Quvib oʻtish · 31-bilet, 19-savol

Qanday hollarda quvib oʻtish taqiqlanadi?

Javob variantlari

  1. Tartibga solinmagan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda
  2. Tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarda
  3. Tartibga solingan chorrahalarda
  4. Sanab oʻtilgan barcha hollarda✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 12-bobi 86-bandiga asosan, quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solingan chorrahalarda, tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda, koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida, piyodalar oʻtish joylarida, temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda, quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini, tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida, 3.20 va 3.22 yoʻl belgilari taʼsir oraligʻida.

Savoldagi belgilar

Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.

«Quvib oʻtish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish