20-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

20-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 20-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Tormoz tizimiga ega boʻlmagan tirkama bilan harakatlanayotganda yengil avtomobilni tormoz yoʻli qanday oʻzgaradi?

  1. Tormoz yoʻli uzayadi
  2. Tirkama qoʻshimcha qarshilikka ega boʻlgani uchun tormoz yoʻli kamayadi
  3. Tormoz yoʻli oʻzgarmaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Tormoz yoʻli uzayadi

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, tormoz tizimiga ega boʻlmagan tirkama bilan harakatlanayotganda yengil avtomobilning tormoz yoʻli, tirkamaning qoʻshimcha inersiya kuchi hisobiga uzayadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

2-savol. Agar yoʻlda bu belgi oʻrnatilgan boʻlsa, avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Agar yoʻlda bu belgi oʻrnatilgan boʻlsa, avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
  1. Har qanday ulagichda ruxsat etiladi
  2. Faqat yengil avtomobillarga ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi
  4. Qattiq ulagichda ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.7 belgi talabiga asosan, "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan". Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi Tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

3-savol. Aholi punktlariga tegishli yoʻl harakati qoidalari qayerdan boshlanadi?

  1. Yoʻl yuzidagi qurilma va inshootlardan boshlab
  2. Aholi punkti nomini koʻrsatuvchi oq rangli 5.22 yoki havorang 5.24 belgidan boshlab
  3. Aholi punkti nomini koʻrsatuvchi oq rangli 5.22 yoʻl belgisidan boshlab
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Aholi punkti nomini koʻrsatuvchi oq rangli 5.22 yoʻl belgisidan boshlab

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.22 belgiga asosan, «Aholi punktining boshlanishi». Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

4-savol. Tartibga solinmagan chorrahada qaysi belgi albatta toʻxtashni talab qiladi?

Tartibga solinmagan chorrahada qaysi belgi albatta toʻxtashni talab qiladi?
  1. Faqat A
  2. Faqat B
  3. Hammasi
  4. B va C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat B

YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimidagi 2.5 belgiga asosan, «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan». Toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻxtashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

5-savol. Chorrahani ikkinchi boʻlib kim kesib oʻtadi?

Chorrahani ikkinchi boʻlib kim kesib oʻtadi?
  1. Qizil avtomobil
  2. Koʻk avtomobil
  3. Yashil avtomobil
  4. Sariq avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Qizil avtomobil

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

6-savol. Bir tirkamali avtopoezdning qanday eng katta uzunligida DYHXX ruxsatisiz harakatlanishga yoʻl qoʻyiladi?

  1. 20 m
  2. 16 m
  3. 22 m
  4. 18 m
  5. 24 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 20 m

Gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda, uzunligi boʻyicha – 20 metrdan ortiq boʻlgan tirkamali avtopoezdlarning harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan boʻlishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 37-dars «Yuk tashish» →

7-savol. Tos suyaklari singanda birinchi yordam qanday koʻrsatiladi?

  1. Zararlangan joyni qattiq bogʻlash, shikastlanganni yarim oʻtirgan holatga keltirish
  2. Shikastlanganni qattiq tekis yuzaga yotqizish, bukilgan va ikki tomonga kerilgan tizzalarining boʻgʻinlari ostiga gʻoʻla shaklida oʻram qoʻyish
  3. Shikastlanganni qattiq yuzaga orqasi bilan yotqizish, zararlangan joylarga qaynoq isitgich qoʻyish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Shikastlanganni qattiq tekis yuzaga yotqizish, bukilgan va ikki tomonga kerilgan tizzalarining boʻgʻinlari ostiga gʻoʻla shaklida oʻram qoʻyish

Tos suyagi singanda jabrlanuvchi tekislikka yotqiziladi, oyoqlarni tizzalarida bukib, tagiga valik qoʻyiladi. Shu holatda jabrlanuvchi davolash muassasasiga olib boriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

8-savol. Koʻrsatilgan yoʻl belgisi qaysi transport vositalariga harakatlanishni taqiqlaydi?

Koʻrsatilgan yoʻl belgisi qaysi transport vositalariga harakatlanishni taqiqlaydi?
  1. Barcha mexanik transport vositalariga
  2. Faqat yuk avtomobillariga
  3. Barcha avtomobillarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Barcha mexanik transport vositalariga

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.3 "Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositalarining (mopeddan tashqari), hamda barcha traktorlarning va oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

9-savol. Chorrahadan oʻtish navbatini koʻrsating:

Chorrahadan oʻtish navbatini koʻrsating:
  1. Velosiped, oq avtomobil, qizil avtomobil
  2. Qizil avtomobil, oq avtomobil, velosiped
  3. Velosiped, qizil avtomobil, oq avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Velosiped, oq avtomobil, qizil avtomobil

YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi va 107-bandga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.
107. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 14-dars «Chorraha: asosiy yoʻl toʻgʻri» →

10-savol. Ushbu yoʻl belgisi qanday nomlanadi?

Ushbu yoʻl belgisi qanday nomlanadi?
  1. Katta oʻlchamli yuklarni tashish taqiqlangan
  2. Yuk avtomobillari bilan quvib oʻtish taqiqlangan
  3. Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakatlanishi taqiqlangan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakatlanishi taqiqlangan

YHQ, 1 ilova 3.32: “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

11-savol. Shatakka olib harakatlanishingiz mumkin:

Shatakka olib harakatlanishingiz mumkin:
  1. Faqat «А» yoʻnalishi boʻyicha
  2. Faqat «Б» yoʻnalish boʻyicha
  3. Koʻrsatilgan barcha yoʻnalish boʻyicha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat «А» yoʻnalishi boʻyicha

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.7 "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi" belgisiga muvofiq, yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

12-savol. M2 toifali avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi

  1. 3,25 gradus
  2. 10 gradus
  3. 20 gradus
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 20 gradus

YHQ 3-ilovasining 2.1-bandiga muvofiq, M2 toifa avtotransport vositasining boshqaruv qurilmasidagi lyuft yigʻindisi reglament (qatʼiy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda 20 gradusdan katta boʻlmasligi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

13-savol. Oʻquv muddati yakunida “A” toifadagi mototransport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlish uchun necha yoshga toʻlgan shaxslarga imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi?

Oʻquv muddati yakunida “A” toifadagi mototransport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlish uchun necha…
  1. 18 yoshga
  2. 14 yoshga
  3. 15 yoshga
  4. 17 yoshga
  5. 16 yoshga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 16 yoshga

YHQning 25-bob. 149-band 2-xatboshiga asosan: 149. Transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlishi uchun oʻrganuvchi oʻquv muddati yakunida:
«A» toifasi uchun — 16 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 35-dars «Oʻquv haydash» →

14-savol. Aholi punktlarida «Falokat» toʻxtash belgisi yoki miltillovchi qizil chiroq mexanik transport vositasidan kamida qanday masofada qoʻyilishi kerak?

  1. 15 m
  2. 30 m
  3. 40 m
  4. 10 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 15 m

YHQ 8-bobi 51-bandiga asosan: Transport vositasi toʻsatdan toʻxtab qolganda, zudlik bilan avariya yorugʻlik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli toʻxtash belgisini darhol oʻrnatish kerak. Avariya sababli toʻxtash belgisi quyidagi hollarda qoʻllaniladi: Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda; toʻxtash taqiqlangan joylarda va koʻrinishi cheklangan joylarda majburiy toʻxtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida oʻz vaqtida ogohlantirish imkoni beradigan masofada oʻrnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam boʻlmasligi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

15-savol. Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?

Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?
  1. 2 ta
  2. 1 ta
  3. 3 ta
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 3 ta

YHQning 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: 64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻxtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

16-savol. Kim yoʻl berishi kerak?

Kim yoʻl berishi kerak?
  1. Yuk avtomobil haydovchisi
  2. Yengil avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yuk avtomobil haydovchisi

YHQ 21 – bobi 128 – bandga asosan: Yoʻlning 1.13 va 1.14 yoʻl belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama – qarshi yoʻnalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biror – bir toʻsiq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 30-dars «Tik koʻtarilish va tushishlar» →

17-savol. Qaysi yoʻl belgisi qayrilib olishga ruxsat beradi?

Qaysi yoʻl belgisi qayrilib olishga ruxsat beradi?
  1. Faqat 2 va 3
  2. Faqat 1 va 2
  3. Barchasi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat 1 va 2

YHQga 1-ILOVA 3.18.1 va 3.18.2 bandlariga asosan: 3.18.1. «Oʻngga burilish taqiqlangan».
3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi».

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

18-savol. Sonning yumshoq toʻqimalari lat yeganda birinchi tibbiy yordam qanday koʻrsatiladi?

  1. Oyoqni yumshoq predmetga qoʻyish
  2. Lat egan joyni qattiq bogʻlash, 15-20 daqiqaga muz solingan xalta qoʻyish. Oyoqni yuqori koʻtarish, tinch qoʻyish
  3. Lat egan oyoqni tarang qilib (pastdan yuqoriga) bogʻlash, singandagi kabi shina qoʻyish. Bir stakanga yarim choy qoshigʻida ichimlik soda solib ichirish, kasalxonaga joʻnatish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Lat egan joyni qattiq bogʻlash, 15-20 daqiqaga muz solingan xalta qoʻyish. Oyoqni yuqori koʻtarish, tinch qoʻyish

Shikastlangan qoʻl yoki oyoqni baland holatda saqlamoq va ichki qon quyilishini oldini olish uchun mumkin qadar tarang bogʻich bogʻlash lozim. Shikastlangan joyga 15-20 daqiqa muz qoʻyiladi (sovutish uchun sovuq kompress, muzli xalta, sovuq suv va boshqalar ishlatilishi mumkin). Ogʻriqni qoldirish uchun shikastlangan organga harakatsizlik sharoiti yaratiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

19-savol. Haydovchining oʻzi aniqlay oladigan harakatlanish uchun toʻsqinlik yoki xavf tugʻilganda qanday choralar koʻrishi kerak?

  1. DYHX xizmatining eng yaqin mahkamasiga yoki IIO idorasiga kelishi va paydo boʻlgan toʻsqinliklar yoki xavf-xatar toʻgʻrisida xabar berishi
  2. Sodir boʻlgan hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar berishi
  3. Tezlikni transport vositasi toʻxtagunicha kamaytirishi yoki toʻsiqni aylanib oʻtishning boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz choralarni koʻrishi
  4. Xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda tezlikni kamaytirishi va xavfli yoʻl qismidan oʻtishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Tezlikni transport vositasi toʻxtagunicha kamaytirishi yoki toʻsiqni aylanib oʻtishning boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz choralarni koʻrishi

YHQ 11-bobi 77-bandi 3-xatboshisiga asosan, haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin boʻlgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini toʻliq toʻxtashni taʼminlaydigan darajada kamaytirishi yoki toʻsiqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tugʻdirmagan holda aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

20-savol. Yoʻlning bu qismida quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?

Yoʻlning bu qismida quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.9 chizigʻi – reversiv harakat tashkil etilgan tasmalarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi. Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chizigʻini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

20-biletni onlayn yechish

Keyingi: 21-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish