Yotiq chiziqlar 1 · 1-bilet, 3-savol
Har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq nimani bildiradi?
Javob variantlari
- Tezlanish yoki tormozlash boʻlagi bilan qatnov qismidagi asosiy boʻlak oʻrtasidagi chegarani
- Avtomagistrallarda qatnov qismining chetlarini
- Roʻparadan kelayotgan yoki shu yoʻnalishda harakatlanayotgan transport oqimini ajratib turgan sidirgʻa chiziqqa yaqinlashganlikni✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1.6 yotiq chiziqlariga asosan, 1.6 (yaqinlashish chizigʻi – har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. 1.6 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
«Yotiq chiziqlar 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Bu yoʻl chizigʻi quyidagi maqsadni:
- Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?
- Transport vositalariga sidirgʻa oq chiziq bilan ajratilgan va «Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlak» yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻlning oʻng boʻlagida toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
- Bu yotiq chiziq bildiradi:
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.