Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 60-bilet, 20-savol

Qanday sharoitlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

Javob variantlari

  1. Sanab oʻtilgan barcha hollarda✓ Toʻgʻri javob
  2. Yoritish asboblari oʻrnida mazkur yoritish asboblarining turiga mos kelmaydigan lampalardan foydalanilganda
  3. Yoritish chiroqlari yoʻnalishi buzilgan boʻlsa
  4. Tashqi yoritish asboblari va yorugʻlik qaytargichlar ifloslanganda

Izoh

YHQ 3-ilovasi 3-boʻlimining 3.2, 3.3. va 3.4-bandlariga asosan: 3.2. Yorituvchi chiroq nurining yoʻnalishi buzilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi. 3.3. Agar tashqi yoritqichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi. 3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi boʻlmasa yoxud tegishli yorugʻlik asboblari turiga mos boʻlmagan nur sochuvchi va lampalardan foydalanilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi.

«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish