Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 1-bilet, 2-savol
Agar transport vositasining ishchi tormozining samaradorligi Qoidalar talabiga javob bermasa, u holda siz majbursiz:
Javob variantlari
- Bundan keyingi harakatni toʻxtatishga
- Nosozlikni oʻsha joyda bartaraf etishga, agar buning iloji boʻlmasa zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda toʻxtab turish yoki taʼmirlashga olib borishga✓ Toʻgʻri javob
- Belgilangan safarni davom ettirishga, bunda kunning yorugʻ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chirogʻini yoqishga
Izoh
YHQ 3-ilovasining 1-boʻlimiga asosan, ishchi tormoz tizimining samaradorligi Qoidalar talablariga javob bermasa, transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi. YHQ 2-bob 12-bandi 11-xatboshiga asosan: harakatlanish vaqtida 3-ilovada koʻrsatilgan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni oʻsha joyda bartaraf etishi, agar buning iloji boʻlmasa, zarur ehtiyot choralarini koʻrgan holda toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga olib borishi shart.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- Agar pnevmatik yuritmaning zichligi buzilib, kompressor ishlamay turganda boshqaruv asboblarining erkin holatida havo bosimining 30 daqiqada qancha MPa-ga pasayishiga sabab boʻlsa, tormoz tizimi nosoz hisoblanadi?
- Qanday sharoitlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
- Mexanik transport vositalaridan foydalanish qanday sharoitlarda taqiqlanadi?
- M2; M3 toifadagi avtotransport vositalarining shina protektori naqshlarining balandligi quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.