18-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

18-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 18-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Avtomobillar chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:

Avtomobillar chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:
  1. Yashil, qizil bilan koʻk bir vaqtda
  2. Koʻk, yashil bilan bir vaqtda, qizil
  3. Koʻk, yashil, qizil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yashil, qizil bilan koʻk bir vaqtda

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

2-savol. Transport vositasini boshqarishni oʻrgatayotgan shaxs haydovchi hisoblanadimi?

  1. Ha
  2. Yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ha

YHQ 2-bobi 8-bandiga asosan: Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga, uning taloniga, vaqtinchalik ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxs, oʻziga tegishli boʻlmagan transport vositasini, uning egasi yonida boʻlganida yoxud tasarruf etish huquqini beruvchi yoki egalik qilishga, foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan shaxs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaxs sugʻurta polisida koʻrsatilgan boʻlsa.

Mavzu boʻyicha videodars: 35-dars «Oʻquv haydash» →

3-savol. Qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat chapga
  2. Faqat toʻgʻriga
  3. Toʻgʻriga va oʻngga
  4. Faqat oʻngga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat chapga

YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimi 3.1 belgisi, "kirish taqiqlangan". Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

4-savol. Velosipeddan foydalanishda yoʻlovchi tashish qaysi hollarda ruxsat etiladi?

  1. Faqat 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni maxsus oʻrindiqda tashish mumkin
  2. Har qanday yoʻlovchini tashish mumkin
  3. Faqat kattalar uchun ruxsat etiladi
  4. Hech qachon ruxsat etilmaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni maxsus oʻrindiqda tashish mumkin

YHQning 28-bob. 168-band 3-xatboshiga asosan:168. Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
odam tashish (ishonchli oyoq qoʻygich bilan jihozlangan velosipeddagi qoʻshimcha oʻrindiqda 7 yoshgacha boʻlgan bolani tashish bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →

5-savol. Avtomobilda sargʻish rangli miltillovchi chiroq yoqilgan holatda harakatlanish uchun imtiyoz beradimi?

  1. Ha
  2. Yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻq

YHQ 6-bobi 28-bandiga asosan, yoqilgan zargʻaldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 32-dars «Maxsus transport: signal va mayoqchalar» →

6-savol. N2, N3; O3; O4 toifadagi transport vositalari shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi qanchadan kam boʻlmasligi kerak?

  1. 1,6 mm
  2. 2 mm
  3. 0,5 mm
  4. 3 mm
  5. 1 mm
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 1 mm

YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam boʻlsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam boʻlsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam boʻlsa; motosikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam boʻlsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

7-savol. Roʻparadan kelayotgan avtomobil haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?

Roʻparadan kelayotgan avtomobil haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?
  1. Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchasi yoqilgan avtomobilga xalaqit bermasdan harakatni davom ettirishi
  2. Yoʻl yoqasida toʻxtashi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchasi yoqilgan avtomobilga xalaqit bermasdan harakatni davom ettirishi

YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berish(toʻsqinlik qilmaslik)lari shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 32-dars «Maxsus transport: signal va mayoqchalar» →

8-savol. Ushbu holatda qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?

Ushbu holatda qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?
  1. Yuk avtomobil
  2. Yengil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yuk avtomobil

YHQ 10-bobi 75-bandi: Agar biror toʻsiq sababli qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanish qiyin boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

9-savol. Chorraha bu - ...

  1. Yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi
  2. Yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi
  3. Bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil toʻxtab turish joylari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, korxona va shunga oʻxshashlar)
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, chorraha — yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi. Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoq burilish joylarini tutashtiruvchi tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.
Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

10-savol. Piyodalar qatnov qismining chetidan qanday yurishlari kerak?

  1. Yoʻl yoqasidan yoki qatnov qismining chetidan transport vositalarining harakati boʻylab
  2. Yoʻl qatnov qismining chetidan harakatlanayotgan transport vositalariga qarshi
  3. Har qanday yoʻnalishda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl qatnov qismining chetidan harakatlanayotgan transport vositalariga qarshi

YHQ 4-bobi 15-bandi 3-xatboshiga muvofiq, qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yoʻnalishda yurishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

11-savol. Quyidagi joyda toʻxtashga ruxsat beriladimi?

Quyidagi joyda toʻxtashga ruxsat beriladimi?
  1. Ruxsat beriladi
  2. Toʻxtagan transport vositasi bilan sidirgʻa chiziq orasidagi masofa 3 metrdan koʻp boʻlsa ruxsat beriladi
  3. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi

YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 88. Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

12-savol. Ushbu vaziyatda qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?

Ushbu vaziyatda qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
  1. Qizil avtomobil haydovchisi
  2. Oq avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Qizil avtomobil haydovchisi

YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari kesishganda va oʻtish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi oʻng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

13-savol. Ushbu tik chiziq nimani bildiradi?

Ushbu tik chiziq nimani bildiradi?
  1. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashganlik haqida
  2. Yoʻlning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarida yoʻl toʻsiqlarining yon yuzalarini bildiradi
  3. Xavfli chorrahaga yaqinlashganlik haqida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻlning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarida yoʻl toʻsiqlarining yon yuzalarini bildiradi

YHQ 2-ilovasining 2-boʻlimiga asosan, 2.5 tik chizigʻi - yoʻlning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yoʻl toʻsiqlarining yon yuzalarini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 20-dars «Tik chiziqlar» →

14-savol. Yoqilgʻi bilan taʼminlash tepkisini keskin tezlikni oshirish uchun bosayotganda, avtomobil sirpanishni boshlasa, haydovchi qanday harakat qilishi kerak?

  1. Tepkini yanada kuchliroq bosish
  2. Tepkiga taʼsir etuvchi kuchni kamaytirish
  3. Tepkiga taʼsir etuvchi kuchni oʻzgartirmaslik
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tepkiga taʼsir etuvchi kuchni kamaytirish

Sirpanchiq yoʻlda avtomobilning toyib ketishi, harakatning keskin tezlashuvidan yetaklovchi gʻildiraklarning joyida turib aylanishi hisobiga vujudga kelishi mumkin. Bunday holda, sirpanish(toyib ketish)ni yoʻq qilish kerak, yaʼni yonilgʻi uzatish tepkisiga bosish kuchini boʻshashtirish kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

15-savol. Avtomobillarga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Avtomobillarga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Qizil avtomobilga - toʻgʻriga, koʻk avtomobilga - toʻgʻriga va chapga
  2. Qizil va koʻk avtomobilga - toʻgʻriga
  3. Qizil avtomobilga - toʻgʻriga, koʻk avtomobilga - chapga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Qizil avtomobilga - toʻgʻriga, koʻk avtomobilga - chapga

YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yoʻlda yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap tasmani egallashga ruxsat etiladi. Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap tasmasida harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

16-savol. Qatnov qismining oʻng boʻlagi boʻylab harakatlanishga qaysi transport vositasiga ruxsat etilgan?

Qatnov qismining oʻng boʻlagi boʻylab harakatlanishga qaysi transport vositasiga ruxsat etilgan?
  1. Barcha mexanik transport vositalariga
  2. Faqat velosipedlarga
  3. Faqat belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga
  4. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga va taksilarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimiga asosan, 1.23 yotiq chizigʻi – yoʻlning faqat yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan tasmasini bildiradi. Yoʻnalishli transport vositasi — belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yoʻnalishli taksi).

Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →

17-savol. Kunning qorongʻi vaqtida aholi punktlarida yoʻlning yoritilgan qismida Siz qanday tashqi yoritish chiroqlaridan foydalanishingiz kerak?

  1. Gabarit chiroqlardan
  2. Yaqinni yorituvchi chiroqlardan
  3. Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlardan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yaqinni yorituvchi chiroqlardan

Yoʻl harakati qoidalarining 135 bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara chiroqlari oʻrniga yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: yoʻl yoritilgan boʻlsa.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

18-savol. Koʻrsatilgan belgilardan qaysi biri texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?

Koʻrsatilgan belgilardan qaysi biri texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan…
  1. Faqat C
  2. Faqat A
  3. A va B
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat A

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimi 5.1 "Avtomagistral" belgisiga muvofiq, yoʻl harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻlni bildiradi. Avtomagistrallarda texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

19-savol. «Avtomagistral» belgisi bilan belgilangan yoʻlda piyodalarning harakatlanishiga ruxsat etiladimi?

  1. Transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi faqat aholi yashaydigan joylardan tashqarida yurishga ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Transport vositalarining harakatlanishi boʻylab faqat aholi yashaydigan joylardan tashqarida yurishga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

YHQ 18-bobining 121-bandiga muvofiq, avtomagistrallarda piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va oʻzi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 28-dars «Avtomagistrallar» →

20-savol. Qizil avtomobilga qaysi yoʻnalishlarda qayrilib olishga ruxsat beriladi?

Qizil avtomobilga qaysi yoʻnalishlarda qayrilib olishga ruxsat beriladi?
  1. Ikkala yoʻnalishlarda ham qayrilib olish taqiqlangan
  2. Birinchi yoʻnalishda
  3. Ikkinchi yoʻnalishda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ikkala yoʻnalishlarda ham qayrilib olish taqiqlangan

YHQga 1-ILOVA 3.19 bandiga asosan: 3.19. «Qayrilish taqiqlangan».

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

18-biletni onlayn yechish

Keyingi: 19-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish