Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 33-bilet, 7-savol

Agar pnevmatik yuritmaning zichligi buzilib, kompressor ishlamay turganda boshqaruv asboblarining erkin holatida havo bosimining 30 daqiqada qancha MPa-ga pasayishiga sabab boʻlsa, tormoz tizimi nosoz hisoblanadi?

Javob variantlari

  1. 0,035
  2. 0,06
  3. 0,05✓ Toʻgʻri javob
  4. 0,055
  5. 0,025

Izoh

YHQ 3-ilovasining 1.4-bandiga muvofiq, agar dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan koʻpga pasayishiga sabab boʻlsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish