Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish · 24-bilet, 20-savol
Kunning yorugʻ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:
Javob variantlari
- Barcha sanab oʻtilgan hollarda✓ Toʻgʻri javob
- Mototsikl va mopedlarda
- Xavfli, katta oʻlchamli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda
- Yoʻlovchilarni tashiyotgan avtobus va yoʻnalishli transport vositalarida
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 138 bandiga asosan, sutkaning yorugʻ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda; yoʻlovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yoʻnalishli transport vositalarida; bolalar guruhini tashkiliy tashishda; xavfli, katta oʻlchamli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda;
mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida); kuchli yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) sharoitida; mototsikl va mopedlarda.
«Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish» mavzusidagi boshqa savollar
- Kunning qorongʻi vaqtida aholi punktlarida yoʻlning yoritilgan qismida Siz qanday tashqi yoritish chiroqlaridan foydalanishingiz kerak?
- Qaysi hollarda Sizga harakatni davom ettirish taqiqlanadi, hatto taʼmirlash ustaxonasiga ham, agarda faralar va orqa gabarit chiroqlar nosoz boʻlsa?
- Tuman sharoitida, agar koʻrinish masofasi 300 metrdan kam boʻlsa kunduzgi chiroqlarni yoqish yetarlimi?
- Tumanga qarshi chiroqlarni qorongʻi vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan birga qoʻllash mumkinmi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.