12-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

12-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 12-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Qisman ortish usuli bilan avtomobilni shatakka olishda yoʻlovchilar qayerda boʻlishlari mumkin?

  1. Shatakka oluvchi avtomobilning kabinasida
  2. Shatakka oluvchi avtomobilning kuzovida
  3. Har ikki avtomobilning kabinasida
  4. Shatakka olingan avtomobilning kabinasida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Shatakka oluvchi avtomobilning kabinasida

YHQ 24 – bobi 143 – bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.
Shunga koʻra, yoʻlovchilar qisman ortish yoʻli bilan shatakka olish yordamida shatakka olgan avtomobilning kabinasida boʻlishlari mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

2-savol. Qaysi rasmda haydovchi toʻgʻri burilmoqda?

Qaysi rasmda haydovchi toʻgʻri burilmoqda?
  1. Chapdagi rasmda
  2. Oʻngdagi rasmda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Chapdagi rasmda

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;
piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

3-savol. Qattiq ulagichda shatakka olingan avtobusda yoki trolleybusda odam tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

Yoʻl harakati qoidalarining 143 bandiga asosan, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

4-savol. Kesishma orqali harakatlanish hollarida haydovchi toʻxtash chizigʻi 2.5 «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» yoʻl belgisi yoki svetofor boʻlmaganda, oʻtib ketayotgan poezdni oʻtkazib yuborishga qoida boʻyicha shlagbaumgacha kamida qancha masofa qolganida toʻxtash kerak?

  1. 15 m
  2. 10 m
  3. 5 m
  4. 1 m
  5. 20 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 5 m

YHQ 18-bobi 119-bandiga asosan: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi, 2.5 yoʻl belgisi yoki svetofor oldida, ular boʻlmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yoʻl iziga kamida 10 metr qolganda toʻxtashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

5-savol. Qattiq charchoq boshlanishining asosiy tashqi alomatlari qanday?

  1. Mushaklarda horgʻinlik seziladi, quloqlarda shovqin gʻuvillaydi, bosh aylanadi, muzdek yopishqoq ter chiqadi
  2. Koʻz sanchib ogʻriydi, yuz terisi oqaradi, uyqu bosadi
  3. Yuz rangi toʻq qizil tusga kiradi, qoʻl-oyoqlar soviydi, ongi xiralashadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Koʻz sanchib ogʻriydi, yuz terisi oqaradi, uyqu bosadi

Haydovchi toliqishining oʻziga xos alomatlariga uyqu kelishi, lanjlik va diqqatning pasayishi kiradi. Bu holatda transport vositasini boshqarish xavfli boʻlganligi bois, taqiqlangan.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

6-savol. Avtomobil haydovchisi qaysi yoʻnalish boʻyicha qoidani buzib burilmoqda?

Avtomobil haydovchisi qaysi yoʻnalish boʻyicha qoidani buzib burilmoqda?
  1. Har ikki yoʻnalish boʻyicha qoidani buzmoqda
  2. A
  3. B
  4. Har ikki yoʻnalish boʻyicha qoidani buzmayapti
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Har ikki yoʻnalish boʻyicha qoidani buzmoqda

YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda YHQga 2-ILOVA 1.1 bandi va 44-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
1.1 — qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini va velosipedchilar uchun boʻlagining chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi; 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

7-savol. Yuk transport vositasiga shunday joylashtirilishi kerakki, u:

  1. Transport vositasining orqa oʻlchamidan 0,8 m dan ortiq chiqib turmasligi kerak
  2. Yukxona devorlaridan baland chiqmasligi kerak
  3. Shovqin hosil qilmasligi, chang koʻtarmasligi va atrof-muhitni iflos qilmasligi kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Shovqin hosil qilmasligi, chang koʻtarmasligi va atrof-muhitni iflos qilmasligi kerak

Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yoʻl qoʻyiladi: shovqin solmasa, chang koʻtarmasa, yoʻlni va atrof-muhitni iflos qilmasa, yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan boʻlsa.

Mavzu boʻyicha videodars: 37-dars «Yuk tashish» →

8-savol. Agar biror-bir toʻsiq sababli qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanish qiyin boʻlsa kim yoʻl berishi kerak?

  1. Toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi
  2. Toʻsiq boʻlmagan tomondagi haydovchi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi

Yoʻl harakati qoidalarining 75 bandiga asosan, agar biror toʻsiq sababli qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanish qiyin boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

9-savol. Qaysi avtomobilga qayrilib olishga ruxsat beriladi?

Qaysi avtomobilga qayrilib olishga ruxsat beriladi?
  1. Koʻk avtomobilga
  2. Har ikkisiga
  3. Har ikki avtomobilga taqiqlanadi
  4. Sariq avtomobilga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Har ikki avtomobilga taqiqlanadi

YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi;
1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

10-savol. Aylanma harakatlanish chorrahasida:

  1. Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega
  2. Harakatlanayotgan transport vositalariga nisbatan aylanaga kirib kelayotgan transport vositalari ustunlikka (imtiyozga) ega
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega

Yoʻl harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

11-savol. Haydovchilardan qaysi biri toʻxtashga majbur?

Haydovchilardan qaysi biri toʻxtashga majbur?
  1. Avtobus haydovchisi
  2. Yengil avtomobil haydovchisi
  3. Har ikki haydovchi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yengil avtomobil haydovchisi

YHQ 17-bobi 109-bandiga muvofiq, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismining shu yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki toʻxtashi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →

12-savol. Chorrahani ikkinchi boʻlib kim kesib oʻtadi?

Chorrahani ikkinchi boʻlib kim kesib oʻtadi?
  1. Qizil avtomobil
  2. Koʻk avtomobil
  3. Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Koʻk avtomobil

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

13-savol. Bunday yoʻl belgisi oʻrnatilgan yoʻl qismlarida motosikllarga qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etiladi?

Bunday yoʻl belgisi oʻrnatilgan yoʻl qismlarida motosikllarga qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishga…
  1. 70 km/s
  2. 80 km/s
  3. 60 km/s
  4. 100 km/s
  5. 90 km/s
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 80 km/s

YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

14-savol. Koʻk avtomobil haydovchisi chapga burilishga kirishgandan keyin, qizil avtomobil haydovchisi oʻng tomondan oʻzib oʻtishi mumkinmi?

Koʻk avtomobil haydovchisi chapga burilishga kirishgandan keyin, qizil avtomobil haydovchisi oʻng tomondan…
  1. Yoʻq
  2. Ha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ha

YHQ 12-bobi 83-bandiga asosan, bir yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan oʻzib ketishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini oʻzib ketish oʻng tomondan amalga oshiriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

15-savol. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadi:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadi:
  1. Yengil avtomobil, avtobus, tramvay
  2. Tramvay, avtobus, yengil avtomobil
  3. Tramvay, yengil avtomobil, avtobus
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Tramvay, yengil avtomobil, avtobus

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

16-savol. Uzoq davom etadigan keng ravon yoʻlda avtomobilni yuqori tezlikda boshqarganda haydovchiga tezlik qanday qabul qilinadi?

  1. Tezlikni qabul qilish oʻzgarmaydi
  2. Aslidagidan tez harakatlanayotganga oʻxshaydi
  3. Aslidagidan sekin harakatlanayotganga oʻxshaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Aslidagidan sekin harakatlanayotganga oʻxshaydi

Haydovchi harakat tezligini uning koʻrish maydoniga tushgan narsalarning harakat tezligi bilan aniqlaydi. Uzoq vaqt mobaynida monoton harakatlanganda tezlik haqiqiysidan pastroq seziladi. Bunday holatlarda tezlikni nazorat qilish uchun odatdagidan koʻproq tezlikni oʻlchash moslamasi (spidometr)dan foydalaning.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

17-savol. Yengil avtomobilda tumanga qarshi faralarning nechtasini oʻrnatishga ruxsat etiladi?

  1. Ikkita
  2. Haydovchining xohishiga koʻra
  3. Toʻrtta
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ikkita

YHQ 3-ilovasi 3-boʻlimining 3.1-bandiga asosan: Tashqi yoritqichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa foydalanish taqiqlanadi. Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Eslatma: Mototsikl, mopedlar bitta, boshqa transport vositalari esa ikkita tumanga qarshi faralar bilan jihozlangan boʻlishi mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

18-savol. Chorrahadan ikkinchi boʻlib oʻtadi:

Chorrahadan ikkinchi boʻlib oʻtadi:
  1. Yashil avtomobil sariq bilan bir vaqtda
  2. Qizil avtomobil
  3. Koʻk avtomobil sariq bilan bir vaqtda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Koʻk avtomobil sariq bilan bir vaqtda

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

19-savol. Bu belgida yuk avtomobillaridan qaysi biriga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi?

Bu belgida yuk avtomobillaridan qaysi biriga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi?
  1. Furgon-yukxonada mahsulotlar tashiydigan avtomobillarga
  2. «Aloqa» yozuvi boʻlgan avtomobillarga
  3. Yukxonasida odam tashishga moslashtirilgan maxsus yuk avtomobillarida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yukxonasida odam tashishga moslashtirilgan maxsus yuk avtomobillarida

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.4 belgi talabiga muvofiq, "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgida cheklangan vazn koʻrsatilmagan boʻlsa, bu belgi toʻla vazn 3,5 tonnadan yuqori boʻlgan barcha yuk avtomobillarining, barcha traktorlarning, oʻzi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlanishini taqiqlaydi. Bu belgi taʼsir oraligʻida yashovchi va ishlovchilarga daxldor emas, shuningdek, bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

20-savol. Bu yoʻl chizigʻi quyidagi maqsadni:

Bu yoʻl chizigʻi quyidagi maqsadni:
  1. Mexanik transport vositalarining toʻxtashi taqiqlangan joylarni bildiradi
  2. Trotuar yaqinidagi toʻxtab turish joyida mexanik transport vositalarining qoʻyish usullari koʻrsatilgan toʻxtab turish joyini bildiradi
  3. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarining toʻxtash va taksining toʻxtab turish joyini bildiradi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarining toʻxtash va taksining toʻxtab turish joyini bildiradi

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.17 chizigʻi sariq rangdagi, arrasimon chiziq yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning toʻxtab turish joylarini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

12-biletni onlayn yechish

Keyingi: 13-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish