«Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish» mavzusi boʻyicha YHQ testi

YHQ testidagi «Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish» mavzusiga oid 22 ta savol: toʻgʻri javoblar va izohlar bilan. Izohni oʻqish uchun savolni oching yoki butun mavzuni trenajyorda yeching.

Mavzuni mashq qilish

22 ta savol ketma-ket · toʻgʻri javob darhol koʻrinadi

Mavzuni mashq qilish

Bu mavzu savollari testning 18 ta biletida uchraydi, ulardan 0 tasida rasm bor.

Mavzu savollari

  1. Kunning qorongʻi vaqtida sunʼiy yoritilmagan yoʻllarda yoki yetarli koʻrinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga borishga ruxsat beriladimi?Taqiqlanadi
  2. Kunning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilgan qismida aholi yashash joylarida harakatlanayotgan mexanik transport vositasida qaysi chiroqlar yoqilgan boʻlishi kerak?Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari
  3. Kunning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismlarida harakatlanayotganda mexanik transport vositasining qaysi chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak?Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlar
  4. Yoʻlning yoritilmagan qismlarida qorongʻi vaqtda toʻxtaganda gabarit chiroqlari buzuq boʻlsa:Transport vositasini yoʻldan tashqariga chiqarish, agar buning iloji boʻlmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim
  5. Orqa tomondagi tumanga qarshi chiroqlar quyidagi hollarda qoʻllanishi mumkin:Faqat yetarli koʻrinmaydigan sharoitlarda
  6. Haydovchi koʻzi qamashgan taqdirda quyidagilarni bajarishi shart:Falokat yorugʻlik ishoralarini yoqishi va harakat tasmasini oʻzgartirmagan holda tezlikni kamaytirishi va toʻxtashi
  7. Transport vositalari sunʼiy yoritilgan tunnelda harakatlanayotganda qanday yoritish chiroqlari yoqilishi kerak?Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlar
  8. Tumanga qarshi chiroqlardan qanday hollarda foydalanish mumkin?Sanab oʻtilgan barcha hollarda
  9. Haydovchi, boshqa haydovchilarning koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan uzoqni yorituvchi chiroqni yaqinni yorituvchiga qachon almashtirishi kerak?Roʻparadagi transport vositasiga 150 m qolganda, shuningdek koʻproq masofada ham, agar roʻparadagi transport vositasining haydovchisi faralar…
  10. Projektor-faradan foydalanishga ruxsat etiladi:Faqat aholi yashaydigan joylardan tashqarida roʻparadan kelayotgan transport vositalari boʻlmaganda
  11. Avtobuslarda bolalar guruhini tashkiliy ravishda tashishda qanday hollarda kunning yorugʻ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqib qoʻyilishi kerak?Tashish amalga oshirilayotgan barcha hollarda
  12. Sunʼiy yoritilgan tunnellarda harakatlanayotganda qoidalar haydovchiga qanday majburiyat yuklaydi?Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlarini yoqish
  13. Avtopoezdning belgisi qanday holda yoqilgan boʻlishi kerak?Avtopoezd harakat qilganda, shuningdek, qorongʻi vaqtida toʻxtaganda va toʻxtab turganida
  14. Qoidalarning qanday hollarida tumanga qarshi orqa chiroqlarni qoʻllashga ruxsat beriladi?Yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin
  15. Tumanga qarshi chiroqlar va orqa tumanga qarshi chiroqlar birga yoqilishi mumkin?Yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida
  16. Kunning yorugʻ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  17. Kunning qorongʻi vaqtida aholi punktlarida yoʻlning yoritilgan qismida Siz qanday tashqi yoritish chiroqlaridan foydalanishingiz kerak?Yaqinni yorituvchi chiroqlardan
  18. Qaysi hollarda Sizga harakatni davom ettirish taqiqlanadi, hatto taʼmirlash ustaxonasiga ham, agarda faralar va orqa gabarit chiroqlar nosoz boʻlsa?Har ikki sanab oʻtilgan holda
  19. Tuman sharoitida, agar koʻrinish masofasi 300 metrdan kam boʻlsa kunduzgi chiroqlarni yoqish yetarlimi?Yetarli emas
  20. Tumanga qarshi chiroqlarni qorongʻi vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga qoʻllash mumkinmi?Ha
  21. Tumanga qarshi old chiroqlarni qorongʻi vaqtda, yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga qoʻllash mumkinmi?Mumkin
  22. Old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari ishlamayotgan transport vositasi harakatini davom ettirishi taqiqlanadi:Barcha javoblarda koʻrsatilgan holatlarda

Mavzu uchun kerakli YHQ bandlari

Shu mavzudagi savollar izohlarida eng koʻp tilga olinadigan bandlar:

«Svetofor va ishoralar» boʻlimidagi boshqa mavzular

Koʻp beriladigan savollar

«Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish» mavzusida nechta savol bor?

YHQ testida «Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish» mavzusiga 22 ta savol berilgan. Har birining toʻgʻri javobi va izohi alohida sahifada.

«Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish» mavzusini qanday mashq qilish mumkin?

«Mavzuni mashq qilish» tugmasini bosing: savollar trenajyorda ketma-ket ochiladi, toʻgʻri javob darhol koʻrinadi. Bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan.

Qoʻngʻiroq qilish