31-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
31-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 31-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Majburiy toʻxtagan haydovchi qanday choralar koʻrishi kerak?
- Falokat yorugʻlik ishoralari yoqishi, agar u yoʻq yoki nosoz boʻlsa, falokat sababli toʻxtash belgisi aholi punktlarida transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa 30 metrdan kam boʻlmasligi masofasida oʻrnatishi kerak
- Yaqinni yorituvchi faralar yoki tumanga qarshi faralarni yoqishi kerak
- Yurgizgich kapotini koʻtarib qoʻyishi kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Falokat yorugʻlik ishoralari yoqishi, agar u yoʻq yoki nosoz boʻlsa, falokat sababli toʻxtash belgisi aholi punktlarida transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa 30 metrdan kam boʻlmasligi masofasida oʻrnatishi kerak
YHQ 8-bobi 50 - va 51 - bandlariga muvofiq, toʻxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻxtalganda avariya yorugʻlik ishorasi yoqilishi kerak, agar u ishlamasa avariya toʻxtash belgisini (miltillovchi qizil chiroq) darhol oʻrnatish kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
2-savol. Quyidagi yoʻl belgilaridan qaysilari qoʻshimcha axborot belgilari hisoblanadi?
- 1 va 2 belgilar
- 2 va 3 belgilar
- Barcha belgilar
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 2 va 3 belgilar
YHQga 1-ILOVA 7.2.1 va 7.5.4 bandlariga asosan: 7.2.1. «Taʼsir oraligʻi». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-koʻrsatkich belgilarining taʼsir oraligʻini koʻrsatadi.
7.5.4. «Amal qilish vaqti». Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni koʻrsatadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
3-savol. Xizmat vazifasini bajarayotganda shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochishga yoki uni aylanib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Taqiqlanadi
- Agar yaqinlashib kelayotgan poezd yoʻq boʻlsa, haydovchining ixtiyoriga qarab ruxsat etiladi
- Ruxsat etiladi
- Temir yoʻl kesishmasi navbatchisi boʻlmagan holdagina ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi
YHQ 18-bobi 118-bandi 7-xatboshiga asosan, shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →
4-savol. Harakatlanish mumkin boʻlgan yoʻnalish qaysi rasmda koʻrsatilgan?
- Chapdagi rasmda
- Oʻngdagi rasmda
- Oʻrtadagi va oʻngdagi rasmda
- Pastdagi rasmda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Oʻngdagi rasmda
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.19 "Qayrilish taqiqlangan" belgisida faqat qayrilish taqiqlanadi.
5-savol. Bu yerda quvib oʻtishga ruxsat beriladimi?
- Taqiqlanadi
- Ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi
YHQ 12-bobi 86-bandi 6-xatboshiga asosan, tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida quvib oʻtish taqiqlanadi.
6-savol. Qaysi transport vositalariga bu belgi oʻrnatilgan yoʻl boʻylab harakatlanishga ruxsat etilgan?
- Avtomobillarga, avtobuslarga va motosikllarga
- Yuqori tezligi 40 km/soat dan kam boʻlmagan transport vositalariga
- Barcha transport vositalariga
- Mexanik transport vositalariga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Avtomobillarga, avtobuslarga va motosikllarga
YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining toʻrtinchi xatboshisiga asosan: 5.3. “Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl”. Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻlni bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
7-savol. Chorrahadagi uzuq-uzuq chiziqlar nimani bildiradi?
- Majburiy harakatni
- Chorrahada harakatlanish boʻlagining chegarasini
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Chorrahada harakatlanish boʻlagining chegarasini
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimiga asosan, 1.7 yotiq chizigʻi – (har bir chizigʻi qisqa va oralari shu chiziqlar boʻyiga teng boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) – chorrahadagi harakatlanish tasmalarini bildiradi. 1.7 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
8-savol. Turar joy dahalarida eng katta tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi:
- 30 km/soat
- 20 km/soat
- 5 km/soat
- 40 km/soat
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 20 km/soat
YHQ 11 – bob 78 – bandiga asosan: Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetmasdan va oʻtib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
9-savol. Ushbu belgi nimani bildiradi?
- Tik nishablik
- Tik balandlik
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Tik balandlik
YHQga 1-ILOVA 1.14 bandiga asosan: 1.14. «Tik balandlik».
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
10-savol. Koʻk avtomobil qaysi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Faqat toʻgʻriga
- Toʻgʻriga va chapga
- Toʻgʻriga va qayrilishga
- Barcha yoʻnalishlarga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Faqat toʻgʻriga
YHQga 1-ILOVA 4.1.1 bandi va 4.Buyuruvchi belgilarning 10-xatboshiga asosan: 4.1.1. "Harakatlanish toʻgʻriga". 4.1.1 — 4.1.6 yoʻl belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin oʻrnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
11-savol. Koʻrsatilgan qaysi belgilar faqat shu oʻrnatilgan boʻlakka oʻz taʼsirini qiladi?
- «Б» va «В»
- Faqat «Б»
- Faqat «А»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Faqat «А»
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.14 belgiga asosan, «Harakatlanish tasmasi». Belgi yoki svetofor taʼsiridagi harakatlanish tasmasini koʻrsatadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
12-savol. Trotuar va piyodalar yoʻlkasi boʻlmaganda bolalar guruhini yoʻlda qanday tartibda olib yurish mumkin?
- Yoʻl yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi
- Qatnov qismi chetidan katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yoʻl yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi
Yoʻl harakati qoidalarining 16 bandi 3 xatboshiga asosan, bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yoʻlkalaridangina, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan faqat sutkaning yorugʻ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →
13-savol. Qaysi transport vositasi qoidani buzmoqda?
- Har ikkalasi buzdi
- Har ikkalasi buzmadi
- Oq buzdi
- Yashil buzdi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Har ikkalasi buzdi
YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 5.11.1 bandiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi;
1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
5.11.1. «Qayrilib olish joyi». Chapga burilish taqiqlanadi.
14-savol. Agar haydovchi transport vositasining eshigini ochishga va undan chiqishga qaror qilsa, unga nima taqiqlanadi?
- Turgan transport vositasining eshigini ochish taqiqlanadi; agar bu xavf tugʻdirsa va harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bersa
- Harakatlanish serqatnov boʻlgan yoʻllarda haydovchi eshigini ochish taqiqlanadi. Oʻz joyidan yoʻlovchi eshigi orqali chiqadi
- Harakatlanish serqatnov boʻlgan yoʻllarda turgan transport vositasining eshigini ochish taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Turgan transport vositasining eshigini ochish taqiqlanadi; agar bu xavf tugʻdirsa va harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bersa
YHQ 13-bobi 94-bandiga muvofiq, agar yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit beradigan boʻlsa yoki xavf tugʻdirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi (haydovchilar va yoʻlovchilar uchun ham).
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
15-savol. Aholi punktlarida avtobus yoki trolleybus haydovchisi harakatni bekatdan boshlaydi. U:
- Uni aylanib oʻtayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak
- Imtiyozidan foydalanib, belgilangan yoʻnalishda harakatni boshlashi kerak
- Unga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilgach harakatni boshlashi kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Unga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilgach harakatni boshlashi kerak
YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan: Haydovchilar aholi yashash joylarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari oʻzlariga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
16-savol. Yaltirovchi koʻk mayoqcha va unga qoʻshimcha maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositasi sizga yaqinlashib kelmoqda. Siz shunday transport vositasiga qarshi harakatlanayotgan boʻlsangiz; nima qilishingiz lozim?
- Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga xalaqit bermasdan yoʻl chetidan harakatlanish
- Yoʻl yoqasida yoki qatnov qismining chetida toʻxtash
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga xalaqit bermasdan yoʻl chetidan harakatlanish
YHQ 6 – bobi 26 – bandiga asosan: Haydovchilar koʻk yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan transport vositalariga toʻsiqsiz oʻtib ketishlari uchun yoʻl berishlari shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 32-dars «Maxsus transport: signal va mayoqchalar» →
17-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish huquqiga ega?
- Avtobus haydovchisi
- Yuk avtomobili haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yuk avtomobili haydovchisi
YHQ 1-ilovasi 2-boʻlimi 2.6 belgisi, "Roʻpara harakatning ustunligi" qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirishga taqiqlaydi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak. 2.7 belgisi esa, "Roʻparadagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz". Yoʻlning tor qismida harakatlanishda haydovchi roʻparadan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.
18-savol. Qanday holatlarda tashilayotgan yuk ishora taxtachalari yoki bayroqchalar bilan, kunning qorongʻi vaqtida, yetarli koʻrinmaydigan sharoitlarda esa yorugʻlik qaytargich yoki chiroqlar bilan belgilanadi?
- Yuk transport vositasining oʻlchamidan orqada 0,8 m chiqib qolganda
- Yuk transport vositasining oʻlchamidan oldinda yoki orqada 1 m dan koʻp chiqib qolganda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yuk transport vositasining oʻlchamidan oldinda yoki orqada 1 m dan koʻp chiqib qolganda
YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta oʻlchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa bunga qoʻshimcha ravishda old oq chiroq yoki yorugʻlik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorugʻlik qaytargich bilan belgilanishi kerak.
19-savol. Qanday hollarda quvib oʻtish taqiqlanadi?
- Tartibga solinmagan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda
- Tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarda
- Tartibga solingan chorrahalarda
- Sanab oʻtilgan barcha hollarda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Sanab oʻtilgan barcha hollarda
YHQ 12-bobi 86-bandiga asosan, quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solingan chorrahalarda, tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda, koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida, piyodalar oʻtish joylarida, temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda, quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini, tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida, 3.20 va 3.22 yoʻl belgilari taʼsir oraligʻida.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
20-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish ustunligiga ega?
- Yoʻl xizmati mashinasining haydovchisi
- Yengil avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yengil avtomobil haydovchisi
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. YHQ 6-bobi 28-bandiga asosan, yoqilgan zargʻaldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
31-biletni onlayn yechish