21-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
21-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 21-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Avtomagistralda boshqarishni oʻrganish:
- Taqiqlangan
- Agar oʻrganilayotgan mexanik transport vositasida taniqlik belgilari qayd etilgan boʻlsa, ruxsat etilgan
- 70 km/s dan ortmagan tezlik bilan ruxsat berilgan
- Boshqarishni oʻrgatuvchi yoʻriqchi bilan boʻlgan oʻrganuvchida yetarli boshqarish malakasi boʻlganda 60 km/soatdan ortiq boʻlmagan tezlikka ruxsat etilgan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlangan
YHQ 19-boʻlimi 121-bandi 6-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda transport vositasini boshqarishni oʻrganish taqiqlanadi.
2-savol. Shikastlangan kishining oʻmrov suyagi singanda nima qilish kerak?
- Paxta yoki bint oʻramasini qoʻltiq sohasiga qoʻyib tirsagidan bukilgan qoʻlini gavdasiga qoʻshib bint bilan bogʻlash
- Singan joyga sovuq kompress qoʻyish, bint bilan tarangroq bogʻlash
- Qoʻltiq sohasiga taxtakach qoʻyish va toʻgʻrilab qoʻyilgan qoʻlini gavdasiga qoʻshib bint bilan bogʻlash
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Paxta yoki bint oʻramasini qoʻltiq sohasiga qoʻyib tirsagidan bukilgan qoʻlini gavdasiga qoʻshib bint bilan bogʻlash
Qon tomirlari (oʻmrov ostidagi arteriya (koʻktomir) va nervlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan singan oʻmrov suyagining siljishiga yoʻl qoʻymaslik uchun toʻgʻri burchak ostida tirsakda bukilgan qoʻlni uchburchak roʻmolga osib qoʻyib, bint bilan gavdaga bogʻlab oʻrash lozim.
3-savol. Transport vositasining ruxsat etilgan toʻla vazn bu - ...
- Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi)
- Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuksiz, haydovchisiz va yoʻlovchilarsiz eng yuqori vazni (oʻlchovi)
- Transport vositasining yuki, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi vazni
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi)
YHQ umumiy qoidalar: Ruxsat etilgan toʻliq vazn jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi).
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
4-savol. Yuk transport vositasining oʻlchamlaridan chiqib tursa, kunning qorongʻi vaqtida va yetarli koʻrinmaydigan sharoitda qanday belgilanadi?
- Ishora taxtachalari yoki bayroqchalar (diagonal boʻyicha navbatma-navbat tortilgan qizil va oq yoʻlli) bilan
- Orqasiga qizil, oldiga oq bayroqchalar bilan
- «Katta oʻlchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qoʻshimcha ravishda oldiga oq, orqasiga esa qizil chiroqlar yoki yorugʻlik qaytargich bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. «Katta oʻlchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qoʻshimcha ravishda oldiga oq, orqasiga esa qizil chiroqlar yoki yorugʻlik qaytargich bilan
YHQ 26-bobi (yuk tashish) va taniqlik belgilari talablariga asosan, transport vositasi gabaritlaridan chiqib turgan yuk kunning qorongʻi vaqtida va yetarli koʻrinmaydigan sharoitda «Katta oʻlchamli yuk» taniqlik belgisi bilan, qoʻshimcha ravishda oldinga oq, orqasiga qizil chiroqlar yoki yorugʻlik qaytargichlar bilan belgilanadi.
5-savol. Bunday avtopoezdning koʻprikdan oʻtishiga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.11 belgisi "Vazn cheklangan", haqiqiy umumiy vazni belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining, shuningdek transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
6-savol. Chorrahadan oxirgi boʻlib qaysi avtomobil oʻtadi?
- Yashil avtomobil
- Sariq avtomobil
- Koʻk avtomobil
- Qizil avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yashil avtomobil
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →
7-savol. Mazkur svetoforning qizil yoritkichida harakat taqiqlanadi:
- Qatnov qismining barcha kengligi boʻylab
- Faqat bir qatorda
- Quvib oʻtish bilan
- Svetofor qaysi boʻlak ustiga joylashtirilgan boʻlsa, oʻsha boʻlak boʻyicha
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Svetofor qaysi boʻlak ustiga joylashtirilgan boʻlsa, oʻsha boʻlak boʻyicha
YHQ 7-bobi 35-bandiga asosan, qatnov qismidagi harakat yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan tasmalarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X-Simon qizil ishorali va pastga yoʻnalgan yoʻnaltirgich koʻrinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qoʻllaniladi. Bu ishoralar qaysi tasma ustiga oʻrnatilgan boʻlsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi.
8-savol. Shatakka olingan mexanik transport vositasida qanday tashqi yoritish chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak?
- Falokat yorugʻlik ishoralari
- Kunning qorongʻi vaqtida, gabarit chiroqlari
- Yaqinni yorituvchi fara chiroqlari
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Falokat yorugʻlik ishoralari
YHQ 8 – bobi 50 – bandining birinchi xatboshisiga asosan: Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorugʻlik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf – xatar) ishoralari hisoblanadi. YHQ 8 – bobi 50 – bandining toʻrtinchi xatboshisiga asosan, avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida).
9-savol. Koʻrsatilgan avtosisternalardan qaysi biri burilishda agʻdarilib ketish xavfi kamroq, turgʻunroq?
- Suyuqlik bilan toʻliq toʻldirilgani
- Suyuqlik bilan 75% gacha toʻldirilgani
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Suyuqlik bilan toʻliq toʻldirilgani
Yuk avtomobilining muvozanati yoʻqolishiga mahkamlanmagan yuk sabab boʻladi. Burilishdagi harakat vaqtida mahkamlanmagan yuk yuk platformasida koʻchib, bortlariga urilishi va avtomobilning agʻdarilishiga sabab boʻlishi mumkin. Oʻxshash holat suyuq yuk ortgan avtomobil sisternalari harakatlanishida ham yuzaga keladi. Suyuq yuk ortgan avtomobillarning burilishlarda harakatlanishi jarayonida yukning bir bortdan ikkinchi bortga koʻchishi yuzaga keladi. Suyuq yuk tebranib bortlarga urilishi natijasida avtomobilning muvozanati yoʻqolishiga olib keladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
10-savol. Tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasini shatakka olish mumkinmi?
- Agar shatakka olingan transport vositasida haydovchi boʻlsa har qanday usul bilan
- Agar shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olinuvchi transport vositasi vaznidan ikki barobar ortiq boʻlsa, qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan
- Faqat qattiq ulagichda
- Faqat unga qisman ortish usuli bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Agar shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olinuvchi transport vositasi vaznidan ikki barobar ortiq boʻlsa, qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan
YHQ 24-bobining 145-bandiga asosan, shatakka olingan transport vositasining tormoz tizimi ishlamayotgan boʻlsa, uni faqat shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olinuvchi transport vositasi vaznidan kamida ikki barobar ortiq boʻlgan taqdirdagina qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga ruxsat etiladi.
11-savol. Qon oqishini toʻxtatuvchi jgut qoʻl-oyoqlarga qanday bogʻlanadi?
- Yaradan 10-15 sm pastga
- Bevosita yaraning oʻziga
- Yaradan 10-15 sm yuqoriga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yaradan 10-15 sm yuqoriga
Jgut qoʻyilishi deyarli barcha hollarda arterial qon ketishini toʻxtatadi. Arterial qon ketishini toʻxtatish uchun jgut avtomobilning tibbiy qutichasida ham mavjud. Jgut boʻlmagan hollarda kamar, belbogʻ, podtyajkalar va boshqa shunga oʻxshash vositalar qoʻllanilishi mumkin. Jgut qoʻl yoki oyoqqa qon ketish joyidan yuqoriroq joyga ikki-uch marta aylantirilib, faqat kiyim ustidan qoʻyiladi yoki uning tagiga bir necha qatlamdan iborat (dast)roʻmol, sochiq yoxud boshqa gazlamadan astar qoʻyiladi. Jgutni choʻzib mahkamlash qon ketishi toʻxtagan vaqtda toʻxtatiladi. Jgutga u qoʻyilgan vaqtni koʻrsatuvchi kichik qaydnoma qistirib qoʻyiladi.
12-savol. Qanday hollarda yoʻlning burilish qismlarida yengil avtomobil agʻdarilishga qarshi turgʻunroq?
- Yoʻlovchilar bilan yuksiz
- Yuksiz va yoʻlovchilarsiz
- Yoʻlovchilarsiz, yuqori yukxonasida yuki bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yuksiz va yoʻlovchilarsiz
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yoʻlning burilish qismlarida ogʻirlik markazi pastroq boʻlganligi sababli, yuksiz va yoʻlovchilarsiz yengil avtomobil agʻdarilishga qarshi turgʻunroq hisoblanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
13-savol. Yengil avtomobil haydovchisi yoʻl berishi kerakmi?
- Yoʻq
- Ha
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ha
YHQ 20-bobi 126-bandiga asosan, turar-joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.
14-savol. Yoʻnaltirgichlar bilan belgilangan yoʻnalishlarning qaysi biridan harakatlanishga ruxsat etiladi?
- «А» va «В»
- «Б» va «В»
- «А» va «Б»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. «А» va «В»
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.18.2 "Chapga burilish taqiqlangan" belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi. Belgi faqat chapga burilishni taqiqlaydi.
15-savol. Bu joyda quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Taqiqlanadi
- Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda ruxsat etiladi
- Faqat aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda taqiqlanadi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi
YHQ 12-bobi 86-bandi 6-xatboshiga asosan, tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida quvib oʻtish taqiqlanadi.
16-savol. Chorrahani ikkinchi boʻlib kim kesib oʻtadi?
- Qizil avtomobil
- Yashil avtomobil
- Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yashil avtomobil
YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
17-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
- Har ikki avtomobilning haydovchisi
- Tramvay haydovchisi
- Yuk avtomobilining haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Har ikki avtomobilning haydovchisi
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
18-savol. Qaysi belgi yoʻlning koʻrsatilgan yoʻnalishida oxiri berk koʻchaligini bildiradi?
- 4
- 1
- 2
- 3
- 5
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 4
YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.19.1 belgiga asosan, «Oxiri berk yoʻl». Yoʻlning koʻrsatilgan yoʻnalishda oxiri berkligini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
19-savol. Yuk avtomobili kuzovida yoʻlovchilar tashishda, ularning soni nima bilan belgilanadi?
- Jihozlangan oʻrindiqlarning soni bilan
- Maʼmuriyatning koʻrsatmasi bilan
- Tashishning zarurligi bilan
- Haydovchining qarori bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Jihozlangan oʻrindiqlarning soni bilan
YHQ 26-bobi 154-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida, shuningdek
shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki togʻli yoʻnalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy tashishda tashilayotgan odamlar soni oʻtirish uchun jihozlangan oʻrindiqlar sonidan oshmasligi kerak.
20-savol. Velosiped yoʻlkasi yoʻl bilan kesishgan joylarda velosiped va moped haydovchilari qanday hollarda transport vositalariga yoʻl berishlari kerak?
- Chorrahadan tashqarida tartibga solinmagan kesishmada barcha hollarda
- Transport vositasi oʻngdan yaqinlashib kelganda
- Koʻrsatilgan joyda velosiped va moped haydovchilari imtiyozga egadirlar
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Chorrahadan tashqarida tartibga solinmagan kesishmada barcha hollarda
YHQ 28-bobi 169-bandiga asosan, chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yoʻlkasi bilan yoʻl kesishmasida velosipedchilar va moped haydovchilari yoʻlda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
21-biletni onlayn yechish