Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish · 4-bilet, 13-savol
Old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari ishlamayotgan transport vositasi harakatini davom ettirishi taqiqlanadi:
Javob variantlari
- Faqat yetarli koʻrinmaslikda
- Faqat kunning qorongʻi vaqtida
- Barcha javoblarda koʻrsatilgan holatlarda✓ Toʻgʻri javob
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 12 bandiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlgan, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomgʻir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.
«Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish» mavzusidagi boshqa savollar
- Kunning qorongʻi vaqtida sunʼiy yoritilmagan yoʻllarda yoki yetarli koʻrinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga borishga ruxsat beriladimi?
- Kunning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilgan qismida aholi yashash joylarida harakatlanayotgan mexanik transport vositasida qaysi chiroqlar yoqilgan boʻlishi kerak?
- Kunning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismlarida harakatlanayotganda mexanik transport vositasining qaysi chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak?
- Yoʻlning yoritilmagan qismlarida qorongʻi vaqtda toʻxtaganda gabarit chiroqlari buzuq boʻlsa:
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.