Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 41-bilet, 3-savol

Sanab oʻtilgan qaysi holatlarda transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?

Javob variantlari

  1. Motosiklning boshqaruv dempferi nosoz
  2. Barcha sanab oʻtilgan hollarda✓ Toʻgʻri javob
  3. M1 toifasidagi transport vositasining rul boshqarmasi lyuft yigʻindisi 10 gradusdan ortiq
  4. Pnevmatik tormoz yuritmasining manometri ishlamaydi

Izoh

YHQ 3-ilovasiga asosan quyidagi holatlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: 1-boʻlimning 1.5-bandiga asosan: Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa. YHQ 3-ilovasi 2-boʻlimining 2.1 va 2.3-bandlariga asosan: Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yigʻindisi reglament (qatʼiy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi koʻrsatkichdan katta boʻlmasligi kerak: M1 – 10 gradus M2, M3, N1 - 20 gradus N2, N3 -25 gradus. Boshqaruv qurilmasining konstruksiyasida koʻzda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi moslama (dempfer) nosoz boʻlsa yoki umuman boʻlmasa.

«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish