Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish · 28-bilet, 5-savol
Kunning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismlarida harakatlanayotganda mexanik transport vositasining qaysi chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak?
Javob variantlari
- Faqat uzoqni yorituvchi chiroqlar
- Faqat yaqinni yorituvchi chiroqlar
- Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlar✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 23 – bobi 134 – bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan: Qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, shuningdek yoʻlning yoritilganligidan qatʼi nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan boʻlishi kerak: barcha mexanik transport vositalari – uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.
«Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish» mavzusidagi boshqa savollar
- Yoʻlning yoritilmagan qismlarida qorongʻi vaqtda toʻxtaganda gabarit chiroqlari buzuq boʻlsa:
- Orqa tomondagi tumanga qarshi chiroqlar quyidagi hollarda qoʻllanishi mumkin:
- Haydovchi koʻzi qamashgan taqdirda quyidagilarni bajarishi shart:
- Transport vositalari sunʼiy yoritilgan tunnelda harakatlanayotganda qanday yoritish chiroqlari yoqilishi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.