodisasida shikastlangan transport vositasini shatakka olish uchun) har qanday holda berishi shart, fuqarolarga tegishli transport vositalari bundan mustasno.

Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →

20-savol. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadi:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadi:
  1. Koʻk, yashil, qizil
  2. Qizil, koʻk, yashil
  3. Yashil, qizil, koʻk
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Qizil, koʻk, yashil

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

35-biletni onlayn yechish

Keyingi: 36-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish