13-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

13-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 13-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Koʻk rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan maxsus transport vositasi chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?

Koʻk rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan maxsus transport vositasi…
  1. Oxirgi
  2. Birinchi
  3. Ikkinchi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Birinchi

YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga
Shuningdek, ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 32-dars «Maxsus transport: signal va mayoqchalar» →

2-savol. Qaysi avtomobil haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasida toʻgʻri toʻxtadi?

Qaysi avtomobil haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasida toʻgʻri toʻxtadi?
  1. Har ikkala rasmda
  2. 1-rasmda
  3. 2-rasmda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 2-rasmda

YHQning 7-bob. 41-band 1-xatboshiga asosan: 41. Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini toʻxtash chizigʻi (5.33 yoʻl belgisi) oldida (bunda transport vositasining eng oldingi nuqtasi toʻxtash chizigʻi ustiga chiqib ketmasligi kerak), toʻxtashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

3-savol. Agar haydovchi keskin tormoz bermasdan harakatni toʻxtata olmasa, svetoforning yashil ishorasidan keyin yongan sariq ishorasida harakatni davom ettirishga ruxsat beriladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi

YHQ 7-bobi 42-bandiga asosan, sariq ishora yonganda toʻxtash chizigʻi oldida, bunday chiziq boʻlmaganda esa chorrahaning qatnov qismi bilan kesishgan joyida keskin tormoz bermasdan toʻxtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

4-savol. Qaysi rasmda sariq avtomobil haydovchisi qizil avtomobilga yoʻl berishi kerak?

Qaysi rasmda sariq avtomobil haydovchisi qizil avtomobilga yoʻl berishi kerak?
  1. Ikkala rasmda
  2. Birinchi rasmda
  3. Ikkinchi rasmda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ikkala rasmda

YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi va 106-bandiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.
106. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

5-savol. Qaysi belgi bilan xavfli yoʻlning uzunligi koʻrsatiladi?

Qaysi belgi bilan xavfli yoʻlning uzunligi koʻrsatiladi?
  1. 2
  2. 4
  3. 5
  4. 3
  5. 1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 4

YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.2.1. “Taʼsir oraligʻi”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-koʻrsatkich belgilarining taʼsir oraligʻini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

6-savol. Haydovchi harakatlanishni boshlashidan oldin qanday amallarni bajarishi kerak?

  1. Transport vositasining sozligini va toʻla jihozlanganligini tekshirishi
  2. Sanab oʻtilgan hamma harakatlarni bajarishi
  3. Tegishli yoʻnalishdagi burilishning yorugʻlik koʻrsatkichi bilan ishora berishi
  4. Harakatlanish boshlanishi xavfsiz boʻlishiga va harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Harakatlanish boshlanishi xavfsiz boʻlishiga va harakatning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak

Yoʻl harakati qoidalarining (YHQ) tegishli bandiga muvofiq, haydovchi harakatlanishni boshlashdan oldin har doim manevr xavfsiz ekanligiga va harakatning boshqa ishtirokchilariga (piyodalar, boshqa transport vositalari) xalaqit bermasligiga toʻliq ishonch hosil qilishi shart. Harakat boshlashdan oldin burilish koʻrsatkichini yoqish majburiy boʻlsa-da, u haydovchiga harakatlanishda ustunlik bermaydi — asosiy shart boshqalarga xavf va xalaqit tugʻdirmaslikdir

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

7-savol. Qaysi holatlarda jabrlanuvchiga yurak-oʻpka reanimatsiyasini boshlash kerak?

  1. Yurak sohasida ogʻriq sezilganda va nafas olish qiyinlashganda
  2. Xushidan ketishda, nafas olish faoliyatidan qatʼiy nazar
  3. Xushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi toʻxtaganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Xushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi toʻxtaganda

Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, jabrlanuvchiga yurak-oʻpka reanimatsiyasini, xushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi toʻxtaganda boshlash kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

8-savol. Qaysi rasmlarda quvib oʻtish koʻrsatilgan?

Qaysi rasmlarda quvib oʻtish koʻrsatilgan?
  1. Faqat birinchi rasmda
  2. Barcha rasmlarda
  3. Faqat birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi rasmlarda
  4. Faqat birinchi va ikkinchi rasmlarda
  5. Faqat birinchi va uchinchi rasmlarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Faqat birinchi va ikkinchi rasmlarda

YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar:
Quvib oʻtish – bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzib ketish jarayoni.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

9-savol. Qaysi transport vositasi haydovchisi toʻgʻriga harakatlanish huquqiga ega?

Qaysi transport vositasi haydovchisi toʻgʻriga harakatlanish huquqiga ega?
  1. Yengil va yuk avtomobillari haydovchilari
  2. Avtobus va motosikl haydovchilari
  3. Yengil avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yengil avtomobil haydovchisi

Yoʻl harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda;

oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Ushbu vaziyatda mototsiklga oʻngga, yengil avtomobilga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

10-savol. Avtomagistralda shatakka olishga ruxsat beriladimi?

  1. Egiluvchan ulagich bilan ruxsat beriladi.
  2. Istalgan usulda ruxsat etilgan
  3. Taqiqlanadi.
  4. 50 km/s tezlik bilan ruxsat etilgan.
  5. Faqat qisman ortish usuli bilan yoki qattiq ulagich bilan ruxsat beriladi.
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Istalgan usulda ruxsat etilgan

YHQ 24-bobi 145-bandi: Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan koʻp transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq boʻlsa; ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq boʻlsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yoʻl qoʻyiladi); ikki gʻildirakli mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va individual harakatlanish vositalari bilan, shuningdek, bunday mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va individual harakatlanish vositalarini; yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.

Yoʻl harakati qoidalarida avtomagistrallarda shatakka olishga cheklovlar yoʻq.

Mavzu boʻyicha videodars: 28-dars «Avtomagistrallar» →

11-savol. Yengil avtomobil burilishda agʻdarilib ketishga qarshi turgʻunroq:

  1. Yoʻlovchilari bilan yuksiz
  2. Yoʻlovchisiz, biroq yuqori yukxonasidagi yuki bilan
  3. Yoʻlovchi va yuki bilan
  4. Yoʻlovchisiz va yuksiz
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Yoʻlovchisiz va yuksiz

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, yoʻlning burilish qismlarida ogʻirlik markazi pastroq boʻlganligi sababli, yuksiz va yoʻlovchilarsiz yengil avtomobil agʻdarilishga qarshi turgʻunroq hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

12-savol. Qaysi yoʻl belgilari yoʻlning tor qismida haydovchiga ustunlik beradi?

Qaysi yoʻl belgilari yoʻlning tor qismida haydovchiga ustunlik beradi?
  1. Faqat B
  2. A va B
  3. Faqat D
  4. Faqat C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat D

YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimidagi 2.7 belgiga asosan, «Roʻparadagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz». Yoʻlning tor qismida harakatlanishda haydovchi roʻparadan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 5-dars «Imtiyoz belgilari» →

13-savol. Belgilangan yoʻnalish boʻyicha harakatlanayotgan yoʻnalishli transport vositalarining haydovchilari piyodalar oʻtish joyidan tashqarida oq xassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyodalarni oʻtkazib yuborishlari kerakmi?

  1. Barcha hollarda oʻtkazib yuborishlari kerak
  2. Oʻtkazib yuborishlari kerak emas
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Barcha hollarda oʻtkazib yuborishlari kerak

YHQ 17-bobi 113-bandiga muvofiq, barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →

14-savol. Yoʻlovchilarni tushirish uchun qaysi transport vositalari toʻgʻri toʻxtadi?

Yoʻlovchilarni tushirish uchun qaysi transport vositalari toʻgʻri toʻxtadi?
  1. Motosikl
  2. Yengil avtomobil
  3. Avtobus
  4. Barcha transport vositalari
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yengil avtomobil

YHQ 13-bobi 91-bandi 8-xatboshiga muvofiq, piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda toʻxtash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

15-savol. Mazkur belgi bilan belgilangan hududda qanday cheklanishlar kiritilgan?

Mazkur belgi bilan belgilangan hududda qanday cheklanishlar kiritilgan?
  1. Transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish
  2. Yengil avtomobillarning tunda toʻxtab turishini taqiqlaydi
  3. Kirib, chiqib ketish harakati taqiqlanadi
  4. Harakat tezligini 5km/s oshmasligi kerakligini bildiradi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish

YHQ 20-bobi 124-bandiga asosan, turar-joy dahalarida mexanik transport vositasini boshqarishni oʻrgatish, dvigateli ishlab turgan holda toʻxtab turish, ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yoʻl belgilari va (yoki) yoʻl chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida toʻxtab turishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 29-dars «Turar joy dahalari» →

16-savol. Ushbu yotiq chiziq nimani bildiradi?

Ushbu yotiq chiziq nimani bildiradi?
  1. Sunʼiy yoʻl notekisligini
  2. Yoʻnalishli taksilar toʻxtaydigan joyni
  3. Velosiped yoʻlkasini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Sunʼiy yoʻl notekisligini

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.29 yoʻl chizigʻiga asosan, sunʼiy yoʻl notekisligini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

17-savol. Avtomobil haydovchisi qayrilib olmoqchi:

Avtomobil haydovchisi qayrilib olmoqchi:
  1. Tramvayga yoʻl berib qayrilib oladi
  2. Chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Tramvayga yoʻl berib qayrilib oladi

Yoʻl harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda;
oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.
Yoʻl harakati qoidalarining 101 bandiga asosan, agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu vaziyatda avtomobil haydovchisi tramvayga yoʻl berib, qayrilib oladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

18-savol. Qaysi belgilar axborot-ishora belgilari hisoblanadi?

Qaysi belgilar axborot-ishora belgilari hisoblanadi?
  1. 3 va 4
  2. 1 va 2
  3. 1 va 4
  4. 2 va 3
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 2 va 3

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.15 belgiga asosan, «Toʻxtab turish joyi».
YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.41 belgiga asosan, «Foto va video qayd etish».

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

19-savol. Svetoforning qaysi ishorasida avtomobilning haydovchisi qayrilishni tugallashi mumkin?

Svetoforning qaysi ishorasida avtomobilning haydovchisi qayrilishni tugallashi mumkin?
  1. Yashilda
  2. Qizilda
  3. Istalganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yashilda

YHQ 15-bobi 102-bandiga muvofiq, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qatʼi nazar, moʻljallangan yoʻnalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻxtash chiziqlari (yoki 5.33 yoʻl belgisi) boʻlsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 12-dars «Tartibga solingan chorrahalar» →

20-savol. Koʻrsatilgan belgilardan qaysi biri bolalar deb nomlanadi?

Koʻrsatilgan belgilardan qaysi biri bolalar deb nomlanadi?
  1. 3
  2. 2
  3. 1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 2

YHQ 1 ilova: 1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga oʻxshashlar)ga yaqin yoʻlning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

13-biletni onlayn yechish

Keyingi: 14-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish