Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish · 22-bilet, 10-savol

Kunning qorongʻi vaqtida sunʼiy yoritilmagan yoʻllarda yoki yetarli koʻrinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga borishga ruxsat beriladimi?

Javob variantlari

  1. Taqiqlanadi✓ Toʻgʻri javob
  2. Alohida ehtiyotkorlik bilan borishga ruxsat beriladi

Izoh

YHQ 2 – bobi 12 – bandining uchinchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi ( avtopoyezd tarkibida ) nosoz boʻlgan, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomgʻir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

«Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish